Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAKAR O‘RNIDA IKKILAMCHI UZUM MAHSULOTLARI SHARBATIDAN FOYDALANIB, INNOVATSION METOD YORDAMIDA QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI VA MEVALARI SUKATLARINI ISHLAB CHIQARISH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Abdubannonova Xonzodabonu O‘ktamjon qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada ikkilamchi uzum mahsulotlaridan olingan sharbat (shira) asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mevalarni qayta ishlab, sukatlar (qandlangan quritilgan mahsulotlar) ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion usullar tahlil etilgan. Bu texnologiya meva va sabzavotlarni mavsumdan tashqari vaqtlarda ham saqlash, qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot yaratish hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Kalit so‘zlar: Ikkilamchi mahsulot, uzum sharbat, shira, sukat, sabzi, qizilcha, olma, behi, turp, eksport, qayta ishlash, innovatsiya. Bugungi kunda saralashdan keyingi qolgan uzumlarni chiqindi sifatida tashlab yuborilishi odatiy holga aylanib qolindi. Chiqindi sifatida tashlab yuborilayotgan uzumlardan shakar o‘rnida ishlatilishi ilmiy-amaliy tomondan guruhimiz tomonidan isbotlandi. Innovasion metod yordamida shakar o‘rnida ikkilamchi uzum mahsulotlaridan olingan shirasini qo‘llagan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan sabzi, qizilcha, oshqovoq, turp, qovun, tarvuz va mevalardan olma, behilardan sukatlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yildi. Ishlab chiqarilgan sukatlar tabiiy, arzon vitaminlarga boy foydali mahsulot xisoblanadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari va mevalar pishiqchilik paytida juda arzon narxlarda bo‘ladi. Ayniqsa bog‘cha-maktab yoshidagi bolalar asosan zararli bo‘lgan chipslar va shu kabi mahsulotlarni ko‘plab iste’mol qilishadi. Biz tomonimizdan ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi va mevalardan ishlab chiqariladigan sukatlar ushbu mahsulotlar o‘rnini egallaydi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan moliyalashtirilgan startap loyiha doirasida “YUQORI NUQTA 0775” MCHJ tomonidan loyiha rahbari Abdubannonova Xonzodabonu O‘ktamjon qizi boshchiligida “Shakar o‘rnida ikkilamchi uzum mahsulotlari sharbatidan foydalanib, innovatsion metod yordamida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mevalari sukatlarini ishlab chiqarish” startap loyihasi amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligida xom-ashyodan tayyor mahsulot yaratish, qo‘shimcha zanjir yaratish, uzoq muddat yaroqli va trasportirovkaga chidamli quritilgan tabiiy meva va sabzavot sukatlar ishlab chiqarilmoqda. Innovasion metod yordamida shakar o‘rnida ikkilamchi uzum mahsulotlaridan olingan shirasini qo‘llagan holda yangi resurstejamkor texnologiya joriy qilindi. Innovasion metod yordamida shakar o‘rnida ikkilamchi uzum mahsulotlaridan olingan shirasini qo‘llagan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan sabzi, qizilcha, oshqovoq, turp, qovun, tarvuz va mevalardan olma, behilardan sukatlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 130 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Loyihaning yangiligi va dolzarbligi O‘zbekiston har yili yuz minglab tonna uzum qayta ishlanadi. Lekin, uzumni qayta ishlash jarayonida qoladigan ikkilamchi mahsulotlar, xususan, saralashdan qolgan yoki sifat jihatidan yaroqsiz uzumlar asosan chiqindiga chiqarib tashlanadi. Bu esa resurslarni samarasiz ishlatishga sabab bo‘lmoqda. Loyiha innovatsion tomoni shundaki, ikkilamchi uzum mahsulotidan olingan shira (sharbat) qandlangan quritilgan mahsulotlar — sukatlarni ishlab chiqarishda shakar o‘rniga qo‘llanilmoqda. Bu nafaqat mahsulotni arzonlashtiradi, balki uning tabiiy va sog‘lomligini ham oshiradi. Ushbu usul asosida quyidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan sukatlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi: Sabzi Qizilcha Oshqovoq Turp Qovun Tarvuz Olma Behilar Loyihaning maqsadi Qishloq xo‘jaligida mavjud xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, qo‘shimcha sanoat zanjiri yaratish va chiqindilardan foydalanish, uzoq muddat yaroqli, talafotsiz transportirovka qilinishi mumkin bo‘lgan quritilgan, qandlangan meva va sabzavotlar ishlab chiqarish, ichki bozorda mahsulot turlarini kengaytirish hamda eksportbop mahsulot yaratishga zamin yaratildi 131 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Innovatsionligi Shakar o‘rnida ikkilamchi uzum shirasini ishlatilishi ilmiy va amaliy jihatdan to‘liq o‘rganilib, qo‘llash maqsadga muvofiqligi isbotlandi. Bu orqali mahsulot tannarxi pasayadi, zero shakar narxi yuqori bo‘lib, unga nisbatan uzum sharbati arzonroq. Mevalar va sabzavotlardan sukat tayyorlashda har bir mahsulot uchun maxsus namlash va quritish usuli ishlab chiqildi. Texnologiyada past haroratli vakuumda quritish usuli qo‘llanilib, mahsulotdagi vitaminlar va mikroelementlar saqlab qolindi. Mevalarning ta'mi, rangi va hidini saqlab qolish uchun sharbatdagi fruktoza va glyukoza moddalari asosiy rol o‘ynadi. Texnologik jarayonlar quyidagi bosqichlardan iborat: 1. Xom ashyoni tanlash: Sabzi, qizilcha, oshqovoq, turp, qovun, tarvuz, olma, behi kabi meva va sabzavotlar saralanadi. 2. Tozalash va parchalash: Mevalar tozalanib, maxsus o‘lchamda kesiladi. 3. Ikkilamchi uzum shirasida namlash: 10-14 soat davomida meva va sabzavotlar shirada namla
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ikkilamchi uzum mahsulotlaridan olingan sharbat (shira) asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mevalarni qayta ishlab, sukatlar (qandlangan quritilgan mahsulotlar) ishlab chiqarish bo‘yicha innovats…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ikkilamchi uzum mahsulotlaridan olingan sharbat (shira) asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mevalarni qayta ishlab, sukatlar (qandlangan quritilgan mahsulotlar) ishlab chiqarish bo‘yicha innovats… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shira, behi, turp, qizilcha, sukat, eksport, uzum sharbat, sabzi, olma, qayta ishlash, Ikkilamchi mahsulot, innovatsiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025