Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK AN’ANAVIY MUSIQALARI ASOSIDA TALABALARNING MILLIY VA MA’NAVIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Allanazarova Dilobar Baxromovna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada O'zbek an’anaviy musiqalarining talabalarning milliy va ma’naviy qadriyatlari ruhida tarbiyalanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, musiqiy pedagogika vositalari orqali talabalarda estetik did, vatanparvarlik, xalqchil ruh va ma’naviy immunitetni shakllantirish metodikasini takomillashtirish yo‘llari ochib beriladi. Kalit so‘zlar: an’anaviy musiqa, milliy qadriyatlar, ma’naviy tarbiya, musiqiy metodika, talabalar, pedagogika. Aннотация: В статье анализируется роль узбекской традиционной музыки в воспитании учащихся в духе национально-духовных ценностей. Раскрываются пути совершенствования методики формирования эстетического вкуса, патриотизма, народного духа и духовного иммунитета учащихся средствами музыкальной педагогики. Ключевые слова: традиционная музыка, национальные ценности, духовное воспитание, музыкальная методика, учащиеся, педагогика. O‘zbek xalqi asrlar davomida o‘ziga xos musiqiy madaniyatga ega bo‘lib, bu musiqiy an’analar xalqning milliy o‘zligining ajralmas qismidir. Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni milliy g‘urur va qadriyatlar ruhida tarbiyalash dolzarb masalaga aylanmoqda. Talabalar orasida an’anaviy musiqalarning tarbiyaviy potensialini to‘g‘ri yo‘naltirish orqali ularning shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlarga sodiqligini mustahkamlash mumkin. O‘zbek milliy musiqasining ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Arxeologik topilmalardan ma‘lumki, miloddan avvalgi davrlarda yashagan ajdodlarimiz hayotida hammusiqa muhim о ‘rin tutgan. Zardushtiylik davridan boshlab marosimlarda, bayramlarda, jangovor yurishlarda musiqadan foydalanilgan. Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkirlari —Al-Farg ̳oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiyva boshqalar musiqaning inson ruhiyatiga ijobiy ta‘sirini alohida ta‘kidlaganlar. Forobiy -“Musiqa ilmi” asarida musiqa nafaqat san‘at turi, balki inson tarbiyasining vositasi ekanini ilmiy asoslab bergan. Ibn Sino esa musiqani davo vositasi sifatida e‘tirof etgan. Milliy musiqaning janrlari va ularning tarbiyaviy xususiyatlari barchamizga ma‘lum. O ‘zbek milliy musiqasi boy va rang-barang janrlarga ega. Ular orasida quyidagilarni alohida ta‘kidlash mumkin: 1)Maqomlar –o‘ zbek musiqa madaniyatining cho qqisi bo‘lib, u ruhiy poklanish, sabr- toqat, ichki uyg ̳unlikni tarbiyalaydi. 2) Laparlar –xalqning shodlik, mehr-oqibat, muhabbat kabi his-tuyg ̳ularini ifoda etadi. O ‘zaro hurmat, sabr, sadoqat, halollik kabi fazilatlar asosiy mavzu bo ̳ladi. 3) Xalq qo ‘shiqlari –mehnatga, vatan, tabiat, oila va farzandga bo ̳lgan muhabbatni targ ̳ib qiladi. 164 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si 4)Marosim qo ‘shiqlari –xalq an‘analari va qadriyatlarini saqlash, yoshlarni urf- odatlarga hurmat ruhida tarbiyalash vositasi bo ̳lib xizmat qiladi. Shuningdek, ashula va raqs san‘ati ham o ‘zbek xalqining ruhiy olamiga yaqin bo ‘lib, unda axloqiy tarbiya elementlari mujassam. Har bir kuy, har bir ohang o ̳ziga xos ma‘naviy yuklama bilan ifodalangan. Qolaversa, yoshlar musiqa orqali o ̳z tarixini chuqur o ‘rganadi, ajdodlar jasorati, o ‘zligimiz va milliy g ‘ururni his qiladi. Aynan shunday musiqalar orqali ular ona yurtga sadoqat, xalqiga xizmat qilish, yaxshi inson bo ̳lish kabi tuyg ‘ularni ongli ravishda singdirib oladi. Milliy musiqa ta‘lim-tarbiya tizimida ham muhim o‘rin tutgan, O ‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to ‘g ‘risidagi qonunida ham musiqiy tarbiya yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash vositasi sifatida e‘tirof etilgan. Maktablarda, bolalar musiqa va san‘at maktablarida milliy kuy va ashulalar orqali o‘quvchilarning estetik didi, musiqiy saviyasi shakllanadi. Bundan tashqari, milliy musiqani o‘rgatish orqali ularning milliy madaniyatga bo‘lgan hurmati ortadi. Bugungi kunda barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan maqom ansambllari, folklor guruhlari, musiqa maktablari, xalq cholg ‘u ansambllari orqali yoshlar milliy musiqaga jalb qilinmoqda. Bu esa nafaqat iste‘dodlarni yuzaga chiqaradi, balki yoshlarni ma‘naviy yuksaltiradi. Xulosa qilib aytganda, milliy musiqa - bu xalqning yuragi, uning ruhiyatining ifodasidir. U orqali insonlar qalbiga ezgulik, mehr-oqibat, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi muqaddas tuyg ‘ular singdiriladi. Bugungi kunda milliy musiqani asrash, rivojlantirish va uni yoshlar tarbiyasida faol qo ̳llash bizning eng muhim vazifamizdir. Chunki milliy musiqani sevgan, qadrlagan, uni yuragida his etgan yosh hech qachon begona g‘oyalarga ergashmaydi, balki o ‘z xalqining sadoqatli farzandi bo‘lib yetishadi. An’anaviy musiqalarni ta’lim jarayoniga integratsiyalash, ayniqsa oliy ta’limda, talabalarda milliy o‘zlik, tarixiy xotira va ma’naviy ongni shakllantirishning samarali usuli hisoblanadi. Metodik yondashuvlar takomillashtirilganda, musiqaning tarbiyaviy imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada O'zbek an’anaviy musiqalarining talabalarning milliy va ma’naviy qadriyatlari ruhida tarbiyalanishidagi o‘rni tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada O'zbek an’anaviy musiqalarining talabalarning milliy va ma’naviy qadriyatlari ruhida tarbiyalanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- традиционная музыка, национальные ценности, духовное, pedagogika., musiqiy metodika, talabalar, ma’naviy tarbiya, an’anaviy musiqa, milliy qadriyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014