Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDUQAYUM YOʻLDOSHEV HIKOYALARIDA RAMZIYLIKNING OʻRNI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Yodgorjon Zokirjanov (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada taniqli yozuvchi Abduqayum Yoʻldoshevning hikoyalari tahlil qilingan. Ayniqsa, ijodkor hikoyalarida ramziylikning oʻrni alohida ahamiyat kasb etgan. Xususan, yozuvchi hikoyalaridagi davr ruhiyati, ijtimoiy kayfiyat masalalari haqida mulohazalar bildirilgan. Hikoyalardagi obrazlar ruhiyati va psixologiyasi orqali davr manzarasi aks ettirilgan. Kalit soʻzlar: hikoya, davr koloriti, psixologizm, janr, obraz, ijtimoiy kayfiyat. Annotation: This article analyzes the stories of the renowned writer Abduqayum Yuldashev. The role of symbolism is particularly important in the creative stories. In particular, it offers reflections on the spirit of the era and issues of social mood portrayed in the writer’s stories. The landscape of the time is reflected through the mentality and psychology of the characters in these narratives. Keywords: story, period atmosphere, psychologism, genre, character, social mood. Kirish. Oʻzbek adabiyoti nasrida hikoya janri badiiy saviyasi baland asar hisoblanadi. Hikoyada davr va qahramon masalasi, xarakterlar talqini asarning asosiy boʻgʻinini tashkil etadi. Bu janr azal-azaldan didaktik ma’no kasb etadi. Hikoya inson hayotida yuz bergan ixcham voqeani loʻnda ifodalashga moʻljallangan. Unda shu voqeaga qadar personaj hayotida nima boʻlgan, qanday roʻy bergan, kim bilan – bular toʻgʻrisida ma’lumot berish shart emas. Ammo personaj yashayotgan muhit va uning ta’siri asarda, albatta, bayon qilinadi. Davr va inson muammosi adabiyotshunoslikda muhim oʻrin egallab kelayotgani, inson xarakteri va ijodkor badiiy olamining mushtarakligi, ijodkor badiiy dunyosining hali ilgʻanmagan jihatlarini, ochilmagan qirralarini tadqiq qilish zarurligini taqozo etmoqda. Badiiy adabiyotda namoyon boʻluvchi real-tarixiy zamon, makon hamda insonni idrok etish jarayoni sekinlik bilan, murakkab kechmoqda. Makon va zamonning alohida xususiyatlari, shunga aloqador holatda, janr yoʻnalishlari va badiiy ifodalashning real jihatlari insoniyat qoʻlga kiritgan tarixiy taraqqiyot bosqichlari bilan bogʻliq holda oʻrganilmoqda. Abduqayum Yoʻldoshev asarlarini kuzatar ekanmiz, unda bosh qahramon hayotida kechayotgan ruhiy evrilishlarga duch kelamiz. “Tushov”, “Biz boʻlmagan joylarda”, “Bezori” kabi hikoyalari yozuvchining ijodiy shaxs konsepsiyasini belgilab beruvchi asarlar deb ayta olamiz. Bugungi kunda adibning bir qator sara qissalari, hikoyalari nashr qilindi. Yozuvchining har bir asari matbuot yuzini koʻrar ekan, ijodkor oʻz uslubi bilan kitobxon qalbini zabt eta oldi. Adib asarlarini oʻquvchi oʻz xayollarida hamda koʻz oʻngida gavdalantira oladi. Buning boisi, muallif, asosan, syujetni oʻz hayotida guvohi boʻlgan voqealarga tayanib aks ettiradi. Buni biz birgina “Bezori” hikoyasi misolida ham koʻrishimiz mumkin. Hikoyanavis Abduqayum Yoʻldoshevning oʻziga xosligi shundaki, uning hikoyalarida jamiyatda uchrab turadigan muammolar – ikkiyuzlamachilik, zoʻravonlik, loqaydlik, beparvolik, bepisandlik, xudbinlik, shuhratparastlik, kibr, mahmadonalik, sovuqqonlik, tanqidga chidamsizlik, bir soʻz bilan aytganda, koʻpincha shaxs, jamiyat ma’naviyatidagi 140 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si boʻshliqlar haqqoniy aks ettirilgan. Bunday illatlar barcha davrlardagi singari bugungi kun kishilari hayotida ham uchrab turadi. Yozuvchi hikoyalarida kundalik turmushimizda uchrab turadigan bunday holatlarni chuqur tahlil qilishga kirishadi. Adabiy-badiiy xronotopda makon va zamon alomatlarini bir butun holda va aniq idrok etish mumkin. Bu yerda vaqt quyuqlashadi, tigʻizlashadi, badiiy nigohga aylanadi; makon esa vaqt, syujet va tarix harakati doirasida jadallashadi hamda kengayadi. Zamon alomatlari makonda namoyon boʻlsa, makon zamonda oʻlchanadi va anglanadi. Badiiy xronotop tabiati mana shunday qorishiq alomatlar oqimida namoyon boʻladi. Abduqayum Yoʻldoshevning barcha hikoyalarida zamon va makon uygʻunligini – xronotopni kuzatishimiz mumkin. Hikoyalarda haqqoniy hayot manzaralari, millat, el-yurt gʻami, orzu-intilishlari ifodasini badiiy boʻyoqdorlik bilan ifodalaydi. Jumladan, adibning “Homiy”, “Mashaqqatlar osha yulduzlar sari”, “Boy”, “Mix”, “Alvido goʻzallik”, ”Oʻzgalar fikri”, “Muammo bormi?”, ”Hissa”, “Bandi”, “Yetim soʻz” kabi bir qancha hikoyalarida jamiyatda uchrab turadigan muammolar, insonlar oʻrtasidagi ayrim ziddiyatlar qalamga olinadi. Bunday muammolarning ma’naviy- axloqiy va ijtimoiy mohiyatini badiiy asoslashga harakat qilgan adib, kitobxonni ibratli va hayotiy misollar vositasida tarbiyalash maqsadini koʻzda tutadi. Jamiyatda yashayotgan shaxs oʻzining ma‘lum bir ijtimoiy muhitda shakllangan qarashlari, orzu-intilishlariga ega va ular oʻzi mansub boʻlgan guruhning vakillarining dunyoqarashiga mos keladi. Inson jamiyatsiz yashay olmasligi rad etib boʻlmas haqiqat. Har qanday shaxs oʻzi yashayotgan makon va zamonga, u yaratgan qoidalarga, ta‘bir joiz boʻlsa, “qoliplarga” moslashadi. Aks holda u jamiyatdan uzilib qoladi. Habibulla Qodiriy “Otam haqida” nomli kit
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada taniqli yozuvchi Abduqayum Yoʻldoshevning hikoyalari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada taniqli yozuvchi Abduqayum Yoʻldoshevning hikoyalari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- story, period atmosphere, psychologism, genre, character, social mood, ijtimoiy kayfiyat., hikoya, davr koloriti, janr, obraz, psixologizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025