Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TASVIRIY SAN’AT TERMINOLOGIYASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Kozimova Zulfiya Ismoilovna
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
В данной статье анализируются особенности терминологии изобразительного искусства, ее формирование, развитие и практическое значение. Термины изобразительного искусства, в отличие от обычных слов, являются понятиями, выражающими эстетическое и техническое значение. Они служат для точного изображения содержания, формы, техники и стилистических особенностей произведений искусства. Также рассматривается система новых терминов, связанных с развитием современного искусства, проблемы формирования терминов искусства в узбекском языке. Это исследование раскрывает важность терминологического подхода в более глубоком понимании языка и мышления изобразительного искусства, в научных работах по искусствоведению и в художественном образовании. Ключевые слова: Изобразительное искусство, терминология, термины искусства, эстетические понятия, техническое выражение, композиция, колорит, стиль, образ, контекст, многозначность, современное искусство, узбекские термины, искусствоведение, язык искусства. Tasviriy san’at — inson tafakkuri va ichki olamining estetik ifodasidir. Uning boy mazmuni va murakkab shakl tuzilmalari o‘ziga xos tushuncha va atamalar tizimi orqali ifodalanadi. Har bir san’at sohasi singari tasviriy san’at ham o‘z terminologiyasiga ega. Bu terminlar san’at asarining texnik, uslubiy, mazmuniy jihatlarini ifodalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tasviriy san’at terminologiyasining o‘ziga xosligi esa uning obrazlilik, ko‘p ma’nolilik, kontekstga bog‘liqlik va vaqt bilan o‘zgaruvchanlik kabi xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. Avvalo, tasviriy san’at atamalari ko‘pincha obrazli va ko‘p qatlamli ma’noga ega bo‘ladi. Masalan, “kompozitsiya” termini nafaqat tasvir elementlarining joylashuvini, balki ularning estetik uyg‘unligini ham anglatadi. “Kolorit” esa rasmda ishlatilgan ranglarning o‘zaro uyg‘unligi, hissiy ta’siri va g‘oyaviy yo‘nalishini bildiradi. Bu kabi terminlar oddiy texnik tavsifdan tashqari, san’atshunoslik tafakkurining murakkab qatlamlarini ham o‘z ichiga oladi. 106 Ikkinchidan, tasviriy san’at terminologiyasi kontekstga bog‘liq holda farqli ma’nolarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, “faktura” haykaltaroshlikda asarning material tuzilmasini bildirsa, grafik san’atda yuzadagi chiziqlar va sirt ifodasi sifatida talqin qilinadi. Bu esa terminlarning har bir san’at turiga mos ravishda qo‘llanilishi zarurligini ko‘rsatadi. Uchinchidan, bu terminlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi yoki yangilanadi. Masalan, zamonaviy san’atda “installyatsiya”, “multimedia”, “digital art” kabi yangi tushunchalar paydo bo‘lgan. Bu holat tasviriy san’at tilining dinamik, zamonga moslashuvchan tizim ekanini isbotlaydi. Yana bir muhim jihat, o‘zbek san’atshunosligida terminlar tarjimasi va moslashtirilishi bilan bog‘liq muammolardir. Ko‘plab atamalar xorijiy tillardan o‘zlashtirilgan bo‘lib, ularni milliy san’at maktabi ruhiga mos tarzda ifodalash va izohlash ehtiyoji mavjud. Shu nuqtai nazardan, tasviriy san’at terminologiyasini tizimlashtirish, izohli lug‘atlar tuzish, mahalliy ilmiy maktablar faoliyatini kuchaytirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Tasviriy san’at atamalarining morfologik tahlili atamani til sistemasida olib qaraydi, alohida soʻz shakllari va ularning qanday bogʻlanganligini aniqlaydi. Masalan, bosh kelishikdagi bo‘yoq, san’at, portret so‘zlari qaratqich kelishigida bo‘yoqning, san’atning, portretning, chiqish kelishigida bo‘yoqdan, san’atdan, tushum kelishigida bo‘yoqni, san’atni kabi shakllar bilan bogʻlangan. Demak, morfologiya san’atga oid atamalar turlanishining xususiyatlarini tekshiradi, so‘zning morfologik tarkibi, uning shakllari va grammatik ma’nolari, so‘z turkumlari va ularga xos shakl yasash yo‘llarini oʻrgatadi.1 Morfologik tahlilning vazifasi faqat so‘z shakllari va ular anglatgan umumiy grammatik ma’nolarni oʻrganish bilan cheklanmaydi. Lug‘aviy birliklaming semantik va shakl xususiyatlarini aniqlash asosida belgilangan so‘zlarning leksik-grammatik kategoriyalari, ya’ni so‘z turkumlari haqidagi ta’limotni oʻrganishdan iborat. Tasviriy san`at turlari o`z xususiyatlariga qarab real borlikni obyektiv mavjud sifatlari - hajm, rang, fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va nurhavo muhiti, harakat va o`zgarishlari hissini yaratadi. Bunda tasvirning hissiy konkretliligidan illyuzionizmgao`tish mumkin. Tasviriy san`at faqat ko`rish mumkin bo`lgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki, asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi(fabula), erkin hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni g`oyaviy o`zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.2 Tasviriy san`at insonning ruhiy qiyofasini, uning o`zgalar bilan o`zaro munosabatlarini, tasviriy holatning psixologik va emotsional mazmunini ham yoritadi. Ba`zan mavjud bo`lmagan, rassom tasavvurining mahsuli bo`lgan obrazlarni ham yuzaga keltiradi. Insoniyat tarixidagi turli davrlarni aks ettiradi. Fanlararo ensiklopedik tadqiqotlarni murakkablashtiradigan ikkinchi sabab - ta’riflarning tavsif xususiyatidir. San’
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются особенности терминологии изобразительного искусства, ее формирование, развитие и практическое значение.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются особенности терминологии изобразительного искусства, ее формирование, развитие и практическое значение. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Изобразительное искусство, терминология, термины искусства, san’at atamalari, zamonaviy san’at, o‘zbekcha terminlar, texnik ifoda, kolorit, terminologiya, uslub, estetik tushunchalar, kontekst, kompozitsiya, san’at tili., san’atshunoslik, Tasviriy san’at, ko‘p ma’nolilik, obraz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025