К содержанию
РецензированоRU2026

EPILEPSIYA: KLINIK TURLARI, PATOFIZIOLOGIYASI VA ANTIEPILEPTIK PREPARATLAR

ANTIEPILEPTIK PREPARATLAR · Kamoliddinov Dilshodbek Xusniddinovich

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 470–472 · 2026

Аннотация

В данной статье проанализированы клинические формы, патофизиологические механизмы и современные противоэпилептические препараты при эпилепсии. Эпилепсия — это хроническое неврологическое заболевание центральной нервной системы, характеризующееся 149 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference повторяющимися судорожными приступами. В статье рассматриваются генерализованные и фокальные формы эпилепсии, их основные клинические проявления и методы диагностики. Также подробно освещены механизмы, лежащие в основе заболевания: дисфункция ионных каналов, дисбаланс нейромедиаторов, генетические факторы и нейровоспаление. Кроме того, проанализированы современные противоэпилептические препараты, их механизм действия, фармакокинетические особенности и клиническое применение. Статья представляет собой глубокий научный анализ, способствующий современному пониманию эпилепсии. Ключевые слова: Эпилепсия, клинические формы, патофизиология, противоэпилептические препараты, ионные каналы, ГАМК, глутамат, нейровоспаление, генерализованный приступ. Epilepsiya — bu dunyo bo’yicha millionlab odamlarni qiynayotgan nevrologik kasallik bo’lib, asosan takrorlanuvchi, nazoratsiz nevral impulslar natijasida yuzaga keladigan tutqanoqlar bilan tavsiflanadi. JSST ma’lumotlariga ko’ra, epilepsiya global sog’liq muammolaridan biridir. Har yili 2.4 milliondan ortiq yangi holatlar qayd etiladi. Kasallik har qanday yoshda boshlanishi mumkin bo’lsa-da, bolalik va qarilik davrida ayniqsa ko’p uchraydi. Epilepsiya sababli insonda ongni yo’qotish, xatti-harakatlar o’zgarishi, psixik buzilishlar va ijtimoiy cheklovlar yuzaga keladi. Ushbu maqola epilepsiyaning asosiy klinik shakllari, uning murakkab patofiziologik mexanizmlari va eng ko’p qo’llaniladigan antiepileptik preparatlarni ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilishga qaratilgan. Epilepsiyaning klinik turlari Epilepsiyaning klinik tasnifi xalqaro miqyosda ILAE (International League Against Epilepsy) tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, tutqanoq turlariga qarab bir necha asosiy shakllarga bo’linadi: 1. Fokal (lokal) epilepsiya — miya faolligining muayyan hududida boshlanadigan tutqanoqlar bilan xarakterlanadi. Klinik jihatdan harakat buzilishi, sezgi o’zgarishi, ko’rish yoki eshitish halusinatsiyalari kuzatiladi. 2. Generalize epilepsiya — tutqanoq butun miyani qamrab oladi. Bunga tonik-klonik (grand mal), mioklonik, atonik, va absans (petit mal) tutqanoqlari kiradi. 3. Kombinatsiyalashgan (fokal va generalize aralash) epilepsiya — bu holatda bemor turli klinik belgilarni bir vaqtda ko’rsatadi. 150 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference 4. Kriptogenik va idiopatik epilepsiya — sababi aniqlanmagan (kriptogenik) yoki genetik asosga ega (idiopatik) turlari mavjud. 5. Reflektor epilepsiya — yorug’lik, ovoz yoki boshqa tashqi stimullar ta’sirida paydo bo’ladigan tutqanoqlar. Har bir klinik tur o’ziga xos diagnostika va davolash yondashuvini talab qiladi. Masalan, absans tutqanoqlari odatda bolalarda uchrab, qisqa ong yo’qotilishi bilan kechadi. Tonik-klonik tutqanoqlar esa tananing kuchli tortilishi va keyin gevşemesi bilan namoyon bo’ladi. Epilepsiyaning patofiziologiyasi Epilepsiya patofiziologiyasi murakkab va ko’p qirrali bo’lib, markaziy asab tizimidagi neyronlar faolligining anormal kuchayishi bilan bog’liq. Asosiy mexanizmlar quyidagilardan iborat: 1. Ion kanallari disfunktsiyasi — epileptik neyronlar natriy (Na⁺), kaliy (K⁺) va kaltsiy (Ca²⁺) ion kanallaridagi muvozanatsizlik tufayli giperexcitabil holatga o’tadi. Masalan, voltage-gated sodium channels (Nav1.1, Nav1.2) mutatsiyasi epileptik sindromlar bilan bog’liq. 2. Neyrotransmitterlar disbalansi — asosan GABA (gamma- aminobutirik kislota) inhibitiv va glutamat eksitator neyrotransmitterlarining muvozanatsizligi epileptik faollikni yuzaga keltiradi. GABA miqdorining pasayishi yoki glutamatning ortishi tutqanoqlarni qo’zg’atadi. 3. Neyroinflamatsiya — yallig’lanish mediatorlari (interleykinlar, TNF-alfa) va mikroglial faollik epilepsiyaning surunkali shaklida rol o’ynaydi. Bu jarayonlar gematoensefalik to’siqning buzilishiga olib keladi. 4. Genetik omillar — SCN1A, SCN2A, GABRG2 kabi genlar mutatsiyasi ba’zi epileptik sindromlarga (masalan, Dravet sindromi) sabab bo’ladi. 5. Epileptogenez jarayoni — bu epilepsiyaning shakllanish bosqichidir. Miya shikastlanishi, infeksiyalar yoki insul'tdan so’ng, sog’lom neyronlar patologik faol holatga o’tadi. Bu jarayon bir necha oy yoki yillar davom etishi mumkin. Epilepsiyaning patofiziologik asoslarini chuqur tushunish samarali farmakologik terapiya va neyroxirurgik aralashuvlarni tanlashda muhim ahamiyatga ega. Antiepileptik preparatlar Epilepsiyani davolashda antiepileptik preparatlar muhim rol o’ynaydi. Ular eksitator va inhibitor muvozanatni tiklab, tutqanoqlarni kamaytiradi. Epilepsiyaga qarshi preparatlar: Jadval ko’rinishida 151 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAG

Доказательный фрагмент

«В данной статье проанализированы клинические формы, патофизиологические механизмы и современные противоэпилептические препараты при эпилепсии.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье проанализированы клинические формы, патофизиологические механизмы и современные противоэпилептические препараты при эпилепсии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Epilepsy, clinical types, pathophysiology, antiepileptic drugs, glutamat, Epilepsiya, klinik turlar, GABA, ion kanallari, neyroinflamatsiya, generalize tutqanoq., antiepileptik dorilar, patofiziologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники