К содержанию
РецензированоUZ2026

DOSTONCHILIKNING OG‘ZAKI AN’ANASI VA ZAMONAVIY ADABIYOTDAGI DAVOMCHILIGI

ADABIYOTDAGI DAVOMCHILIGI · Esemuratov Baxtiyar Sagidullaevich

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada qoraqalpoq xalqining boy og‘zaki ijodiy merosiga mansub dostonchilik san’ati va uning zamonaviy adabiyotdagi davomchiligi tahlil qilinadi. Dostonlarning og‘zaki an’anada yashab kelgani, baxshilar orqali tarqalganligi, shuningdek, yozma adabiyotda qanday shaklda aks etgani haqida ma’lumotlar beriladi. Maqolada zamonaviy yozuvchilar va shoirlar asarlarida epik tafakkurning davomiyligi, milliy ruhning saqlanib qolgan jihatlari ilmiy asosda yoritiladi. Dostonchilikning bugungi madaniy-ma’naviy hayotdagi o‘rni va uning ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Maqola adabiyotshunoslar, folklorshunoslar va talabalarga mo‘ljallangan. Kalit so‘zlar: doston, baxshi, epik an’ana, og‘zaki ijod, zamonaviy adabiyot, milliy ruh, folklor. Qoraqalpoq xalqining madaniy boyligi, ma’naviy merosi va tarixiy xotirasida dostonchilik muhim o‘rin egallaydi. Dostonlar xalqning epik tafakkuri, orzu-umidlari, qahramonlik va vatanparvarlik tuyg‘ulari ifodasi sifatida og‘zaki an’ana vositasida asrlar davomida avloddan-avlodga yetkazilib kelinmoqda. Dostonchilik faqatgina san’at turi emas, balki xalqning tarixiy xotirasi, ijtimoiy- estetik qarashlari, milliy o‘zlikni anglash vositasidir. Bugungi zamonaviy adabiyotda dostonchilik an’anasi o‘z ifodasini boshqa shakllar orqali davom ettirmoqda. Dostonchilik an’analari xalq og‘zaki ijodining eng rivojlangan va murakkab shakllaridan biridir.Qoraqalpoq, o‘zbek qirg‘iz, qozoq va boshqa turkiy xalqlarda dostonlar maxsus ijrochilar, baxshilar, jiravchilar tomonidan ijro etilgan. Bu ijro usuli asosan kuy, ohang, mimika, harakat va dramatik elementlar bilan boyitilgan. Xalq dostoni “Alpomish”, qoraqalpoq xalqining “Edige” yoki turkmanlarning “Gorogli” dostonlari og‘zaki an’ananing yuksak namunalaridandir. Bu dostonlarda real tarixiy voqealar bilan birga afsonaviy elementlar, folklor qahramonlari, xalq orzulari ham o‘z ifodasini topgan. XIX–XX asrda boshlangan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, matbuot va ta’lim tizimining rivojlanishi bilan og‘zaki ijod asta-sekin yozma adabiyotga o‘ta boshladi. Bunda dostonchilik an’analari poetik struktura, syujet qurilishi va obrazlar tizimi orqali zamonaviy adabiy asarlarda aks etdi. Abbaz Dabilov, Sadiq Nurimbetov kabi yozuvchilar turli xil janrida dostonlardagi qahramonlik, ijtimoiy kurash, milliy g‘oya motivlarini saqlab qolgan holda zamonaviy uslubda ifoda eta boshladilar.Dostonlar xalq epik tafakkurining eng yuksak namunalaridan biri sifatida qoraqalpoq adabiy merosida alohida o‘rin egallaydi. Ularda xalqning tarixiy xotirasi, orzu-umidlari, ma’naviy qadriyatlari mujassam etilgan. Dostonchilik og‘zaki an’anaga asoslangan bo‘lsa-da, uning ruhiy-mazmuniy asoslari zamonaviy yozma adabiyotda ham davom etmoqda. Bugungi adabiy jarayonda dostonlarga xos qahramonlik, vatanparvarlik, epik obrazlar va 90 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference xalqona timsollar o‘zga shaklda bo‘lsa-da, o‘z aksini topmoqda. Doston ruhini belgilaydigan asosiy unsurlar, bu xalqning milliy o‘zligini ifodalovchi qahramonlik, jasorat, sadoqat, erkinlik, adolat va fidoyilik g‘oyalaridir. Bu g‘oyalar epik janrda to‘la namoyon bo‘lib, Alpomish, Edige, Go‘ro‘g‘li kabi qahramonlar timsolida ifodalanadi. Doston ruhi, bu xalq qalbining sadosidir. Bugungi kun adabiyotida dostonlarga xos shakl emas, balki dostoniy mazmun va g‘oya ko‘proq uchraydi. Ayniqsa, Vatan, ozodlik, adolat, e’tiqod, tarixiy xotira kabi tushunchalar zamonaviy shoirlar ijodining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Dostonchilik ruhining hayotchanligini, zamon bilan uyg‘unlashganligini ko‘rsatadi. Dostonchilik ruhining zamonaviy adabiyotda davom etishi, xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot o‘rtasidagi uzviylikni ifoda etadi. Bu ruh orqali o‘zbek xalqining tarixiy xotirasi, orzulari va ma’naviy qadriyatlari bugungi avlodga yetkazilmoqda. Dostonlarga xos idealistik obrazlar, poetik til va qahramonlik motivlari zamonaviy adabiyotda o‘zgacha shaklda yashamoqda. Shuning uchun doston ruhi hali ham zamonaviy ijodda tirik va faol. Bugungi qoraqalpoq adabiyotida dostonchilikning ayrim xususiyatlari, epik uslub, xalqona obrazlar, qahramonlik ruhiyatining yuksak tasviri, nasr va she’riyatda davom etmoqda. Xususan, I.Yusupovning, X.Dawletnazarovning, epik poemalari, B.Genjemuratovning tarixiy-tasavvuriy asarlarida epik an’analar yaqqol ko‘zga tashlanadi.Shuningdek, zamonaviy dostonlar ham yaratilmoqda. Ularda klassik dostonlarga xos xususiyatlar saqlangan bo‘lsa-da, mavzular zamonaviy muammolar, Vatan, ijtimoiy adolat, shaxsiy erkinlik kabi g‘oyalar bilan boyitilgan. Qoraqalpoq xalqining og‘zaki ijodiy merosida dostonchilik muhim o‘rin egallaydi. Dostonlar xalq ruhiyatining, tarixiy xotirasining va milliy qadriyatlarining ifodasidir. Ular nafaqat badiiy asar sifatida, balki xalqning tarixi, e’tiqodi, orzu-umidlari, axloqiy mezonlarini avloddan avlodga yetkazuvchi vosita sifatida ham xizmat qiladi. Shu ma’noda, dostonchilik madaniy va milliy ongning shakllanishida muhim funks

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada qoraqalpoq xalqining boy og‘zaki ijodiy merosiga mansub dostonchilik san’ati va uning zamonaviy adabiyotdagi davomchiligi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada qoraqalpoq xalqining boy og‘zaki ijodiy merosiga mansub dostonchilik san’ati va uning zamonaviy adabiyotdagi davomchiligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
baxshi, doston, og‘zaki ijod, zamonaviy adabiyot, milliy ruh, epik an’ana, folklor.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники