Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BIR KUNLIK ISITMA VA ISITMANING MOHIYATI
Muxtorova Fotimaxon Shuhratjon qizi
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
This article discusses one-day fever, its stages, and causes. Keywords: fever, infection, body temperature, immune response, viral diseases, thermoregulation, inflammation, one-day fever. Isitma –bu organizmning turli kasalliklar, ayniqsa infeksiyalarga javoban rivojlanadigan fiziologik holatdir. U organizmning himoya mexanizmlaridan biri bo‘lib immun tizmining faollashganini bildiradi. Ko‘pincha isitma bir kecha kunduz davom etadi, ammo ayrim holatlarda u atigi bir kun davom etib, keyin yo‘qoladi. Shu kabi holat “bir kunlik isitma” deb ataladi. Isitma markazi gipotalamusda joylashgan bo‘lib, u tana haroratini muvozanatini saqlaydi. Infeksiyalar, yallig‘lanish yoki boshqa patogen ta’sirlar tufayli immun tizimini hosil qilishda ishtirok etadi. Isitma quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi. Ko‘tarilish bosqichi – tana harorati oshadi, bemor titraydi. Barqarorlashuv bosqichi– harorat maksimal darajaga yetadi. Tushish bosqichi – organizm ortiqcha issiqlikni chiqarib, harorat me’yorga qaytadi. Odatda, kattalar isitmani og‘ziga yoki qo‘ltiq ostiga raqamli termometr qo‘yish orqali o‘lchaydilar. 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda isitmani tekshirish uchun rektal harorat o‘lchanadi. Agar sizda boshqa alomatlar bo‘lsa, shifokor har qanday infeksiyani izlash uchun bir nechta testlarni tavsiya qiladi. Isitmani davolash har 6 soatda yoki kuniga ikki marta olinadigan paratsetamol, ibuprofen yoki diklofenak kabi antipiretik deb nomlanuvchi OTC dori-darmonlarini o‘z ichiga oladi. Boshqa davolash usullariga antibiotiklar (asosiy kasallik bo‘yicha), suyuqlik va dam olish kiradi. 86 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Tana temperaturasining ko‘tarilish darajasiga qarab isitma asosan 38 °C dan past, yuqori holatlari esa, 41° C dan ortiq bo‘ladi. Ular quyidagicha tavsiflanadi. Subfebril (38 °C gacha) Zaif (38,5 °C gacha) Febril (o‘rtacha 39 °C gacha) Piretik (yuqori 41 °C gacha) Giperpiretik (haddan tashqari yuqori) (41 °C dan yuqori.) Sutkalik temperaturadagi o‘zgarishlarning tabiati bo‘yicha isitma turlari: Doimiy isitma (febris continua) — tana haroratining uzluksiz ko‘tarilishi bo‘lib, sutkalik o‘zgarish 1 °C dan oshmaydi. Remittirlovchi isitma (febris remittens) — tana haroratining 1,5-2 ° C gacha bo‘lgan sutkalik o‘zgarishi. Biroq, harorat normal qiymatlargacha kamaymaydi. Intermittirlovchi isitma (febris intermittis) — haroratning keskin va sezilarli darajada ko‘tarilishi, bir necha soat saqlanib turgach, tezda normal qiymatgacha tushadi. Gektik isitma (holdan toydiruvchi) (febris hectica) — sutkalik o‘zgarish 3-5°C ga yetadi, ko‘tariladigan va tezda pasayadigan harorat kun davomida bir necha marta takrorlanishi mumkin. Teskari isitma (febris inversa) — sutkalik ritmning o‘zgarish, ertalablari haroratning ancha yuqoriroq bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Noto‘g‘ri isitma (febris athypica) — ma’lum bir tartibsiz sutka davomida haroratning o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Qaytaruvchi isitma (febris recurrens) — yuqori haroratning normal harorat bilan almashinib turuvchi davrlari bilan tavsiflanadi va bir necha sutka davom etishi mumkin. Bir kunlik isitma sabablari va xususiyatlari. Virusli infeksiya, vaksinatsiyadan so‘ng, allergik reaksiya yoki dori vositalariga reaksiya, stress yoki issiqlik zarbasidan so‘ng inson tana harorati oshishi kuzatiladi. Bu holatlarga alohida to‘xtalib o‘tsak. Virusli infeksiyalar. Ko‘plab virusli infeksiyalar masalan, adenovirus, entrovirus, COVID- 19 ning ba’zi yengil boshlanishida bir kunlik isitma bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Vaksinatsiyadan so‘ng. Vaksinatsiyadan keyingi reaktiv isitma ham bir kun davom etishi mumkin. 87 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Allergik reaksiya yoki dori vositalarga reaksiyasi. Ba’zan organizm dorilarga yoki oziq-ovqat moddalarga bo‘lgan nojo‘ya reaksiyasi qisqa muddatli isitma bilan javob beradi. Stress yoki issiqlik zarbasi. Jismoniy zo‘riqish kuchli stress yoki issiqlik ta’sirida ham organizm harorati vaqtincha ko‘tarilishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, isitma bu organizmni faol va kurashuvchanligidan dalolatdir. Isitma olayotgan bemorlarga dastlab yengil birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim. Bunda ularga suyuqlik o‘z tana vaznlariga mos ravishda berish va qaynatilgan, iliq suv yordamida tanani artish lozim. Agarda isitma tushmasa, shifokorga murojat qilib, kerakli dori va preparatlardan foydalanish kerak bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Karimov A.K., Abdullayev A.A. “Ichki kasalliklar propedevtikasi “. –Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2020. 2.Xudoyberdiyev A.X., Shamsiyev M.M. “Bolalar kasalliklari”, 2-qism. –Toshkent: “Fan”, 2019. 3.“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. “Isitma va infeksion kasalliklar bo‘yicha milliy klinik qo‘llanma”. –Toshkent, 2022. 4. Normal fiziologiya: Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik/ O.T.Alyaviya. Sh.Q.Qodirov, A.N.Qodirov va boshq.; O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta max
Доказательный фрагмент
«This article discusses one-day fever, its stages, and causes.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses one-day fever, its stages, and causes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fever, infection, body temperature, immune response, viral, yallig‘lanish, tana harorati, isitma, immun javob, virusli kasalliklar, infeksiya, termoregulyatsiya, bir kunlik isitma.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025