Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
JADIDLAR MEROSI: ZAMONAVIY TARAQQIYOT UCHUN ILHOM MANBAI
Sanaqulova Lobar Hamidullo qizi
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda tashkil etilganligi, Turkiston jadidchiligi, yangi usul maktablarining ochilishi va jadidlar tashkil etilgan shirkatlar va ularning g’oya va maqsadlari haqida gap boradi. Jadidlarning umumiy merosi, ular qoldirgan maktab ta’lim tizimi va bugundagi islohotlar zamirida poydevor bo’lishgani haqida aytib o’tiladi. Kalit so’zlar: Jadidchilik, me’ros, taraqqiyot, shirkat, maktab, mustaqillik, ma’rifat, Kirish: O‘zbek xalqining ma’naviy-ma’rifiy tarixida jadidchilik harakati alohida o‘rin tutadi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllangan bu harakat, zamonasi uchun o‘ta ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan bo‘lib, milliy uyg‘onish, zamonaviy ta’lim, ayollar huquqlari, va ijtimoiy islohotlar kabi masalalarda hal qiluvchi rol o‘ynagan. Bugungi kunda esa jadidlar qoldirgan ma’naviy va ma’rifiy meros zamonaviy taraqqiyot yo‘lida biz uchun muhim ilhom manbaidir. Jadidchilik harakati — XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan ijtimoiy-ma’naviy va madaniy islohotlar harakati bo‘lib, uning asosiy maqsadi xalqni ilm-fan, zamonaviy bilimlar, milliy o‘zlik va taraqqiyot yo‘liga yetaklash edi. Ushbu harakat vakillari – jadidlar – millat kelajagi uchun ta’lim-tarbiya, ma’rifat, matbuot, teatr, adabiyot kabi sohalarni modernizatsiya qilish orqali jamiyatni uyg‘otishga intildilar.Jadidchilik merosi jahon miqiyosida,Yevropa,Fransiya va Turkuston o’lkalarida isloh qilingan. Fransiya jadidlaridan Volter,Russo,Didro kabilar erkinlik,ilm-fan va inson huquqlari g’oyalarini ilgari surgan.Ularning me’rosi Turkiston jadidlariga kuchli ta’sir ko’rsatgan.Yevropada ,,Jadidchilik oqimi” bo’lmagan bo’lsa-da,Yevropada marifatparvarligi,ilmiy taraqiyoti va milliy uyg’onish harakatlari jadidchilikning shakllanishiga asos bo’ldi.Bu oqimlar Turkiston jadidlariga ilhom manbai bo’ldi. Asosiy qism: Jadidchilik- bu nafaqat Turkiston,balki butun musulmon sharqida milliy uyg’onish,ma’rifat va ijtimoiy islohotlar harakatning ramziga aylangan tarixiy hodisadir.Uning merosi bugungi kunda ham dolzarbligini yo’qotmagan. Jadidchilik dastlab XIX asrning 80- yillarida Qrimda Ismoil G’aspirali rahbarligida vujudga kelgan.Shu ondan boshlab butun Turkistonda jadidchilik oqimi tarqalgan .Turkiston mintaqasida jadidchilik harakati tarqalish joyiga ko’ra uchga bo’linadi: -Turkiston jadidchiligi -Buxoro jadidchiligi -Xiva jadidchiligi Turkiston o’lkasidagi jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qiladi.Buxoro jadidchilik harakatiga Ikrom domla rahbarligidagi taraqiyparvarlar tashkil etgan.”Buxoroi sharif shirkati” tuzilib,darsliklar nashr etish va kitob savdosi bilan shug’ulanishgan shirkatning tashkilotchilari esa: Ahmadjon Hamdiy,Usmon Xo’ja,Sadriddin Ayniy,Abdurahmon Sa’diy keyinchalik ”Tarbiyai atfol”, ”Bolalar tarbiyasi” maxfiy jamiyatini tuzishdi.Bu jamiat turkistonlik va buxorolik yoshlarni Istanbuldagi “Buxoro ta’mimi maorif jamiyati:bo’limiga o’qishga jo’natgan.Xivadagi jadidchilikda esa qozikalon Boboxun Salimov rahbarlik qilgan 126 ` “Jamiyati xayriya” tuzilib uning ko’magi bilan Xiva shahrida dastlabki yangi usul maktabi ochilgan. Jadidlarning asosiy g’oya va maqsadlari quyidagilardagilar edi: -Shariatni isloh etish,Turkistonni o’rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xulofotdan ozod etish xalqqa ma’rifat tarqatish . -Milliy ozodlik, ayollarni o’qishga jalb qilish, tenglik g’oyalarini ilgari surish. Mahmudxo’ja Behbudiy,Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Fayzulla Xo’jayev, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Muhammadsharif So’fizoda kabi ziyolilar xalqni ilm- ma’rifatga chorlaydi. -Zamonaviy jadidlari ozod-farovon hayot uchun xalqqa ma’rifat ilmini yoyishdi. Dunyoviy va diniy bilimlarni barchaga uyg’unlashtirib o’rgatishdi. adidchilikning asosiy g‘oyalari: -Zamonaviy ta’lim: Eski usul maktablar o‘rniga yangi usulda, ya’ni dunyoviy fanlar o‘qitiladigan maktablar tashkil etildi. -Milliy uyg‘onish: O‘zbek xalqi va boshqa turkiy xalqlarning o‘z tarixini, tilini, madaniyatini anglashga da’vat qilindi. -Ayollar huquqlari: Ayollarni o‘qitish, ularning jamiyatdagi mavqeini oshirish masalalari ilgari surildi. -Matbuot va axborot: Jadidlar gazeta va jurnallar chiqargan, ijtimoiy muammolarni yoritgan. -Islohotparvarlik: Siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda yangilanishlar zarurligi targ‘ib qilindi. Jadidchilik harakatining mohiyati Jadidchilik harakati “usuli jadid”, ya’ni yangi usuldagi ta’lim tizimi asosida shakllangan. Ularning asosiy maqsadi – millatni jaholat va sustkashlikdan xalos etib, zamonaviy fan-texnika, ma’rifat va taraqqiyot sari yetaklash edi. Jadidlar eski usul maktablar o‘rniga yangi usul maktablar ochib, o‘quvchilarga geografiya, matematika, tarix, fizika kabi dunyoviy fanlarni o‘rgatishni yo‘lga qo‘ydilar. Ismail Gaspirali, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Fitrat kabi jadidlar o‘z faoliyati orqali butun jamiyat tafakkurini yangilashga intildilar. Ular maktab, matbuot, teatr, adabiyot, tarix va tillar sohasida tub
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda tashkil etilganligi, Turkiston jadidchiligi, yangi usul maktablarining ochilishi va jadidlar tashkil etilgan shirkatlar va ularning g’oya va maqsadlar…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda tashkil etilganligi, Turkiston jadidchiligi, yangi usul maktablarining ochilishi va jadidlar tashkil etilgan shirkatlar va ularning g’oya va maqsadlar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- maktab, Jadidchilik, mustaqillik, me’ros, ma’rifat, shirkat, taraqqiyot
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020