К содержанию
РецензированоUZ2026

QURILISHDAGI MEHNAT SAMARADORLIGI VA INSON RESURSLARI

M. Siddiqov (Jizzax politexnika instituti dotsenti) · B. Qo‘ng‘irov (Kibersport fakulteti talabasi)

Инновационные исследования в науке · 2026

Аннотация

Maqolada qurilish sohasida mehnat samaradorligini oshirish omillari, inson resurslarining o‘rni, malaka, motivatsiya va zamonaviy boshqaruv tizimlarining ta’siri tahlil qilinadi. Qurilishda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun malakali kadrlar, texnologik yangilanishlar, raqamlashtirish va mehnat muhitining takomillashuvi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: qurilish sohasi, mehnat samaradorligi, inson resurslari, malaka, ishchi kuchi, motivatsiya, innovatsiya, raqamlashtirish. Annotation. The article analyzes the factors influencing labor productivity in the construction sector, the role of human resources, qualifications, motivation, and the impact of modern management systems. It considers skilled personnel, technological innovations, digitalization, and improvements in the working environment as key elements for enhancing performance indicators in construction. Key words: construction sector, labor productivity, human resources, qualification, workforce, motivation, innovation, digitalization. Qurilish sohasi iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning samarali faoliyati ko‘plab boshqa tarmoqlarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, sohada mehnat samaradorligi va inson resurslarini to‘g‘ri boshqarish barqaror o‘sish va yuqori natijalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda qurilish sohasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotgani mehnat unumdorligini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishni ustuvor vazifaga aylantirmoqda. Mehnat samaradorligi bu – ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi yoki bajarilgan ish miqdorining ish kuchiga nisbati. Qurilish sohasida bu ko‘rsatkich quyidagilarga bog‘liq: vaqt birligida qurilgan obyektlar hajmi (m², m³, km); ishlatilgan resurslar (xomashyo, texnika) va inson kuchining nisbati; texnologiyalarning darajasi va avtomatlashtirish darajasi; ishlab chiqarish jarayonining tashkil etilishi. 26 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference O‘zbekistonda qurilishdagi mehnat samaradorligi hali to‘liq foydalanilmayotgan potensialga ega bo‘lib, ayniqsa kichik va o‘rta biznes subyektlarida bu ko‘rsatkich pastligicha qolmoqda. Inson resurslari – bu sohada ishlovchi ishchilar, muhandislar, arxitektorlar, menejerlar va boshqa mutaxassislardan iborat inson kapitalidir. Qurilishda inson resurslarining roli quyidagilarda namoyon bo‘ladi: loyihani sifatli ishlab chiqish va amalga oshirish; xavfsiz va samarali qurilish jarayonini ta’minlash; yangiliklarni joriy qilishga tayyorlik; jamoaviy mehnat muhitini shakllantirish. Malakali ishchi kuchining mavjudligi har bir obyektning sifati, muddati va narxiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda O‘zbekiston qurilish sohasida malakali muhandislar va loyiha boshqaruvchilari yetishmasligi muammosi mavjud. Mehnat samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar 1. Malaka va ta’lim darajasi Qurilish texnikumlari va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatining pastligi; Ish joyida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yetarli e’tibor yo‘qligi. 2. Texnologik ta’minot Zamonaviy qurilish texnikasi va uskunalardan foydalanish darajasi; Avtomatlashtirilgan qurilish tizimlari, modulli qurilish va 3D bosma texnologiyalarining joriy qilinishi. 3. Raqamlashtirish BIM texnologiyalari (Building Information Modeling); Qurilish jarayonlarini onlayn monitoring qilish; Ishchi kuchining hisobi va faoliyatini raqamli boshqarish. 4. Motivatsiya va ish haqi Ish haqi darajasining pastligi; Ijtimoiy paket va rag‘batlantirish tizimlarining mavjud emasligi. Ish muhitining xavfsizligi va kasbiy salomatlikka e’tibor. O‘zbekistonda mehnat samaradorligini oshirish yo‘nalishlari: 1. Ta’lim tizimini takomillashtirish Qurilish sohasiga ixtisoslashgan o‘quv muassasalarda amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish; Xalqaro standartlarga mos ta’lim dasturlarini joriy etish. 27 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference 2. Sertifikatlash va malaka baholash tizimi Har bir ishchining kasbiy tayyorgarligini baholovchi tizim yaratish; Ishchilar uchun uzluksiz o‘qitish va qayta tayyorlash kurslarini joriy qilish. 3. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish Qurilish texnikasini yangilash, zamonaviy qurilish metodlaridan foydalanish; Tez quriladigan va ekologik toza materiallar qo‘llanilishini kengaytirish. 4. Mehnat muhitini yaxshilash Ishchilar uchun xavfsiz va sog‘lom ish sharoitlarini yaratish; Rag‘batlantiruvchi mexanizmlar (bonuslar, mukofotlar, ijtimoiy himoya)ni yo‘lga qo‘yish. Xalqaro tajriba va O‘zbekiston uchun tavsiyalar 1. Germaniya modeli Germaniyada qurilish sohasidagi kadrlar “duallik ta’lim tizimi” orqali tayyorlanadi, ya’ni nazariy va amaliy bilimlar birgalikda beriladi. Bunday yondashuv mehnat samaradorligini yuqori darajada ushlab turadi. 2. Yaponiya tajribasi Yaponiyada qurilishdagi eng muhim yondashuv — kaizen (doimiy takomillashtirish) bo‘lib, har bir xodim o‘z ishi ustida muttasil ishlaydi. Bunday madaniyat ish

Доказательный фрагмент

«Maqolada qurilish sohasida mehnat samaradorligini oshirish omillari, inson resurslarining o‘rni, malaka, motivatsiya va zamonaviy boshqaruv tizimlarining ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada qurilish sohasida mehnat samaradorligini oshirish omillari, inson resurslarining o‘rni, malaka, motivatsiya va zamonaviy boshqaruv tizimlarining ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
construction sector, labor productivity, human resources, ishchi kuchi, mehnat samaradorligi, raqamlashtirish., innovatsiya, inson resurslari, malaka, motivatsiya, qurilish sohasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники