Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOG’LIQNI SAQLASH SOHASIDA DXSH LOYIHALARI, QASHQADARYO TAJRIBASI
Hamroyev G‘ayratjon Sultonovich
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 4 · 2026
Аннотация
В статье анализируется эффективность реализации проектов государственно-частного партнёрства (ГЧП) в системе здравоохранения Кашкадарьинской области. Рассмотрено влияние ГЧП на развитие медицинской инфраструктуры, участие частного сектора и изменения в качестве предоставляемых медицинских услуг населению. На основе эмпирических данных оценено социальное воздействие проектов, выявлены проблемы и представлены научно-практические рекомендации по совершенствованию механизмов партнёрства в данной сфере. Ключевые слова: государственно-частное партнёрство, здравоохранение, медицинская инфраструктура, частный сектор, Кашкадарьинская область Kirish: Sog’liqni saqlash tizimi har qanday davlatda aholi farovonligini ta’minlashda muhim strategik yo’nalish hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida ham so’nggi yillarda sog’liqni saqlash sohasida islohotlar chuqurlashtirilib, tibbiy xizmatlar sifati, ularning qamrovi va infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Shu jarayonda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarining joriy etilishi sektorning barqaror rivojlanishi, innovatsion texnologiyalarning tatbiqi va investitsiyaviy manbalarni diversifikatsiya qilishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. DXSh modeli sog’liqni saqlashda xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish, resurslardan samarali foydalanish, risklarni taqsimlash va aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga qaratilgan. Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, DXSh asosida tibbiyot infratuzilmasini modernizatsiya qilish, zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, sog’liqni saqlash tizimining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash mumkin. Qashqadaryo viloyatida so’nggi yillarda DXSh asosida bir qator tibbiyot muassasalari qurildi, mavjudlari rekonstruksiya qilindi va texnologik jihatdan yangilandi. Shu jumladan, oilaviy poliklinikalar, tumanlararo diagnostika markazlari va ko’p tarmoqli klinikalar xususiy investorlar bilan hamkorlikda faoliyat yurita boshladi. Bu loyihalar orqali aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning qamrovi va sifati oshib, yangi ish o’rinlari yaratildi. Shunga qaramay, ushbu loyihalarni amalga oshirishda muayyan muammolar, jumladan, normativ-huquqiy noaniqliklar, 109 investitsiya xavflari va boshqaruvdagi koordinatsiya yetishmovchiligi mavjud. Mazkur maqola aynan Qashqadaryo viloyati tajribasiga asoslangan holda sog’liqni saqlash sohasida DXSh loyihalarining amaliyotini, ularning samaradorligini va takomillashtirish yo’llarini ilmiy asosda o’rganishga qaratilgan. Adabiyotlar sharhi: Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) modeli sog’liqni saqlash tizimida zamonaviy boshqaruv yondashuvlaridan biri sifatida ko’plab xalqaro va milliy tadqiqotlarda o’rganilgan. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Jahon banki hisobotlarida DXSh modeli sog’liqni saqlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xizmatlar sifati va qamrovini oshirish, hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash vositasi sifatida baholangan. Xususan, JSST (2020) tibbiy xizmatlarni ko’rsatishda davlat va xususiy sektor o’rtasidagi hamkorlikni universal sog’liqni saqlash qamroviga erishishdagi muhim omil sifatida e’tirof etadi. Xalqaro tajribalar orasida Hindiston, Turkiya va Buyuk Britaniyada DXSh asosida barpo etilgan shifoxonalar, diagnostika markazlari va sog’liqni saqlash tarmoqlari xizmatlar sifati va iqtisodiy samaradorlik bo’yicha ijobiy natijalar bergani qayd etilgan. Biroq ayrim tadqiqotlarda (masalan, Barlow et al., 2013) DXShning sog’liqni saqlash sohasidagi salbiy jihatlari — ya’ni xizmatlar narxining oshishi, aholining ijtimoiy tenglikka bo’lgan kirish imkoniyatining cheklanishi kabi xavf-xatarlar ham tilga olingan. O’zbekiston tajribasiga nazar soladigan bo’lsak, so’nggi yillarda sog’liqni saqlash tizimida DXSh asosidagi loyihalar soni ortib bormoqda. 2019-yildan boshlab “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan bu sohada huquqiy baza mustahkamlangan. Abdullayev A. (2021) DXShning tibbiyot sohasidagi huquqiy mexanizmlarini o’rganib, investorlar uchun kafolat va imtiyozlar tizimini muhim omil sifatida qayd etgan. G’ulomova T. (2022) esa sog’liqni saqlashda DXSh loyihalarining samaradorligi va xizmat sifati o’rtasidagi bog’liqlikni tahlil qilgan. Qashqadaryo viloyatiga oid ilmiy manbalar hozircha cheklangan bo’lsa-da, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlari, DXSh markazining loyihaviy hisobotlari va Statistika agentligi ochiq bazalari orqali amaliy natijalar haqida dastlabki tahlillar mavjud. Jumladan, 2021–2023 yillar davomida viloyatda DXSh asosida 8 dan ortiq yangi tibbiyot loyihasi amalga oshirilgani qayd etilgan. Xulosa qilib aytganda, mavjud adabiyotlar DXShning sog’liqni saqlash sohasidagi ahamiyatini yoritib bergan bo’lsa-da, Qashqadaryo viloyatidagi amaliy tajriba, xususiy sektorning ishtiroki va loyihalarning ijtimoiy ta’siri hali to’liq ilmiy tahlil etilmagan. Shu sababli mazkur maqola aynan ushbu bo’shliqni to’ldirishga qaratilgan. Met
Доказательный фрагмент
«В статье анализируется эффективность реализации проектов государственно-частного партнёрства (ГЧП) в системе здравоохранения Кашкадарьинской области.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье анализируется эффективность реализации проектов государственно-частного партнёрства (ГЧП) в системе здравоохранения Кашкадарьинской области. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- государственно-частное партнёрство, здравоохранение, tibbiyot infratuzilmasi, davlat-xususiy sheriklik, Qashqadaryo viloyati, xususiy sektor, sog’liqni saqlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025