К содержанию
РецензированоRU2026

O‘NG O‘PKANING O‘RTA QISMIDA METASTAZLAR, 3-BOSQICH, YURAK-QON TOMIR. TIZIMI BILAN BOGʻLIQLIGI.

Boltaoxunova Dilxromon

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В данной статье рассматриваются метастазы в средней доле правого легкого на III стадии и их клиническая и физиологическая связь с сердечно-сосудистой системой. Анализируются последствия прогрессирования опухоли на этой стадии для функции сердца, кровообращения и гемодинамики. Отмечается важность своевременной диагностики и комплексного подхода к лечению для улучшения прогноза пациентов. Ключевые слова: рак лёгких, метастазы, правое лёгкое, сердечно-сосудистая система, стадия III, гемодинамика, взаимодействие сердца и лёгких 142 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference O‘pka saratoni bugungi kunda o‘limga olib keluvchi eng keng tarqalgan onkologik kasalliklardan biridir. Ayniqsa, o‘ng o‘pkaning o‘rta qismida joylashgan metastatik o‘sma hujayralari yurak va qon tomir tizimi bilan bevosita anatomik va funksional bog‘liqdir. Bu bosqichda o‘sma limfa tugunlariga, bronxial va qon tomir tuzilmalariga tarqalgan bo‘lishi mumkin. Ayniqsa 3- bosqichda yurak faoliyatining izdan chiqishi, yurak siqilishi (kompressiyasi) yoki perikardit kabi asoratlar paydo bo‘lish ehtimoli ortadi. Asosiy qism. O‘pka metastazlarining anatomik joylashuvi va bosqichlanishi. O‘ng o‘pkaning o‘rta bo‘lagiga chapda “til” bo‘lagi to‘g‘ri keladi. O‘pkalarning har bir bo‘lagida bosh bronx tarmog‘i hisoblangan alohida bronx bo‘lagi bo‘ladi. Bronx bo‘laklari o‘z navbatida segmentar bronxlarga bo‘linib, ularning har biri o‘pkaning tegishli bo‘limi bilan birga bronx-o‘pka segmenti nomini olgan segmentlarni hosil qiladi. Segment o‘z tashqi ko‘rinishi bo‘yicha asosi o‘pka periferiyasiga, cho‘qqisi esa o‘pka ildiziga qaragan piramida shaklini eslatadi. Insonda har bir o‘pka asosan o‘n segmentdan tashkil topgan bo‘ladi, bunda yuqori bo‘lakda 3 ta bronx-o‘pka segmenti, o‘rta bo‘lagida va chap o‘pkaning unga o‘xshash til qismida 2 ta segment, pastki bo‘lagida 5 ta (yuqori va 4 ta bazal) segmentlari bo‘ladi. Ikkala o‘pkaning pastki bo‘laklarida hamma hollarning deyarli yarmida qo‘shimcha segment uchraydi. O‘pkani segmentlarga bo‘linishi klinika uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki bunga qarab, bemorda patologik “o‘choq”ning qaerda joylashganini (lokalizatsiyasini) aniq topish va o‘pkani maqsadga muvofiq (tejamli, segmentar) rezektsiya qilish imkoniga ega bo‘lamiz. O‘ng o‘pka uchta bo‘lakdan iborat bo‘lib, uning o‘rta bo‘lagi orqa yurak devoriga yaqin joylashgan. Bu joylashuv yurak va o‘pka o‘rtasidagi anatomik aloqani kuchaytiradi. 3-bosqich o‘pka saratoni metastazlarning ko‘krak oralig‘idagi limfa tugunlariga, traxeobronxial tuzilmalarga va hatto yurak perikardiga tarqalganini bildiradi. Yurak-qon tomir tizimiga ta’siri. Metastatik o‘smalar yurak atrofidagi tomirlarga bosim o‘tkazib, qon aylanishining fiziologik muvozanatini buzadi. Yurakning o‘ng qorinchasiga yaqin joylashgan metastazlar yurakning qon haydovchi funksiyasini pasaytiradi. Bu esa yurak yetishmovchiligi, aritmiyalar, perikardial effuziya (yurak atrofida suyuqlik to‘planishi) holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Patofiziologik o‘zgarishlar. 143 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Metastazlar sababli o‘pka to‘qimalarining elastikligi kamayadi, ventilyatsiya va perfuziya o‘rtasidagi muvozanat buziladi. Qon yetkazilishi kamaygani sababli yurak ko‘proq ishlashga majbur bo‘ladi va bu yurak devorlarining qalinlashishiga, koronar qon aylanishining yetarli bo‘lmasligiga olib keladi. Klinik holatlar va diagnoz. 3-bosqichdagi bemorlarda quyidagi belgilar kuzatiladi: •Nafas qisishi va yurak urishining tezlashuvi •Ko‘krak sohasida og‘riq, ayniqsa jismoniy faollikdan so‘ng •Oyoq va oyoq panjasida shish (yurak bilan bog‘liq bo‘lgan venoz qaytish buzilishi) •Gemoptiziya (yo‘tal paytida qon chiqishi) •Elektrokardiogramma (EKG)da yurak faoliyatida o‘zgarishlar Bunday holatlarda kompyuter tomografiyasi (KT), magnit-rezonans tomografiyasi (MRT) va echokardiografiya yordamida aniq diagnoz qo‘yiladi. Shuningdek, qon tahlillari orqali yurak fermentlarining ortishi va o‘pka faoliyatining pasayganligi aniqlanadi. DAVOLASH YONDASHUVLARI. Yurak va o‘pka faoliyatining uzviy bog‘liqligi sababli davolash multidisiplinar yondashuvni talab qiladi: •Kimyoterapiya – metastazlarni nazorat qilish uchun •Radioterapiya – o‘smaga lokal ta’sir ko‘rsatish orqali yurakka bosimni kamaytirish •Kardioprotektor davo – yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlash •Kislorod terapiyasi va simptomatik davo – nafas yetishmovchiligi oldini olish Shuningdek, yurak atrofida suyuqlik to‘planganda perikard punksiya bajariladi. XULOSA. O‘pkaning o‘rta qismida metastazlar mavjud bo‘lgan 3-bosqich saraton holatlarida yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq asoratlar o‘ta xavfli hisoblanadi. Bu holatlar o‘z vaqtida aniqlanib, kompleks yondashuv asosida davolansa, bemorning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilash mumkin. Yurak va o‘pka o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda har bir bemorga individual tarzda davolash rejasi ishlab chiqilishi lozim. Foydalanilgan ad

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются метастазы в средней доле правого легкого на III стадии и их клиническая и физиологическая связь с сердечно-сосудистой системой.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются метастазы в средней доле правого легкого на III стадии и их клиническая и физиологическая связь с сердечно-сосудистой системой. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lung cancer, metastasis, right lung, cardiovascular system, stage III, o‘pka-gemodinamik bog‘liqlik, o‘pka saratoni, yurak, qon aylanishi, 3-bosqich, metastaz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники