К содержанию
РецензированоUZ2026

YURAK-QON TOMIR KASALLIKLAR TASNIFI

Xislatova Muqaddas

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining tasnifi, ularning asosiy shakllari, rivojlanish sabablari va epidemiologik ahamiyati, ularning davolanish xususiyatlari, ularni davolovchi dori preparatlari, hozirgi zamonda yurak-qon tomir kasalliklarini zamonaviy yo‘l bilan davolash yo‘llari yoritib berilgan. Ayniqsa, ishemiya kasalligi, arterial gipertoniya, yurak yetishmovchiligi, aritmiyalar va qon tomirlar aterosklerozining klinik va patofiziologik xususiyatlari batafsil ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zi: Yurak-qon tomir tizimi, ishemiya kasalligi, arterial gipertoniya, gipotoniya, yurak yetishmovchiligi, aritmiya, ateroskleroz, miokard infarkti, kardiomiopatiya. Yurak-qon tomir kasalliklari (yurak va qon aylanish kasalliklari deb ham ataladi) yurak xuruji, ko'krak qafasidagi og'riqlar (stenokardiya) yoki insultga olib kelishi mumkin bo'lgan tiqilib qolgan yoki bloklangan qon tomirlari bilan bog'liq kasalliklar sinfini anglatadi. Yurak va qon tomir kasalliklari hozirgi kunda eng ko‘p uchraydigan va xavfli hisoblangan kasalliklardan biridir. Bu turdagi kasalliklar yurakning normal ishlashiga, qon aylanishiga va butun organizm faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Odatda, ishemiya kasalligi, arterial gipertoniya, yurak yetishmovchiligi kabi holatlar ko‘p uchraydi va vaqtida davolanmasa, og‘ir asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, yurak mushaklari, klapanlari yoki ritmiga ta'sir qiladigan ba'zi yurak kasalliklari ham yurak kasalligi shakllari hisoblanadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, yurak-qon tomir kasalliklari dunyoda o'limning asosiy sababidir.Bu kasalliklar nafaqat rivojlangan mamlakatlarda, balki rivojlanayotgan hududlarda ham yuqori uchrashuv tezligiga ega bo‘lib, mehnatga layoqatli aholi salomatligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda yurak-qon tomir kasalliklarining turlari ko‘p bo‘lib, ularni to‘g‘ri tasniflash (ya’ni guruhlarga ajratish) shifokorlar uchun juda muhim hisoblanadi. Bu nafaqat to‘g‘ri tashxis qo‘yishga, balki davolashda ham yordam beradi. Asosiy: Yurak-qon tomir tizimi inson organizmidagi eng muhim tizimlardan biridir. Yurak qon haydaydi, qon tomirlar esa bu qonni butun tana bo‘ylab yetkazib beradi. Bu tizim orqali kislorod, oziq moddalar, gormonlar va 64 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference boshqa zaruriy moddalarning organ va to‘qimalarga yetkazilishi ta’minlanadi. Agar bu tizimda biror buzilish yuz bersa, butun organizm faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Yurak-qon tomir kasalliklarining sabablari: yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqishiga bir qancha omillar sabab bo‘ladi. Eng ko‘p uchraydigan sabablarga quyidagilar kiradi: Noto‘g‘ri ovqatlanish (yog‘li, sho‘r, xolesterinli taomlar) Kam harakatli hayot tarzi Chekish va spirtli ichimliklar Surunkali stress Irsi moyillik Qandli diabet Yuqori qon bosimi (gipertoniya) Yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy turlari: yurak-qon tomir kasalliklari turlicha bo‘ladi. Ularni turli belgilariga qarab tasniflash mumkin: kelib chiqish sababi, klinik ko‘rinishi, og‘irlik darajasi va asoratlariga qarab. Quyida eng ko‘p uchraydigan turlar keltirilgan: Yurakning ishemik kasalligi — yurak-tomir sistemasining keng tarqalgan kasalligi; miokard ishemiyasi qon aylanishining buzilishi bilan kechadi. Yurakning ishemik kasalligiga, asosan, koronar tomir arteriyalari aterosklerozi natijasida yurak muskullarida qon aylanishi va kislarod yetishmay qolishi tufayli yurakning qonga yolchimasligi sabab boʻladi. Yurakning ishemik kasalligiga stenogkardiya, miokard infarkti, infarktdan keyingi kardioskleroz, aritmik tur va yurak yetishmovchiligi kiradi. Yurakning ishemik kasalligi muntazam rivojlanib boruvchi ogʻir yurak xastaligi hisoblanadi. Yosh ulgʻaygan sari kasallik uchrashi koʻpayadi. Yurak ishimik kasali klinik jihatdan bir xilda kechmay, dam zoʻrayib, dam bosilib turadi. Koʻpincha Yurakning ishemik kasalligi zimdan kechib, bemor oʻzining shunday xavfli kasallikka chalinganini bilmay, shifokorga murojaat qilmay yuradi. Odatda, Yurakning ishemik kasalligining dastlabki klinik belgilaridan biri — zoʻriqish stenokardiyasi xuruji boʻlib, jismoniy ish bajarilganda roʻy beradi. Keyinchalik kasallik uzoq davom etishi, hatto yillab choʻzilishi mumkin. Koʻpincha zoʻriqish stenokardiyasiga birmuncha vaqtdan keyin tinch holatda ham kuzatiladigan tinch holat stenokardiyasi hurujlari qoʻshilishi mumkin. Yurak ishimik kasalligining kelib chiqishi va rivojlanishiga kishilarning yoshi, kasallikka irsiy moyillik, gipertoniya kasalligi, qandli diabet, semirib ketish, ichkilikka ruju qilish, kashandalik, kam harakat (gipodinamiya), jismoniy 65 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference hamda ruhiy zoʻriqish va boshqalar sabab boʻladi. Kashandalar oʻrtasida Yurakning ishemik kasalligik.ning nisbatan koʻp uchrashi kuzatilgan. Gipertoniya – Arterial qon bosimining ko’tarilishin bilan namoyon bo’ladi, jumladan sistolik qon bosim 140mm simob

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining tasnifi, ularning asosiy shakllari, rivojlanish sabablari va epidemiologik ahamiyati, ularning davolanish xususiyatlari, ularni davolovchi dori preparatlari, hozi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining tasnifi, ularning asosiy shakllari, rivojlanish sabablari va epidemiologik ahamiyati, ularning davolanish xususiyatlari, ularni davolovchi dori preparatlari, hozi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gipotoniya, ateroskleroz, miokard infarkti, ishemiya kasalligi, kardiomiopatiya., Yurak-qon tomir tizimi, yurak yetishmovchiligi, aritmiya, arterial gipertoniya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники