Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAMLAKATIMIZ EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH YO‘LLARI
D. Jabborov (Jizzax politexnika instituti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi o‘qituvchisi) · U. Xolmurzayev (Jizzax politexnika instituti talabasi)
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini oshirish yo‘llari har tomonlama tahlil qilinadi. Xususan, eksport tarkibini diversifikatsiya qilish, mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, logistika infratuzilmasini rivojlantirish, eksportchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari, xalqaro savdo bozorlari bilan integratsiya jarayonlari kabi omillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xorijiy tajribalar asosida takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: eksport salohiyati, raqobatbardoshlik, diversifikatsiya, logistika, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish, savdo hamkorlik, qo‘llab- quvvatlov siyosati. Annotation. This article comprehensively analyzes the ways to increase the export potential of the Republic of Uzbekistan. In particular, it examines factors such as diversification of export structure, enhancing the competitiveness of domestic products, development of logistics infrastructure, government support for exporters, and integration with international trade markets. Additionally, recommendations based on foreign experiences are provided. Key words: export potential, competitiveness, diversification, logistics, export-oriented production, trade cooperation, support policy. Global iqtisodiyotda milliy mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqish va raqobatbardosh eksport salohiyatini shakllantirish har bir davlat uchun muhim strategik vazifa hisoblanadi. O‘zbekiston ham so‘nggi yillarda eksportni rag‘batlantirish va yangi bozorlarga chiqish orqali iqtisodiy o‘sishni ta'minlashga harakat qilmoqda. O‘zbekistonning asosiy eksport mahsulotlari qatoriga paxta tolasi, gaz, rangli metallar, meva-sabzavotlar va to‘qimachilik mahsulotlari kiradi. Ammo eksport hajmi va tarkibi hali to‘liq diversifikatsiyalashmagan. Eksport asosan cheklangan mahsulot guruhlari va an’anaviy bozorlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu esa iqtisodiy xavf-xatarlarni oshiradi. Eksport salohiyatini oshirish omillari: 1. Mahsulot diversifikatsiyasi 124 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Yangi va qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish orqali eksport assortimentini kengaytirish muhim. Ayniqsa, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga urg‘u berish zarur. 2. Raqobatbardoshlikni oshirish Mahalliy korxonalarni texnologik modernizatsiya qilish, sifat menejmenti tizimlarini joriy etish orqali mahsulot sifatini oshirish lozim. 3. Logistika va infratuzilma Eksportni rivojlantirishda transport va logistika infratuzilmasining rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, havo transporti va bojxona tizimi samaradorligini oshirish eksport jarayonlarini tezlashtiradi. 4. Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash Eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga kredit, soliq imtiyozlari, eksport sug‘urtasi kabi mexanizmlar orqali yordam ko‘rsatish kerak Jahon banki va JST ma’lumotlariga ko‘ra, muvaffaqiyatli eksport siyosati yuritayotgan davlatlar — Janubiy Koreya, Turkiya, Vyetnam tajribalarini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish mumkin. Xususan, eksport klasterlari, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik asosida eksport infratuzilmasini rivojlantirish kabi chora-tadbirlar foydali bo‘lishi mumkin. Yangi va istiqbolli bozorlarga kirish uchun savdo diplomatiyasini kuchaytirish, xalqaro yarmarkalar, ko‘rgazmalarda faol ishtirok etish, ikkita tomonlama va ko‘p tomonlama savdo bitimlarini kengaytirish zarur Eksport salohiyatini oshirish O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlashda muhim omildir. Buning uchun quyidagi takliflar dolzarb hisoblanadi: 1. Eksportga yo‘naltirilgan klasterlar tashkil etish; 2. Logistika tizimini raqamlashtirish; 3. Eksportni sug‘urtalash va kafolatlash tizimini takomillashtirish; 4. Mahsulotlarni xalqaro standartlarga moslashtirish; Eksportga ixtisoslashgan kadrlarni tayyorlash va sertifikatlashtirish. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari (2020–2025 yillar) 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hisobotlari 3. Jahon banki – “Doing Business” va “Trade Competitiveness” hisobotlari 4. Xalqaro savdo markazi (ITC) materiallari 5. B. Yo‘ldoshev. “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”. Toshkent: Iqtisodiyot, 2022 125 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference 6. M. Xoliqov. “Eksport salohiyatini oshirish strategiyalari”. Ilmiy maqola, 2023 126
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini oshirish yo‘llari har tomonlama tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini oshirish yo‘llari har tomonlama tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- export potential, competitiveness, diversification, logistics, diversifikatsiya, qo‘llab-quvvatlov siyosati., eksport salohiyati, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish, raqobatbardoshlik, logistika, savdo hamkorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026