К содержанию
РецензированоRU2026

ДАРД ВА МАЪНАВИЙ КАМОЛОТ

Mavlonova Mohigul Uralovna

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Ushbu maqola Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi markaziy qahramon – Farhod obrazi orqali ifodalangan ruhiy kamolot, ma’naviy yuksalish va ishq sinovlarida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan dard tushunchasining tasavvufiy-irfoniy tahliliga bag‘ishlangan. Maqolada dardning poetik mazmuni va uning Farhod shaxsiyatining shakllanishidagi o‘rni muhokama qilinadi. Xususan, Farhod va dard o‘rtasidagi bog‘liqlik, dardning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: dard, ruhiy kamolot, ma’naviy yuksalish, ishq, irfoniy-tasavvufiy tahlil. АННОТАТЦИЯ Данная статья посвящена мистическо-гносеологическому анализу понятия «боль» (дард), которое играет особую роль в духовном становлении и нравственном возвышении центрального героя поэмы Алишера Навои «Фархад и Ширин». В статье рассматриваются поэтическое содержание боли и её значение в формировании личности Фархада. Особое внимание уделяется взаимосвязи между Фархадом и болью, а также раскрытию сущности и философского смысла данного феномена. Ключевые слова: боль, духовное совершенствование, нравственное возвышение, любовь, суфийско-гносеологический анализ. ABSTRAKT This article is devoted to the sufi-gnostic analysis of the concept of pain (dard), which plays a significant role in the spiritual development and moral elevation of the central character of Alisher Navoi’s poem “Farhod and Shirin.” The article explores the poetic essence of pain and its role in shaping Farhod’s personality. Particular attention is given to the relationship between Farhod and pain, as well as to the conceptual and philosophical meanings attached to this phenomenon. Keywords: pain, spiritual perfection, moral elevation, love, Sufi- gnostic analysis. Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida Farhodning ruhiy olamini, yetuk kamolotini yoritishda dard tushunchasi muhim ahamiyatga molik. Suqrot Farhodga ta’lim bergan majoziy ishq bulog‘i ko‘zini ochishi uchun ko‘ngilda, avvalo, dard bo‘lishi lozim. O‘zbek tilining izohli lug‘atida dard kalimasiga quyidagicha ta’rif beriladi: “Dard – kasallik; ozor, alam; ruhiy azob. 1.Jismoniy azob; og‘riq, kasallik. 2.Ko‘chma ma’noda – Ruhiy azob, g‘am-g‘ussa, alam-hasrat. 3.Ko‘chma ma’noda – Kishining borlig‘ini, butun fikri- yodini band etgan narsa, ish, tashvish, orzu, xayol. [1. 562.] Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinadiki, dard – o‘z ma’nosida ham, ko‘chma ma’noda ham ruhiy azob, ozor, alam kabi inson dilini g‘amgin etuvchi bir tuyg‘u. Tasavvufda dard ruhiy uyg‘onish, ma’naviy kamolot va ilohiy muhabbatning alomati, ya’ni boshlanish nuqtasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ishq dardi – boshqa dardlardan farqli ravishda ruh quvvati, imon mustahkamligi va qalb salomatligining asosidir. Shu bois, ishq ahli bu darddan forig‘ bo‘lish o‘rniga ranj-u alamlarining yanada qattiqroq bo‘lishini xohlaydi. Inson qalbi qanchalik g‘am-g‘ussaga oshno bo‘lsa, uning poklanish jarayoni tezlashadi. A.Shimmel o‘zining “Jonon mening jonimda” nomli kitobida shunday yozadi: 100 “Og‘riq, dard ruhiy poklanishning dastlabki shart-sharoitidir, bularsiz hech kim chinakam taqvodor bo‘la olmaydi. Shu sababli so‘fiylarning ko‘plab hikoyat va rivoyatlarida dardga alohida urg‘u beriladi”. [2. 89.] Chunki oshiqlik qalbni pokizalashdan boshlanadi. Qalbni poklash haqiqiy ixlos bilan amal qilish, ibodatga berilish, dinning buyruqlarini bajarib, man etilganlardan qaytishdir. Shu orqali qalb soflashib, tiniqlashadi va ilohiy bilimlar tajalli etuvchi makonga aylanadi.[3. 28.] Aslida, ruhdagi tozarish Tangri tomonga yuzlanishdir. Haqiqiy oshiq esa dard bilan yashaydi. Zotan, olis o‘tmishda yashab ijod etgan shoir va yozuvchi uchun Dard – komillik, ma’naviy bedorlik, Iztirob – hassoslik, ruhiy mushohadaga yaqin ma’nolarni aks ettirganidek, alam, g‘ussa, iztirob inson hayoti va qismatiga tegishli favqulodda murakkab, hatto chigal holat yoki ziddiyatni kashf qilish vositasi sanalgan. [4. 7.] Adabiyotshunos U. Jo‘raqulovga ko‘ra, Farhod tug‘ilmasidan oldin uning taqdirida dard va ishq egizak bitilgan edi. Biroq Navoiyning Farhodi dunyoga kelgan muhitda, zaminda epos, qissa, ertak va avvalgi “Xamsa”lar dunyosi istagan hamma narsa bor edi. Ularda faqat bitta narsa – dard yo‘q edi. Butun yer yuzi (“o‘rta olam”) dard degan ulug‘ ne’matdan bebahra, shu sabab “avvalgi olam”dan uzilib qolgan edi. Farhod yer yuziga, dunyoga, o‘z olamiga mana shu ne’matni olib keldi. O‘z dardi bilan jahonga afsona bo‘ldi. Jahonni shu dard afsonasi bilan to‘ldirdi [ 5. 219.]: Bu rangin safha, balkim dard bog‘i, Ayon har lolasida ishq dog‘i... Doston qahramoni Xoqon uzoq yillik farzandsizlik davrida Parvardigordan o‘zining toj-u taxtiga ega bo‘ladigan bir merosxo‘r – gavhar tilab kecha-yu kunduz iltijo qiladi. Alloh taolo unga butun dunyoning mulkini berdi-yu dard, alam, iztirob bermadi. Va nihoyat, taqdiri azal uning iltijolarini qabul etadi va unga Farhoddek ulkan dardni – ko‘zga gavhar bo‘lib ko‘rinsa- da, qo‘lga olganda kuydiradigan cho‘g‘ni ato qiladi. Chunki Xoqon farzandga ema

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi markaziy qahramon – Farhod obrazi orqali ifodalangan ruhiy kamolot, ma’naviy yuksalish va ishq sinovlarida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan dard tushunchasi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi markaziy qahramon – Farhod obrazi orqali ifodalangan ruhiy kamolot, ma’naviy yuksalish va ishq sinovlarida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan dard tushunchasi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pain, spiritual perfection, moral elevation, love, Sufi- gnostic analysis, dard, ruhiy kamolot, ishq, ma’naviy yuksalish, irfoniy-tasavvufiy tahlil.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники