К содержанию
РецензированоUZ2026

QO‘ZI DAVLAT ASARLARIDA MA’NO KO‘CHISH USULLARI

Dildora Jumaniyozova

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Qo‘zi Davlatning nasriy asarlarida sinonimlardan foydalanishning badiiy-uslubiy jihatlari tahlil qilingan. Muallifning til boyligi va ifoda mahorati aynan sinonimik vositalar orqali qanday namoyon bo‘lishi, sinonimlarning obraz yaratish, emotsional holatlarni ifodalash, til musiqiyligini ta’minlash hamda mualliflik pozitsiyasini yetkazishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, uslubiy sinonimlar, xalqona va adabiy til uyg‘unligi hamda semantik nozikliklar asosida sinonimlarning badiiy qiymati tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: sinonim, nasriy asar, badiiy til, uslub, stilistika, sinonimik qator, obrazlilik, emotsional ta’sir, adabiy leksika. Adabiy tilning boyligi, obrazlilik darajasi va badiiy ifoda imkoniyatlari, avvalo, leksik vositalarning mohirona qo‘llanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Xususan, sinonimlar — ya'ni mazmuni yaqin, lekin shaklan farq qiluvchi so‘zlar — badiiy matnning emotsional va estetik ta’sirini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Har bir yozuvchi o‘z uslubiga xos tarzda sinonimlardan foydalanadi, bu esa uning badiiy tafakkuri va til madaniyatining o‘ziga xosligini aks ettiradi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida o‘z ovozi va badiiy dunyoqarashi bilan ajralib turadigan ijodkorlardan biri — Qo‘zi Davlatdir. Uning nasriy asarlari real voqelikni teran falsafiylik bilan qamrab olish, ijtimoiy va axloqiy muammolarni chuqur tahlil etish, obraz va tafakkur uyg‘unligini ifodalashda o‘ziga xos uslubga ega. Aynan shu asarlarida sinonimlardan foydalanish muallifning til boyligi va stilistik mahoratini namoyon etadi. Qo‘zi Davlat sinonimlarni faqatgina so‘z boyligi sifatida emas, balki xarakterlar, holatlar va muhitni tasvirlashda, hamda ichki kechinmalarni yetkazishda badiiy vosita sifatida ishlatadi. Sinonimlar — adabiy tilning ifoda boyligini ta'minlovchi muhim leksik vositalardan biridir. Ular yordamida yozuvchi tasvirda rang-baranglik, emotsional ohang, uslubiy tiniqlik va individual obraz yaratishga erishadi.1 Qo‘zi Davlatning nasriy asarlarida sinonimlardan foydalanish adibning badiiy mahorati va til imkoniyatlaridan mohirona foydalana olishini yaqqol ko‘rsatadi. Qo‘zi Davlat asarlarida personajlarning ruhiy holatini, xarakterini, ularning ichki kechinmalarini tasvirlashda sinonimlardan keng foydalanadi. Masalan, “ko‘z yosh to‘kdi”, “yig‘ladi”, “ho‘ngrab yubordi”, “ko‘zlari nam tortdi” kabi bir ma’noga yaqin bo‘lgan, ammo stilistik rang-baranglik kasb etgan so‘zlar orqali obrazning emotsional holati yanada teranroq ochib beriladi. Bu esa o‘quvchida personaj kechinmalarini chuqur his qilishga zamin yaratadi. Qo‘zi Davlat turli holatlar va ijtimoiy kontekstlarga mos sinonimlardan foydalanadi. Masalan, “ketdi”, “yo‘l oldi”, “izsiz yo‘qoldi”, “ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi” kabi so‘zlar bir harakatni anglatgani holda, ularning ishlatilishidagi uslubiy noziklik matn ohangini, muhit kayfiyatini belgilaydi. Muallif og‘ir sahnalarda kuchli ta’sirli sinonimlarni tanlab, o‘quvchining ruhiy ta’sirlanishiga erishadi.2 Qo‘zi Davlat til ritmiga, ohangdorligiga katta e’tibor qaratadi. Shu bois, sinonimlardan foydalanishda ularning fonetik uyg‘unligi, tovush ohangiga mosligi ham inobatga olinadi. 1 Алехина А.И. Семантические группы в фразеологии современного английского языка. – М., 1977. 2 Ro‘zimboyev S., Manquliyeva M. Qo‘zi Davlat. Urganch.: “Ogahiy” nashriyoti.2021. 69 Ayniqsa, ta’sirli nutqiy parchalarda yoki ichki monologlarda sinonimlar takroriylik va so‘z uyg‘unligi orqali badiiy ritmni ta’minlaydi. Masalan: “U kutdi, intizor bo‘ldi, sog‘indi, yana kutdi…” Bu takrorlanuvchi sinonimlar nafaqat obrazning holatini ko‘rsatadi, balki matnga musiqiy ohang bag‘ishlaydi. Qo‘zi Davlat o‘z asarlarida adabiy til bilan birga xalqona so‘z boyligidan ham samarali foydalanadi. Bu uslubiy yondashuvda sinonimlar alohida rol o‘ynaydi. Masalan, “ochiq gapirdi”, “dilini to‘kdi”, “ko‘nglini bo‘shatdi” kabi iboralar bir ma’noni anglatsa-da, ularning ishlatilishi qahramonning ijtimoiy maqomi, ta’lim darajasi yoki muhitga mos shaklda tanlanadi. Ko‘plab holatlarda sinonimlar muallifning ijtimoiy qarashi, nuqtai nazari yoki kinoyali munosabatini bildiradi. Ayniqsa, ijtimoiy tanqid, kinoya yoki falsafiy mulohazalarda sinonimlar orqali ma’no soyaboni yaratiladi. Masalan, “rahbar”, “boshliq”, “tepadagi odam”, “hokim”, “katta” kabi sinonimlar bir shaxsga ishora qilsa-da, ularning tanlanishi orqali muallif o‘z munosabatini nozik ifoda qiladi — ba’zida tanqid, ba’zida kinoya, ba’zida hurmat. Qo‘zi Davlatning nasriy asarlarida sinonimlar — badiiy ifoda vositasi sifatida — muhim uslubiy yukni o‘z zimmasiga oladi. Ular orqali adib obrazlarni jonlantiradi, emotsional holatlarni teran tasvirlaydi, voqea-hodisalarni turfa ohangda bayon etadi. Sinonimlardan mohirona foydalanish muallifga matnga stilistik rang-baranglik berish, qahramonning ichki kechinmalari va ijtimoiy munosabatlarini chuqur ochib berish imkonini yaratadi. Qo‘zi Davlat sinonimlarni faqatgina so‘z boyligi sifatida emas, balki badiiy ma’no yuki va semantik noziklik vositasi s

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Qo‘zi Davlatning nasriy asarlarida sinonimlardan foydalanishning badiiy-uslubiy jihatlari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Qo‘zi Davlatning nasriy asarlarida sinonimlardan foydalanishning badiiy-uslubiy jihatlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zamonaviy she’riyat., epitet, personifikatsiya, trop, poetik til, metafora, obrazlilik, sinekdoxa, badiiy tasvir, metonimiya, ma’no ko‘chish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники