Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXGALTERIYA HISOBIDA HUJJATLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI VA AHAMIYATI
EDUCATION SYSTEM · ASOSLARI VA AHAMIYATI
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada buxgalteriya hisobida hujjatlashtirish tushunchasi, uning mohiyati, hujjatlarning turlari, shakllari va yuritilish tartibi o‘rganiladi. Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik operatsiyalarini asoslash, moliyaviy axborotni tasdiqlash va hisobotlar tayyorlashda muhim manba sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada zamonaviy texnologiyalar ta’sirida hujjatlashtirish jarayonida yuz berayotgan o‘zgarishlar, raqamli hujjat aylanishi va avtomatlashtirilgan tizimlarining afzalliklari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: buxgalteriya hisobi, hujjatlashtirish, moliyaviy hujjat, elektron hujjat aylanishi, avtomatlashtirish, tekshirish, hujjat turlari, moliyaviy nazorat. Annotatsiya. This article explores the concept of documentation in accounting, its essence, types of documents, forms, and procedures. Accounting documents serve as the basis for verifying business transactions, validating financial information, and preparing reports. The paper also analyzes the impact of modern technologies on the documentation process, highlighting the advantages of digital document circulation and automated systems. Key words: accounting, documentation, financial document, electronic document circulation, automation, audit, types of documents, financial control. Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillaridan biri bu – ishonchli, to‘liq va o‘z vaqtida hujjatlashtirishdir. Har bir xo‘jalik operatsiyasi buxgalteriya hisobida faqat tegishli hujjatlar asosida aks ettiriladi. Hujjatlar – bu moliyaviy va xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida daliliy ma’lumot beruvchi vositalardir. Ular orqali korxona faoliyatiga oid barcha harakatlar nazorat qilinadi, tahlil qilinadi va hisobotga kiritiladi. Hujjatlashtirish – buxgalteriya hisobida har bir xo‘jalik operatsiyasini yozma yoki elektron shaklda qayd etish jarayonidir. Bu jarayon buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Har qanday moliyaviy yoki xo‘jalik harakati hujjatsiz rasmiylashtirilmasa, u buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi. Hujjatlarning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: 94 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Axborot funktsiyasi – buxgalteriya hisobining dastlabki manbai bo‘lib xizmat qiladi; Nazorat funktsiyasi – xo‘jalik operatsiyalarining qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini tekshirish imkonini beradi; Hisobot funktsiyasi – moliyaviy hisobotlarni tuzishda asosiy manba hisoblanadi; Tahliliy funktsiya – korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilishda qo‘llaniladi. Buxgalteriya hujjatlari maqsadi, mazmuni va tuzilishiga ko‘ra bir nechta turlarga bo‘linadi: Asosiy hujjatlar – birlamchi hisob hujjatlari (hisob-faktura, to‘lov topshiriqlari, qabul qilish aktlari, kassa hujjatlari); Yordamchi hujjatlar – asosiy hujjatlarga ilova bo‘ladigan hujjatlar (protokollar, dalolatnomalar); Ichki hujjatlar – korxonaning o‘zida tuziladigan (ichki buxgalteriya jurnallari, naryadlar); Tashqi hujjatlar – boshqa tashkilotlardan yoki davlat organlaridan keladigan (kontraktlar, soliq hisobotlari) Buxgalteriya hujjatlari yozma yoki elektron shaklda bo‘ladi. Ularning yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun quyidagi asosiy rekvizitlari bo‘lishi shart: hujjatning nomi; tuzilgan sana; xo‘jalik operatsiyasining mazmuni; miqdoriy va summaviy ko‘rsatkichlar; mas’ul shaxslarning imzolari; muhr (zaruratga ko‘ra). Raqamlashtirish jarayonida hujjatlar elektron imzo bilan tasdiqlanadi. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar ta’sirida buxgalteriya hisobi ham tubdan o‘zgarmoqda. Ayniqsa, elektron hujjat aylanishi (EHA) tizimlari hujjatlarni qog‘ozsiz yuritish imkonini berdi. Bu quyidagi afzalliklarni yaratadi: Tezkorlik va aniqlik; Xodimlar mehnatini yengillashtirish; Moliyaviy intizomni mustahkamlash; Audit va nazorat jarayonlarini soddalashtirish. Bunday tizimlar sifatida "1C: Buxgalteriya", "SAP", "Odoo" kabi dasturlar keng qo‘llaniladi. Amaliyotda hujjatlar bilan ishlashda quyidagi kamchiliklar uchraydi: 95 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference noto‘g‘ri rekvizitlar; kechiktirilgan rasmiylashtirish; yo‘qolgan hujjatlar; imzo va muhr yetishmasligi. Bunday holatlarning oldini olish uchun: mas’ul shaxslarning malakasini oshirish; ichki nazorat tizimlarini kuchaytirish; avtomatlashtirilgan nazorat vositalarini joriy etish zarur. Xulosa. Buxgalteriya hisobi hujjatlari har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining huquqiy va moliyaviy asosidir. Hujjatlashtirish jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi – moliyaviy intizom, hisob-kitobning ishonchliligi va soliq hisoboti aniqligining kafolatidir. Raqamli transformatsiya sharoitida esa hujjatlashtirishning zamonaviy shakllari, ayniqsa elektron hujjat aylanishi, bu jarayonni yanada takomillashtirish imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, 2021-yilgi tahriri. 2. Karimov S. “Buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyoti”, Toshkent, 2022. 3. Xodjayeva D. “Moliyavi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada buxgalteriya hisobida hujjatlashtirish tushunchasi, uning mohiyati, hujjatlarning turlari, shakllari va yuritilish tartibi o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada buxgalteriya hisobida hujjatlashtirish tushunchasi, uning mohiyati, hujjatlarning turlari, shakllari va yuritilish tartibi o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- accounting, documentation, financial document, electronic, avtomatlashtirish, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hujjat, hujjat turlari, moliyaviy nazorat., hujjatlashtirish, elektron hujjat aylanishi, tekshirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026