Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXGALTERIYA HISOBINING VUJUDGA KELISHI: TARAQQIYOT BOSQICHLARI VA ILMIY-ASOSIY MANBALARI
Soatqulov Baxtiyor · Xolmurzayev Ubaydulla (Jizzax politexnika instituti)
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada buxgalteriya hisobining vujudga kelish tarixi, uning dastlabki shakllari, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy buxgalteriya tizimining shakllanishi yoritib beriladi. Tarixiy jihatdan buxgalteriya hisobi dastlab oddiy ro‘yxat yuritish ko‘rinishida mavjud bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik iqtisodiy muomalalar murakkablashuvi bilan birga tizimli shaklga ega bo‘lgan. Maqolada qadimgi Mesopotamiya, Misr, Yunoniston, Rim va ayniqsa, XIV-XV asrlarda Italiyadagi ikkiyoqlama yozuv tamoyilining paydo bo‘lishi muhim tarixiy bosqich sifatida ko‘rib chiqiladi. Buxgalteriya hisobi taraqqiyoti bilan birga u iqtisodiy nazorat, menejment, moliyaviy rejalashtirish va strategik qarorlar qabul qilishda muhim vositaga aylangan. Kalit so‘zlar: Buxgalteriya hisobi, tarixiy taraqqiyot, ikkiyoqlama yozuv, iqtisodiy nazorat, hisob tizimi, moliyaviy axborot, Mesopotamiya, Italiya maktabi. Annotation. This article explores the origin and development of accounting, tracing its evolution from primitive record-keeping to the sophisticated systems used today. Initially emerging in ancient civilizations like Mesopotamia and Egypt as simple tallying methods, accounting gradually evolved with the complexity of economic transactions. A particular emphasis is placed on the emergence of double-entry bookkeeping in 14th–15th century Italy, which marked a revolutionary stage in accounting history. The study also highlights how accounting transitioned into a vital tool for economic control, management decision-making, and financial planning in modern enterprises. Key words: Accounting, historical development, double-entry bookkeeping, economic control, accounting system, financial information, Mesopotamia, Italian school. Buxgalteriya hisobi insoniyat tarixining eng qadimgi faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. Inson moddiy boyliklar ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida turli hisob yuritish usullarini qo‘llay boshlagan. Dastlab oddiy ro‘yxat shaklida olib borilgan buxgalteriya hisobi, vaqt o‘tishi bilan iqtisodiy faoliyatlarning murakkablashuvi natijasida tizimli va ilmiy asoslangan fan sifatida shakllandi. 77 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Buxgalteriya hisobining ilk ko‘rinishlari miloddan avvalgi IV ming yillikka, ya’ni Mesopotamiya davriga borib taqaladi. Uruk, Shumer, Akkad kabi davlatlarda loydan yasalgan planshetlarga oddiy ro‘yxatlar yozilgan. Qadimgi Misrda esa g‘alla, chorva, yer maydonlari kabi resurslarning hisob-kitobi maxsus yozuvchilar (scribes) tomonidan yuritilgan. Antik Yunoniston va Rim imperiyalarida buxgalteriya hisobi davlat xarajatlari, soliqlar va savdo-sotiqni tartibga solishda ishlatilgan. Biroq bu davrlardagi hisob tizimi hali bugungi zamonaviy buxgalteriyaga xos bo‘lgan tizimlashtirilgan tamoyillardan yiroq edi. Buxgalteriya tarixidagi eng muhim bosqichlardan biri bu – XIV–XV asrlarda Italiya shahar-davlatlarida ikkiyoqlama yozuv tizimining shakllanishidir. Bu usul 1494-yilda Luka Pacholi tomonidan yozilgan “Summa de Arithmetica, Geometria, Proportioni et Proportionalità” nomli asarda ilk bor ilmiy tarzda bayon etilgan. Ikkiyoqlama yozuv prinsipi — har bir xo‘jalik operatsiyasi ikki tomonlama aks ettiriladi (debet va kredit). Bu tizim hisobda aniqlik, tizimlilik va muvozanatni ta’minladi. Aynan ushbu yondashuv buxgalteriyani ilmiy asosga ega mustaqil fan sifatida shakllantirdi. Sanoat inqilobidan keyin buxgalteriya hisobining ahamiyati yana-da ortdi. Kapitalistik xo‘jalik yuritish tizimi, korporativ boshqaruv, moliyaviy hisobotlar va audit amaliyoti rivojlandi. XX asrda esa buxgalteriya xalqaro standartlarga asoslangan holda yuritila boshlandi. Xalqaro buxgalteriya standartlari (IFRS), milliy buxgalteriya qonunchiliklari, kompyuterlashtirilgan dasturlar buxgalteriyani global darajada birlashtirdi. Buxgalteriya nafaqat amaliy faoliyat, balki nazariy jihatdan ham rivojlandi. Bu borada nemis, fransuz, angliya, amerika maktablarining alohida hissasi bor. Ular buxgalteriyani iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan bog‘lash, uni nazariy tushunchalar asosida o‘rganish, modellashtirish va standartlashtirishga katta hissa qo‘shdi. Xulosa. Buxgalteriya hisobi jamiyat iqtisodiy hayotining ajralmas qismiga aylangan. Uning vujudga kelishi oddiy ehtiyojlar bilan boshlangan bo‘lsa-da, bugungi kunda buxgalteriya strategik boshqaruv va qaror qabul qilishda muhim vositaga aylangan. Bu fan doimiy ravishda rivojlanib borib, axborot texnologiyalari bilan uyg‘unlashgan holda yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.Luka Pacholi. Summa de Arithmetica, 1494. 2.Needles B.E., Powers M. Principles of Accounting. Boston: Houghton Mifflin, 2011. 78 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 3.Tuxliyev H.T., Ergashev B.A. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. – T.: IQTISOD- MOLIYA, 2018. 4.IFRS Foundation – www.ifrs.org 5.Accounting History Review (https://www.tandfonline.com/loi/rahr20) 79
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada buxgalteriya hisobining vujudga kelish tarixi, uning dastlabki shakllari, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy buxgalteriya tizimining shakllanishi yoritib beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada buxgalteriya hisobining vujudga kelish tarixi, uning dastlabki shakllari, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy buxgalteriya tizimining shakllanishi yoritib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Accounting, historical development, double-entry bookkeeping, hisob tizimi, ikkiyoqlama yozuv, Italiya maktabi., tarixiy taraqqiyot, moliyaviy axborot, Buxgalteriya hisobi, Mesopotamiya, iqtisodiy nazorat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025