К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MULOQOT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHININ G TIL MADANIYATI VA EMOTSIONAL NUTQNING ROLI

Kurbanova Santalat Nurmuxammedovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda o‘qituvchining til madaniyati va emotsional nutqining ahamiyati tahlil qilinadi. Hamda o‘qituvchi nutqining fonetik ifodasi, leksik boyligi, grammatik soddaligi va madaniy standartlarga mosligi bolalarning tilga bo‘lgan estetik munosabatini shakllantiruvchi omil sifatida ko‘riladi. Shuningdek, o‘qituvchining emotsional nutqi – ya’ni ohangdorlik, intonatsion urg‘u, pauza, mimika va ishonchli kommunikatsiya kabi paralingvistik vositalar bolalarda o‘z fikrini ifodalashga bo‘lgan psixologik tayyorgarlikni kuchaytiradi. Tezisda nutqiy namuna, emotsional xavfsizlik muhiti va o‘quvchilarning tilga daxldorligini oshirish yo‘nalishlarida mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar qarashlari asosida metodik tavsiyalar ham taqdim etildi. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, o‘qituvchi nutqi, til madaniyati, emotsional nutq, muloqot kompetensiyasi, paralingvistik vositalar, og‘zaki ifoda, ijtimoiy til muhit, estetik nutq tajribasi, intonatsion boylik. Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim tizimi shunchaki bilim berishga emas, balki o‘quvchi shaxsining ijtimoiylashuvi, nutqiy faolligi va muloqot kompetensiyasini shakllantirishga yo‘naltirilmoqda. Ayni paytda o‘quvchilarda o‘z fikrini erkin va madaniyatli ifoda eta olish, muloqotga ochiqlik, faol tinglash va suhbatdoshga nisbatan ijobiy munosabat bildirish kabi ko‘nikmalar hayotiy zaruratga aylanmoqda. Biroq amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy faolligi, ijtimoiy muloqotdagi ishtiroki ko‘plab omillar ta’sirida yetarlicha shakllanmayapti. Ushbu muammoning markazida o‘qituvchi nutqining sifati — ya’ni uning til madaniyati va emotsional ifoda vositalaridan foydalanish mahorati turadi. O‘qituvchining lingvistik jihatdan toza, fonetik jihatdan ohangdor va emotsional jihatdan iliq nutqi sinfda sog‘lom psixologik iqlim yaratish, o‘quvchilarni faol muloqotga jalb qilish va ularning og‘zaki nutq tajribasini boyitishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Bu jihatlar, ayniqsa, hozirgi shiddatli kommunikatsiya 5 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference asrida, bola shaxsining ijtimoiy moslashuvi va axborot madaniyatiga integratsiyalashuvida muhim pedagogik resurs bo‘lib xizmat qiladi. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning muloqot kompetensiyasini shakllantirish jarayoni bir qator psixopedagogik va lingvistik omillar bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayonda o‘qituvchi nutqining sifat jihatlari — ayniqsa uning til madaniyati va emotsional ifoda vositalari muhim o‘rin egallaydi. O‘qituvchining dars davomida ishlatgan har bir so‘zi, ifoda tarzi, ovoz ohangi, intonatsiyasi, pauza va mimikasi bolada muloqotga kirishish ehtiyojini shakllantiruvchi omilga aylanadi. Soha mutaxassislari ta’biri bilan aytganda, “o‘qituvchi nutqi — bu o‘quvchi uchun tilni eshitish, tushunish va uni o‘zlashtirish uchun asosiy, hatto yagona modeldir”. O‘qituvchi nutqi orqali o‘quvchi nafaqat yangi so‘zlar va iboralarni o‘rganadi, balki ularni qanday ohangda, qanday vaziyatda va qanday emotsional kayfiyat bilan qo‘llashni ham bilib oladi. Bu esa muloqot kompetensiyasining semantik, pragmatik va emotsional komponentlarining uyg‘un shakllanishiga xizmat qiladi. Shuningdek, V.A.Sukhomlinskiy o‘z pedagogik qarashlarida o‘qituvchining har bir nutqiy harakatini bolaga qaratilgan mehrli muloqot deb baholaydi va uni “shaxsiy yondashuvning og‘zaki ko‘rinishi” sifatida talqin etadi. Unga ko‘ra, o‘quvchining o‘z fikrini aytishga bo‘lgan ishtiyoqi o‘qituvchi nutqining iliqligi, ishonch uyg‘otishi va rag‘batlantiruvchi xususiyatiga bog‘liq. Xorijiy manbalarda ham bu jihatlar keng yoritilgan. Masalan, «Common European Framework of Reference for Languages (CEFR)»da til o‘rganishda emotsional-muloqot muhitining o‘rni alohida ta’kidlanadi. Unda o‘qituvchining roli faqat bilim beruvchi emas, balki til muhitini tashkil qiluvchi va muloqotga kirishishni rag‘batlantiruvchi subyekt sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, J.Richards va T.Rodgers o‘zlarining “Approaches and Methods in Language Teaching” asarida muloqot kompetensiyasini rivojlantirish uchun o‘qituvchining intonatsion boy nutqi, mimik ifodasi va bevosita shaxsiy aloqasi talab etilishini qayd etadilar. Amaliy kuzatuvlar natijasida ham shuni ko‘rish mumkinki, o‘z nutqida soddalik, ohangdorlik, izchil mantiqiylik va emotsional yaqinlikni mujassam etgan o‘qituvchilar sinflarida o‘quvchilarning og‘zaki nutq faolligi ancha yuqori 6 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference bo‘ladi. Bunday muhitda bolalar o‘zlarini erkin his qiladi, fikrini aytishdan cho‘chimaydi va o‘zaro ijtimoiy muloqotga faol kirishadi. O‘qituvchining til madaniyati — bu nafaqat grammatik to‘g‘rilik, balki estetik ohang, so‘z tanlashdagi aniqlik, mazmuniy to‘liqlik, nutqiy intizom va didaktik soddalikdir. Bu jihatlar ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchisida tilga bo‘lgan estetik munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi. Emotsional

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda o‘qituvchining til madaniyati va emotsional nutqining ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda o‘qituvchining til madaniyati va emotsional nutqining ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
intonatsion boylik., og‘zaki ifoda, ijtimoiy til muhit, o‘qituvchi nutqi, til madaniyati, muloqot kompetensiyasi, estetik nutq tajribasi, paralingvistik vositalar, emotsional nutq, boshlang‘ich ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники