К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘. HOSHIMOV ASARLARIDA “BAXT” KONSEPTINING LISONIY IFODASI (NUR BORKI, SOYA BOR ASARI MATERIALIDA)

Toshpo‘latova Laziza Jahon qizi

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O‘tkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asarida “baxt” konsepti qanday lisoniy va semantik vositalar orqali ifodalanishiga e’tibor qaratiladi. Tahlil davomida “baxt” tushunchasi muallif tilida quvonch, mehr, muhabbat, iliqlik va ruhiy yuksalish kabi holatlar bilan bog‘liq holda metafora, epitet, ekspressiv leksik birliklar orqali berilgani aniqlanadi. Leksik-semantik tahlil shuni ko‘rsatadiki, baxt romanda doimiy holat emas, balki lahzaviy tuyg‘ular, shaxsiy kechinmalar va ijtimoiy munosabatlar fonida shakllanadigan hissiy konsept sifatida talqin etiladi. Kalit so‘zlar: baxt konsepti, lisoniy vositalar, semantik tahlil, ekspressiv leksika, metafora, O‘tkir Hoshimov Annotation. This article focuses on the linguistic and semantic features of how the concept of “happiness” is expressed in O‘tkir Hoshimov’s novel “Where There Is Light, There Is Shadow”. The analysis highlights how happiness is conveyed through metaphors, epithets, expressive lexical units, and emotionally charged language. The lexical-semantic interpretation reveals that happiness in the novel is not portrayed as a permanent state, but rather as a fleeting emotional experience that emerges in the context of personal feelings, relationships, and intimate moments of joy and connection. Keywords: concept of happiness, linguistic devices, semantic analysis, expressive vocabulary, metaphor, Utkir Khoshimov O‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri O‘tkir Hoshimov ijodi o‘zining hayotiylik, badiiylik va emotsional kuchi bilan ajralib turadi. Adibning “Nur borki, soya bor” romani inson ruhiyatining murakkab kechinmalarini yuksak badiiy ifoda orqali tasvirlaydi. Asarda jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlar fonida insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, mehr, quvonch, yo‘qotish va eng muhimi, baxt kabi insoniy tushunchalar tasviriy va falsafiy yondashuvda yoritiladi. Ushbu maqolada romandagi “baxt” konsepti lisoniy, semantik va pragmatik jihatdan tahlil qilinadi. Baxt tushunchasi bu asarda odatiy “xursandchilik” yoki “farovonlik” ma’nosida emas, balki inson qalbidagi mayin tuyg‘ular, lahzaviy quvonch, ona mehri, do‘stlik, muhabbat, ilhom kabi ichki hissiyotlar orqali ifodalangan. Ushbu kichik tadqiqotning asosiy maqsadi – O‘tkir Hoshimovning 85 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference badiiy tilida baxt konseptining lisoniy ifodasini tahlil qilish hamda ushbu vositalarning semantik-pragmatik yukini ochib berishdir. “Konsept” atamasi kognitiv tilshunoslikda inson tafakkurida shakllangan, madaniy va shaxsiy tajriba orqali boyigan mantiqiy-emotsional birlik sifatida qaraladi [Karasik 2002; Kubryakova 2004]. U faqat so‘z emas, balki inson ongidagi tushunchaning ko‘p qirrali semantik modelidir. “Baxt” esa insoniyat tarixida doimo markaziy axloqiy va emotsional kategoriya bo‘lib kelgan. Har bir madaniyatda baxtga bo‘lgan qarash, uni anglash va ifodalash uslublari farqlanadi. Lisoniy nuqtai nazardan, baxt – bu subyektiv holat bo‘lib, u turli lisoniy vositalar orqali ifodalanadi: quvonch bildiruvchi so‘zlar (xursand, yayradi, yuragi urdi), metaforik ifodalar (yorug‘lik, osmonda uchish), hissiy dialoglar va obrazlar orqali. Kognitiv yondashuvda esa “baxt” konsepti tajriba asosida shakllangan ramziy tuzilma sifatida o‘rganiladi [Lakoff, Johnson 1980]. Pragmatik nuqtai nazardan, baxt tushunchasi shaxslararo muloqotda qanday til vositalari yordamida anglashiladi, qanday kontekstda qanday ma’no kasb etadi – bu muhim jihat sanaladi. Adabiy matnda esa bunday tushunchalar obrazlar, detallar, ruhiy tafakkur va his-tuyg‘ular orqali badiiy ifodalanadi. Ayniqsa, O‘tkir Hoshimov ijodida bu kabi murakkab tushunchalar hayotiylik va emotsional chuqurlik bilan beriladi. Asardan tahlilga tortilgan misollarga asoslanib aytish mumkinki, muallif “baxt” konseptini odatiy tarzda emas, balki inson ruhiyatining muayyan qatlamlarida aks ettiradi. “Baxt” – bu qahramonlar hayotida to‘satdan keladigan quvonch, qalbdagi iliqlik, o‘zaro mehr, samimiy hazil yoki unutilgan eshikdan kirayotgan guldasta hididek sezilarli bo‘lgan holatlardir. Har bir misolda bosh qahramon Sherzod va boshqa obrazlar tomonidan his etilgan quvonch, ilhom, mehr va muhabbat aslida baxtning badiiy-lisoniy ifodalanishidir. Demak, “baxt” bu yerda faqat ma’rifiy-falsafiy kategoriya emas, balki muallif tilida estetiklashtirilgan emotsional-konnotativ tajriba sifatida ifoda topadi. Misollar tahlili davomida “baxt” konsepti ifodalangan semantik qatlamlar quyidagicha guruhlandi: Quvonch va xursandchilik mazmuni: Asarda quvonch hissi turli holatlarda gavdalanadi. Sherzod obraziga doir ko‘plab parchalar uning qalbidagi xursandlikni mayda tafsilotlargacha yetkazadi. Masalan, “qalbida quvonch aralash g‘ururga o‘xshash iliq, osuda bir tuyg‘u uyg‘ondi” (173 b.) jumlasida Sherzod o‘z yutug‘i yoki ko‘rgan manzarasidan faxrlanib quvonganini sezamiz. Bu iborada “iliq, osuda tuyg‘u” – ko‘ngil xotirjamligi va mamnunlik holati, 86 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGI

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘tkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asarida “baxt” konsepti qanday lisoniy va semantik vositalar orqali ifodalanishiga e’tibor qaratiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘tkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asarida “baxt” konsepti qanday lisoniy va semantik vositalar orqali ifodalanishiga e’tibor qaratiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
concept of happiness, linguistic devices, semantic analysis, baxt konsepti, semantik tahlil, lisoniy vositalar, metafora, ekspressiv leksika, O‘tkir Hoshimov
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники