К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARNING FILIALLAR TARMOG‘I FAOLIYATINI SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘NALISHLARI

Boboniyazov Sardor Ro‘zmatovich · O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi

Академические исследования в современной науке · 45–52 · 2026

Аннотация

This scientific thesis analyzes the issues of increasing the efficiency of the branch network of commercial banks of the Republic of Uzbekistan. The branch network plays an important role in the timely and efficient provision of financial services to the population. However, despite the increasing number of branches, there are a number of problems in terms of their territorial distribution, service quality and technological level. During the study, these problems were analyzed in depth and proposals were developed to eliminate them, in particular, such as digitization, staff training, specialization of branches and strengthening of efficiency monitoring. These proposals contribute to the sustainable development of the banking system and the wide provision of financial services. Keywords: Commercial bank, branch network, territorial distribution, financial services, banking infrastructure, digitization, service quality, efficiency, banking strategy, territorial development, customer service, human resources, technological innovations, bank transformation, specialized branches. 56 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Tahlil va natijalar O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarining hududiy filiallar tarmog‘i bank tizimining aholiga yaqin bo‘lishini, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshirishni ta’minlovchi asosiy infratuzilma elementi hisoblanadi. Aholi bandligi va iqtisodiy faolligi ortib borayotgan bir paytda bank xizmatlariga bo‘lgan talab ham keskin o‘smoqda. Shu sababli filiallar tarmog‘ining holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish dolzarb vazifa sanaladi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, so‘nggi besh yillikda O‘zbekiston bank sektorida faoliyat yuritayotgan filiallar soni ortgan. Xususan, 2019-yildan 2024- yilga qadar filiallar umumiy soni 12% ga ko‘paygan. Bu o‘sish iqtisodiy faollik yuqori bo‘lgan hududlarda sodir bo‘lgan bo‘lib, Toshkent shahri, Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatlari bu borada yetakchilik qilmoqda. Biroq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida filiallar soni pastligicha qolmoqda. Bu esa hududlar o‘rtasidagi moliyaviy xizmatlarga kirish imkoniyatida nomutanosiblikni yuzaga keltirmoqda. Bundan tashqari, ko‘plab filiallar zamonaviy raqamli infratuzilmaga ega emas. Ayrim joylarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari hanuz qo‘lda yoki yarim avtomatlashtirilgan shaklda amalga oshirilmoqda. Bu holat xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xodimlar salohiyatiga doir tahlillar esa filiallarda malakali mutaxassislar yetishmasligini ko‘rsatmoqda. Bu esa mijozlar bilan to‘g‘ri ishlash, murakkab bank mahsulotlarini tushuntirish va ilg‘or xizmatlarni joriy qilishda to‘siq bo‘layapti. O‘tkazilgan so‘rovnomalar shuni ko‘rsatdiki, mijozlarning 38 foizi bank filiallarida xizmat sifati va tezligidan norozi ekanligini bildirgan. Filiallar rentabelligi ham har doim ijobiy bo‘lmayapti. O‘zbekiston Markaziy bankining 2023-yilgi tahliliy ma’lumotlariga ko‘ra, tijorat banklarining mavjud filiallarining 23 foizi iqtisodiy jihatdan zarar bilan ishlayotgan bo‘lib, bu filiallarning faoliyati qayta ko‘rib chiqilishini talab etmoqda. Bunday filiallar, asosan, aholisi zich bo‘lmagan va iqtisodiy faolligi past hududlarda joylashgan. Biroq ayrim banklar muvaffaqiyatli tajribalarni joriy qilmoqda. Masalan, “Ipoteka-bank” va “Hamkorbank” kabi moliya muassasalari o‘z filiallarini raqamlashtirish, mijozlarga o‘ziga xos xizmatlar ko‘rsatish hamda mobil xizmatlarni kengaytirish orqali filiallarning rentabelligini oshirishga erishgan. Shuningdek, filiallarning ixtisoslashuvi ham muhim omil sifatida ko‘rilmoqda. Ya’ni, har bir filial umumiy xizmatlar emas, balki ma’lum yo‘nalishlarga (masalan, chakana kreditlar, kichik biznes, agrobank xizmatlari) 57 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ixtisoslashgan holda xizmat ko‘rsatsa, resurslardan foydalanish samaradorligi oshadi. Ayni paytda bunday yondashuv O‘zbekiston bozorida hali keng joriy etilmagan bo‘lsa-da, xalqaro tajriba asosida bu yo‘nalishda rivojlanish imkoniyati mavjud. Tahlillar asosida quyidagi asosiy natijalarga kelindi: 1. Filiallar sonining o‘sishi ijobiy tendensiya bo‘lishiga qaramay, hududiy nomutanosiblik mavjud. 2. Zamonaviy texnologiyalar yetarlicha joriy etilmagan, bu esa xizmat ko‘rsatish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 3. Kadrlar salohiyati past bo‘lib, bu filiallarning mijozlarga individual yondashuvini cheklamoqda. 4. Filiallar ixtisoslashuvi va raqamli xizmatlar keng joriy qilinmagani uchun ko‘pchilik filiallar past rentabellikda ishlamoqda. 5. Muvaffaqiyatli bank tajribalarini tizimli asosda ommalashtirish samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi mumkin. Ushbu natijalar asosida tijorat banklari filiallarining faoliyat samaradorligini oshirish uchun strategik yondashuvlar ishlab chiqish zarur. Bu esa butun bank tizimining hu

Доказательный фрагмент

«This scientific thesis analyzes the issues of increasing the efficiency of the branch network of commercial banks of the Republic of Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific thesis analyzes the issues of increasing the efficiency of the branch network of commercial banks of the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Commercial bank, branch network, territorial distribution, hududiy taqsimot, ixtisoslashgan filiallar., raqamlashtirish, bank strategiyasi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, texnologik innovatsiyalar, hududiy rivojlanish, samaradorlik, kadrlar salohiyati, moliyaviy xizmatlar, bank transformatsiyasi, xizmat sifati, filiallar tarmog‘i, bank infratuzilmasi, Tijorat banki
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники