К содержанию
РецензированоUZ2026

UMUMIY ANESTEZIYA FONIDA MEXANIK SHIKASTLANGAN YURAK TO‘QIMASINING MORFOLOGIK O‘ZGARISHLARI: TAJRIBAVIY TAHLIL

TAJRIBAVIY TAHLIL · Turniyozov Azamat Askarovich

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu eksperimental tadqiqotda umumiy anesteziya (azot oksidi – N₂O) sharoitida mexanik shikastlangan kalamush yuragi to‘qimasidagi morfologik o‘zgarishlar o‘rganildi. Morfologik tahlil natijalariga ko‘ra, kardiomiotsitlarda distrofik o‘zgarishlar, kariolizis, sitolizis, o‘choqli nekrozlar, interstitsial shish, venoz dimlanish va leykotsitar infiltratsiyalar aniqlangan. Ushbu o‘zgarishlar yurak faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lib, ular anesteziya ta’sirini baholashda muhim ko‘rsatkichlardir. Tadqiqot natijalari klinik amaliyotda yurak asoratlarini erta aniqlash va oldini olishda ahamiyatlidir. Kalit so‘zlar: yurak, morfologik o‘zgarish, umumiy anesteziya, N₂O, mexanik shikast, eksperiment. Materiallar va usullar Tadqiqot Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida olib borildi. Eksperiment uchun 30 ta 9 oylik, 200–250 g og‘irlikdagi sog‘lom, oq zotsiz kalamushlar tanlab olindi. Hayvonlar tasodifiy usulda ikkita guruhga bo‘lindi. Birinchi nazorat guruhi (n=10) umumiy anesteziyaga uchratilmagan, ya’ni fiziologik holatdagi kalamushlardan iborat bo‘ldi. Ikkinchi, eksperimental guruh (n=20) a’zolari o‘ng orqa oyoq mushak to‘qimasiga mo‘ljallangan zarba orqali mexanik shikastlantirildi, shundan so‘ng ularga azot oksidi (N₂O) bilan 120 daqiqa davomida umumiy anesteziya qo‘llandi. Tajriba sharoitida kalamushlar hayvonlarga nisbatan shafqatsizliksiz, bioxavfsizlik qoidalariga to‘liq amal qilingan holda dekapitatsiya qilindi. Olingan yurak to‘qimalari tezda fiksatsiya qilinib, gistologik tahlil uchun tayyorlandi. Gematoksilin-eozin, Van Gizon va toluidin ko‘ki bo‘yoqlari yordamida bo‘yash ishlari bajarildi. Mikroskopik kuzatuvlar yorug‘lik mikroskopida amalga oshirildi. Morfometrik tahlillar DN-107T/Model NLSD-307B mikrometri orqali olib borilib, kardiomiotsitlarning diametri yurakning o‘ng va chap bo‘lmacha hamda o‘ng va chap qorinchalari bo‘yicha aniqlashtirildi. Har bir preparatdan o‘rtacha 20-25 ta hujayra o‘lchovga olindi. Olingan natijalar matematik-statistik usullar bilan tahlil qilindi. 82 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Natijalar Nazorat guruhidagi kalamush yuragi anatomik va gistologik jihatdan me’yor holatida bo‘lib, kardiomiotsitlar muntazam joylashgan, yadro-sitoplazma tuzilmalari aniq, interstitsial sohada shish, yallig‘lanish yoki fibroz belgilarisiz kuzatildi. Venoz va arteriol tomirlar diametri fiziologik darajada bo‘lgan. Eksperimental guruhdagi kalamush yuraklarida esa turli patomorfologik o‘zgarishlar aniqlandi. Xususan, kardiomiotsitlar ko‘paygan diametri, sitoplazmada vakuollanish, kariolizis va sitolizis belgilari, interstitsial shish va kollagen tolalar miqdorining ortishi kuzatildi. Shuningdek, yurak mushaklarida eozinofil va neytrofil granulotsitlardan iborat diffuz va o‘choqli infiltratsiyalar, venoz qon tomirlarida eritrotsitar dimlanish, gemasideroz belgilari va arteriya devorlarida arteriosklerotik o‘zgarishlar aniqlandi. Mikromorfometrik tahlil natijalariga ko‘ra, nazorat guruhiga nisbatan kardiomiotsit diametri: o‘ng bo‘lmachada 6,89%, chap bo‘lmachada 3,4%, o‘ng qorinchada 10,25%, chap qorinchada 3,63% ga ortgan. Nazorat guruhi oq kalamushlar yuragi ichi bo‘sh muskulli organ bo‘lib, qonni haydovchi nasos vazifasini bajaruvchi asosiy a’zodir. Yurak oldingi ko‘ks oralig‘ida assimetrik tarzda joylashgan bo‘lib, uning ko‘proq qismi o‘rta chiziqning chap tomonida joylashgan. Yurak oldingi yuzasining katta qismi o‘pka bilan qoplangan, uning old qirralari ikkala plevraning tegishli qismlari bilan birgalikda yurak oldingi tomonidan o‘tib, uni oldingi ko‘krak devoridan ajratib turadi. Bundan mustasno holda yurakning old yuzasi perikard orqali to‘sh suyagi V va VI qovurg‘alarning tog‘ayiga tutashgan. Yurakning chegaralari ko‘krak devoriga quyidagicha proeksiyalanadi: Yurakning yuqori chegarasi III qovurg‘a tog‘ayining yuqori qirrasi sohasida bo‘lib, o‘ng chegarasi esa III qovurg‘adan V qovurg‘a sathigacha to‘sh suyagining o‘ng chetidan 2-3 sm o‘ng tomonga o‘tadi. Pastki chegarasi esa ko‘ndalang ravishda V qovurg‘a tog‘ayi va chapdan III qovurg‘a tog‘ayidan yurak cho‘qqisiga qadar davom etadi. Morfologik tekshiruvda yurakning ikkala bo‘lmachasi va qorinchasi miokardida metabolik, nekrobiotik o‘zgarishlar aniqlanmadi. O‘ng qorincha va chap qorincha miokardida mushak tolalari bo‘lmachalarga nisbatan zichroq joylashganligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Nazorat guruhining 9 oylik kalamushlarida yuragining organometrik parametrlarining dinamikasi quyidagicha edi: kuzatish davrida tana vazni ko‘payganligi sababli yuragining o‘rganilgan organometrik parametrlari ham oshdi. 83 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference O‘tkazilgan gistomorfometrik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kuzatuv davrida nazorat guruhining 9 oylik kalamushlari umumiy 235,92 gr dan 246 gr gacha, o‘rtacha 239,84±1,11 g ni, yurak obsalyut massasi 783,98 mg dan 800,5 mg gacha, o‘rtacha 792,32±1,91 mg ni, 1 g tana massas

Доказательный фрагмент

«Ushbu eksperimental tadqiqotda umumiy anesteziya (azot oksidi – N₂O) sharoitida mexanik shikastlangan kalamush yuragi to‘qimasidagi morfologik o‘zgarishlar o‘rganildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu eksperimental tadqiqotda umumiy anesteziya (azot oksidi – N₂O) sharoitida mexanik shikastlangan kalamush yuragi to‘qimasidagi morfologik o‘zgarishlar o‘rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
morfologik o‘zgarish, mexanik shikast, N₂O, yurak, eksperiment., umumiy anesteziya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники