Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINFDA O‘QITUVCHI NUTQINING O‘QUVCHILAR MULOQOT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDAGI PSIXOPEDAGOGIK IMKONIYATLARI
KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDAGI PSIXOPEDAGOGIK · Kurbanova Santalat Nurmuxammedovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot kompetensiyasini shakllantirishda o‘qituvchi nutqining psixopedagogik ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi. Muloqot kompetensiyasi boshlang‘ich sinf o‘quvchisida o‘z fikrini aniq ifodalash, suhbatdoshni tinglash, ijtimoiy vaziyatga mos muloqot shaklini tanlay olish kabi ko‘nikmalarning shakllanishini nazarda tutadi. Shuningdek, o‘qituvchi nutqi orqali sinfda sog‘lom psixologik va lingvistik muhitni yaratish, o‘quvchilarda nutqiy faollikni oshirish hamda ijtimoiy muloqotda qatnashish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha samarali yo‘llar ko‘rsatib beriladi. Tezisda mahalliy va xorijiy psixopedagog olimlarning qarashlari asosida metodik tavsiyalar ham keltirildi. KALIT SO‘ZLAR: boshlang‘ich ta’lim, o‘qituvchi nutqi, muloqot kompetensiyasi, psixopedagogik muhit, bolalar nutqi, og‘zaki ifoda, ijtimoiy muloqot, lingvistik rivojlanish, emotsional ta’sir, dars jarayoni Zamonaviy ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida o‘quvchining individual rivojlanishiga e’tibor kuchaymoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichi bolalarning nutqiy, ijtimoiy va psixologik jihatdan shakllanishida asosiy poydevor bosqichi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu bosqichda o‘quvchilarning muloqot kompetensiyasini shakllantirish — nafaqat til o‘rgatishning, balki ijtimoiy munosabatga kirishish, fikrni aniq ifodalash, faol tinglash va o‘zaro madaniyatli munosabat yuritishning muhim omili hisoblanadi. Boshlang‘ich ta’limda mazkur kompetensiyani rivojlantirish jarayoni ko‘p jihatdan o‘qituvchining og‘zaki nutq faoliyatiga, uning lingvistik va emotsional ifoda vositalaridan foydalanish mahoratiga bevosita bog‘liq. O‘qituvchi tomonidan yaratiladigan psixologik iqlim, sinfdagi lingvistik muhit va shaxsiy muloqot uslubi o‘quvchilarda o‘z fikrini erkin, ijtimoiy maqbul tarzda ifodalashga zamin yaratadi. Zero, muloqot kompetensiyasi mustahkamlangan o‘quvchi nafaqat dars jarayonida, balki kundalik hayotda ham ijtimoiy jihatdan faol va madaniyatli muloqotga qodir shaxs bo‘lib shakllanadi. Shu bois, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot kompetensiyasini shakllantirishda o‘qituvchining nutqiy pozitsiyasi, psixopedagogik yondashuvi va muloqotga yo‘naltirilgan metodik faoliyati alohida ilmiy-pedagogik tadqiqot mavzusi sifatida o‘rganilishi zarur. Muloqot kompetensiyasi shaxsning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi, fikrini aniq, ravon, ijtimoiy maqbul va kontekstga mos tarzda ifodalashi, suhbatdoshni tushunishi va unga mos ravishda muloqot qurish qobiliyatidir. Ushbu kompetensiyaning boshlang‘ich bosqichda shakllanishi, birinchi navbatda, sinfdagi nutqiy muhit, o‘qituvchining shaxsiy yondashuvi va nutqiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Psixopedagogik yondashuv nuqtayi nazaridan qaralganda, o‘qituvchi nutqi faqatgina axborot yetkazuvchi vosita bo‘lib qolmay, balki bolaning emotsional, ijtimoiy va kommunikativ rivojlanishida psixologik model sifatida ham namoyon bo‘ladi. L.S.Vygotskiy o‘zining "yaqin taraqqiyot zonasi" haqidagi nazariyasida aynan muloqot orqali bolaning tafakkur, til va shaxsiy 103 o‘sishi faollashishini alohida ta’kidlaydi. Vygotskiyga ko‘ra, bola o‘z salohiyatining yuqori darajalariga yetishi uchun uning nutqiy rivojlanishiga pedagogik vositachilik zarur bo‘ladi. O‘zbekistonda ham bu boradagi tadqiqotlar orasida bir necha pedagoglarning ishlari e’tiborga molikdir. Jumladan, M.X.Tohirova o‘qituvchi nutqini bola uchun til va fikrni anglashga yo‘naltirilgan faol kommunikativ model sifatida talqin qiladi. Unga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchisi muloqot qilishni darslik orqali emas, balki o‘qituvchining real nutqi orqali o‘rganadi. Shuningdek, zamonaviy xorijiy manbalarda ham o‘qituvchi nutqi orqali bolalarning kommunikativ salohiyatini shakllantirish zarurati alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Masalan, «Common European Framework of Reference (CEFR)»da muloqot kompetensiyasi “shaxsning ijtimoiy holatlar doirasida fikr bildirish, tushunish, qayta ifoda etish va madaniyatlararo muloqotga kirisha olish layoqati” sifatida ta’riflanadi. CEFR tavsiyalarida ayniqsa boshlang‘ich bosqichdagi til o‘rgatish jarayonida o‘qituvchining til vositalarini kontekstual asosda qo‘llashi, muloqotga ochiq bo‘lishi va o‘quvchini faol suhbatdosh sifatida shakllantirishi ustuvor tamoyil sifatida belgilangan. Amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, o‘z nutqida boshlang‘ich sinf o‘quvchisiga yo‘naltirilgan shaxsiy murojaatlar, ifodali ohang, so‘z va iboralarni soddalashtirib tushuntirish, tinglovchini jalb etuvchi pauza va intonatsiyalardan foydalangan o‘qituvchilar sinfda faol kommunikativ muhitni yaratishga erishadi. Bunday sharoitda o‘quvchilarning nutqiy faolligi oshadi, ular erkin fikr bildiradi, muloqotda qatnashishga intiladi, savollar beradi, o‘zaro suhbatda ishtirok etadi. Bundan tashqari, o‘qituvchining nutqiy faoliyati orqali o‘quvchilarda emotsional xavfsizlik muhiti vujudga keladi. Pedagogik psixologiya nuqtayi nazaridan, bolaning nutqiy faolligi ko‘p hollarda uning o‘zini qulay his et
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot kompetensiyasini shakllantirishda o‘qituvchi nutqining psixopedagogik ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining muloqot kompetensiyasini shakllantirishda o‘qituvchi nutqining psixopedagogik ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dars jarayoni, bolalar nutqi, og‘zaki ifoda, emotsional ta’sir, psixopedagogik muhit, o‘qituvchi nutqi, muloqot kompetensiyasi, ijtimoiy muloqot, lingvistik rivojlanish, boshlang‘ich ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025