К содержанию
РецензированоUZ2026

OVQAT HAZM QILISH SISTEMASIGA ISSIQ HARORATNING TA’SIRI

Muxtorova Zuhraxon Shuhratjon qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article shows the impact of the external environment on the human body using the example of the digestive system. Keywords: digestion, nutrients, absorption, mouth, mechanical digestion, chemical digestion, immune system Ovqat hazm qilish sistemasi – qabul qilingan oziq moddalarni organizmda kimyoviy va mexanik parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan birikmalarni organizm uchun energiya va qurilish materiali sifatida foydalanishidir. Ovqat hazm qilish sistemasi, oshqozon-ichak yo‘li, qizilo‘ngach, me’da, ingichka va yo‘g‘on ichaklardan iborat bo‘lib, naysimon tuzilishga ega, hazm tizmining bir qismini tashkil qiladi. Bu a’zolarda oziqli moddalar mexanik va kimyoviy ishlovdan o‘tadi va so‘riladi. Shuningdek, organizmning yashashi, o‘sishi va energetik ehtiyojlarini qondirish uchun muhim bo‘lgan moddalarni yetkazib berishdan iborat. Kimyoviy hazm- oziq moddalarni kimyoviy moddalar, fermentlar yordamida parchalanishi. Mexanik hazm – oziq moddalarning fizik yo‘llar ya’ni, chaynash orqali parchalanishi. Inson organizmida doimo tashqi muhit bilan bog‘liq holatda ishlaydi. Issiq iqlim yoki yuqori harorat inson organizmiga ko‘plab jihatdan ta’sir ko‘rsatadi. Shulardan biri ovqat hazm qilish sistemasidir. Issiq harorat ta’sirida inson organizmida bir qancha o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Bu o‘zgarishlardan, inson tanasi suvsizlanishi, ovqatga nisbatan, ishtahaning pasayishi, ichak mikroflorasinining o‘zgarishi kabi bir qancha belgilar kuzatiladi. Bu belgilarga kengroq fikr bildirsak. 116 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Yuqori harorat, quruq havo tanadagi ko‘pgina fiziologik-biokimyoviy jarayonlarni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bunday paytda ovqatlanishning qanday bo‘lishi kerakligi haqida to‘xtalganda dastavval, shuni qayd qilish lozimki, sanab o‘tilgan omillar ta’sida kishi ko‘p suv va u bilan birga mineral moddalar yo‘qotadi. Yuqori haroratda mehnat qiladigan odamlarning iste’mol taomlarini albatta mineral moddalar bilan boyitish kerak. Issiq iqlim sharoitida ko‘p terlash sababli faqat toza suv iste’mol qilish qilaverish bilan chanqoq bosilishi qiyin. Shuning uchun ko‘p suv ichishga to‘g‘ri keladi. Yana bu paytlarda ko‘proq sabzavotlar va mevalardan tayyorlangan salatlar iste’mol qilib, ularni sharbatlaridan ichib turilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Issiq haroratda suvsizlanish xavfi oshadi ya’ni tana issiqlangandan so‘ng u o‘z haroratini saqlash maqsadida suv bug‘lanish holatlari kuzatiladi. Suvning yetishmasligi ovqat hazm qilishni sekinlashtiradi. Me’da shirasi ishlab chiqarilishini pasaytiradi, ovqatga bo‘lgan ehtiyoj keskin yo‘qoladi. Ichaklar harakatchanligi sekinlashadi natijada oziq – ovqat to‘planishiga olib kelishi mumkin. Bu holat o‘z navbatida ich qotishi va boshqa hazm qilish muommolariga sabab bo‘ladi. Ichak mikroflorasini o‘zgarishi ya’ni yuqori haroratda bakteriyalar faoliyati kuchayadi, bu nafaqat tashqi muhitda balki ichki muhitda ham kuzatiladi. Ichakdagi foydali va zararli mikroorganizmlar nisbati buzilishi mumkin. Bu esa ich ketishi, ovqatga nisbatan allergik reaksiyalar kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Umuman olganda, issiq harorat sharoitida inson tanasi katta yuklama ostida ishlaydi. Shuning uchun issiq davrlarda ovqatlanish tartibini moslashtirish, gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish va organizm suv-elektrolit balansini doimiy nazoratda tutish ya’ni inson o‘z tana vazniga mos ravishda har kuni yetarli miqdorda suv ichib turishi kerak bo‘ladi. Ovqat hazm qilish sistemasining sog‘lom ishlashini ta’minlash uchun sharoitga mos ravishda ovqatlanish har bir odamning o‘z salomatligiga bo‘lgan mas’uliyatli munosabatini bildiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Normal fiziologiya: Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik/ O.T.Alyaviya. Sh.Q.Qodirov, A.N.Qodirov va boshq.; O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. –T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. –382 b. 2. “Mikrobiologiya, Immunologiya, Virusologiya”, “Yangi asr avlodi” NMM, 2006. –592 bet. 3. Ovqat ham qilish va ovqatlanish fiziologiyasi/ L.S.Kuchkarov, Sh.Q. Qurbonov. Toshkent: “Sano-standart” nashri 2013. –384 bet. 117 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 4. “Gistologiya, Sitologiya, Embrionologiya” Prof. Q.R.To‘xtaev tahriri ostida.Toshkent.2019. –760 bet. 5. http://www.uz.khanacademy.org 118

Доказательный фрагмент

«This article shows the impact of the external environment on the human body using the example of the digestive system.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article shows the impact of the external environment on the human body using the example of the digestive system. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
digestion, nutrients, absorption, mouth, mechanical digestion, og‘iz, kimyoviy hazm, sòrilish, immun tizimi., hazm qilish, oziq moddalar, mexanik hazm
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники