К содержанию
РецензированоUZ2026

TILDA EMOTSIYA VA HISSIYOT IFODASI: EMOTIV BIRLIKLARNING TILDA QO’LLANILISHI

TILDA QO’LLANILISHI · Kurbanova Komila Abdullo qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu tezis emotsional holatlarni ifodalash bilan bog’liq nazariyalar va tadqiqotlarni tilshunos olimlarning fikrlari asosida tahlil qiladi, tilda emotsiyalarni ifodalashning turli xil ko’rinishlarini tadqiq etadi. Shuningdek, emotsiya va hissiyot tushunchalarining farqlari va maxsus yo’nalish – emotiologiya haqida ham fikrlar yoritib beriladi. Tezisda emotsional holatlarni ifodalashda qo’llaniladigan til birliklari va ularning tasnifi tegishli misollar yordamida tushuntiriladi. Ushbu tezisning asosiy maqsadi – turli xil emotiv birliklar va ularning o’ziga xosligini misollar yordamida o’rganishdan iborat. Kalit so’zlar: emotsiya, hissiyot, emotiologiya, ekpressivlik, emotivlik kategoriyasi, til birliklari, emotive leksema, emotive leksika. Annotation This thesis analyzes theories and research related to the expression of emotional states based on the opinions of linguists, studies various forms of expression of emotions in language. It also sheds light on the differences between the concepts of emotion and feeling and on a special direction - emotiology. The thesis explains the linguistic units used in the expression of emotional states and their classification using relevant examples. The aim of the thesis involves learning various emotive units and their distinctive features with the help of examples. Keywords: emotion, feeling, emotiology, expressiveness, emotive category, linguistic units, emotive lexeme, emotive lexicon. Insoniyat yaralibdiki, muloqot uning hayotidagi ajralmas ijtimoiy xususiyatlaridan biri bo’lib kelgan. So’zlovchilar doimiy muloqotni amalga oshirish jarayonida turli xil til birliklaridan foydalanadi. Bu muloqot jarayonlari og’zaki yoki yozma bo’lishidan qat’iy nazar, o’zida konteksga va so’zlovchiga xos bo’lgan emotsional xilma-xillikni ham namoyon etadi. Ya’ni nutqda nafaqat fikrlar almashinuvi sodir bo’ladi, balki hissiy ifodalar ham muloqot jarayonidagi qatnashuvchilarga tom ma’noda ta’sir ko’rsatadi. Tilshunoslik tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, emotsiyalarni til bilan bog’liq ravishda o’rganish maxsus yo’nalishni vujudga keltirgan. Shaxovskiy o’zining izlanishlari natijasida 103 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference emotsiyalarning tilshunoslikdagi tarixi va ahamiyati haqida shunday deydi: “Tilshunoslik emotsiyalar uning predmeti ekanligini kechroq anglab yetdi va u haqida yetarli bilimlar hajmi yo‘qligi sababli u uzoq vaqt davomida his-tuyg‘ular sohasidagi tadqiqotlarining asosiy yondashuvlarini shakllantirmadi. Ammo zamonaviy tilshunoslikda emotsiyalar bo'yicha tadqiqotning maxsus yo'nalishi – emotiologiya hissiyotlarning lingvistik mavjudligini o'rganishga qaratilgan nazariy yondashuvlar majmuasi sifatida paydo bo'ldi.”1 Shu o’rinda, biz hissiy va emotsional holatimizni ifodalashimiz qay tarzda namoyon bo’lishi, emotsiya va hissiyotning farqi hamda umumiy jihatlari haqidagi fikrlarga nazar tashlaymiz. Hissiyot jamiyat va o'z shaxsining o'zaro munosabati uchun ahamiyatli bo'lgan narsalarni aks ettirishdir. Emotsiya esa shaxs hayoti, faoliyati uchun foydali yoki zararli ta'sir qiluvchi va o'zining kelib chiqishi jihatidan shartsiz reflekslar (ovqatlanish, jinsiy va h.k.) bog'liq holda namoyon bo'ladigan «sodda hissiyotlar»dir.2 Bundan kelib chiqadiki, hissiyot sal kengrong ko’lamdagi munosabatni anglatsa, emotsiya ma’lum shartsiz reaksiyalar ta’sirida ko’zga tashlanadi. Demak, bu tushunchalar bir-biridan tubdan farq qiladigan, qarama-qarshi ma’nolarga ega tushunchalar emas. Psixologiya darsliklarida kishilarning emotsional tili va uni ifodalashi turli tarzda namoyon bo’lishi haqida ham firklar yuritilgan. Moslashish xarakteriga oid bo’lgan, ya'ni ovozning o’zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo’ladigan jarayonning qayta o’zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli harakatlar psixologiyada emotsional harakatlaming ekspressiv tomoni deb ataladi.3 Ya’ni tana tili orqali ham muloqot davomida insondagi hissiy holatlar, kechinmalar, javob tariqasida aks etuvchi munosabatni bemalol ko’rib tushuna olishimiz mumkin. Hissiy holatlarning ifodalanishi birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo’l, oyoq harakatlari), ikkinchidan organizmdagi turli hodisalarni, ya’ni ichki a'zolar faoliyatining va holatining o’zgarishida, uchinchidan, tabiatda, ya'ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o’zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo'ladigan o’zgarishlarni o’z tarkibiga oladi.4 Bu uchta holat ko’proq psixologik va biologik tasniflarga asoslanadi va emotsiyalarimizni namoyon etish siklini izohlaydi. Barchamizga ma’lumki, atrofimizdagi bo’layotgan voqea-hodisalarga bo’lgan munosabatimiz, muloqot jarayonidagi mavzu va fikrlarga bo’lgan reaksiyamiz tilshunoslik nuqtai nazaridan turli xil lingvistik birliklar orqali ham 1 Шаховский в.и. Лингвистическая теория эмоций. – М.: Гнозис, 2008. – 416 с. 2 Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti Toshkent – 2010 -221. 3

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezis emotsional holatlarni ifodalash bilan bog’liq nazariyalar va tadqiqotlarni tilshunos olimlarning fikrlari asosida tahlil qiladi, tilda emotsiyalarni ifodalashning turli xil ko’rinishlarini tadqiq etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezis emotsional holatlarni ifodalash bilan bog’liq nazariyalar va tadqiqotlarni tilshunos olimlarning fikrlari asosida tahlil qiladi, tilda emotsiyalarni ifodalashning turli xil ko’rinishlarini tadqiq etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
emotion, feeling, emotiology, expressiveness, emotive category, emotiologiya, til birliklari, emotive leksema, emotive leksika., emotivlik kategoriyasi, emotsiya, hissiyot, ekpressivlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники