Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VOYAGA YETMAGANLARNING MULK HUQUQI SUBYEKTI SIFATIDA MUOMALA LAYOQATI
SCIENCE SHINE · MUOMALA LAYOQATI · Abdumurodova Guliruxsor Abdumalik qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning muomala layoqati tushunchasi, uning toifalari va emansipatsiya holatlari o‘rganiladi. Shuningdek, kichik yoshdagi bolalar va o‘smirlar muomala layoqati darajasidan kelib chiqib, qanday bitimlar tuzishi mumkinligi tahlil etiladi. Yakunda voyaga yetmaganlar muomala layoqati bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berilgan bo‘lib, ular voyaga yetmaganlarning muomala layoqati asosida mulkiy manfaatlari muhofazasini yanada kuchaytirishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: voyaga yetmaganlar, muomala layoqati, mayda maishiy bitim, hadya, mehnat shartnomasi, emansipatsiya. Fuqarolarning mulkiy munosabatlarda ishtirok etishi va huquqlarini amalga oshirishining zaruriy shartlari – huquq va muomala layoqatining mavjudligidir. Muomala layoqati – fuqarolarning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqatidir. Bu Fuqarolik kodeksi 22-moddasida belgilangan. Muomala layoqatining huquq layoqatidan farqi shundaki, barcha fuqarolar huquq layoqatiga ega bo‘ladi, ammo hammasi ham muomala layoqatiga ega bo‘lmasligi mumkin. Muomala layoqatiga ega bo‘lishning asosiy sharti shundaki, muomala layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar aqlirasolik bilan o‘z harakatlarining oqibatlarini tushunib harakat qiladilar. Masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloq to‘liq huquq layoqatiga ega bo‘lsa-da, o‘z harakatlari bilan birorta huquq va majburiyat ola olmaydi. “Fuqarolik muomala layoqati” instituti sivilistlar tomonidan o‘rganib kelingan va hozir ham atroflicha o‘rganilmoqda. Uni ta’riflashda turlicha yondashuvlar mavjud bo‘lib, S. N. Bratus va E. A. Suxanovlar muomala layoqati mazmuniga bitimlar tuzish, delikt layoqati, shuningdek, boshqa qonuniy harakatlarni amalga oshirish qobiliyati kiradi,6 deb hisoblagan bo‘lsa, Ya. R. Vebers7 va yaponiyalik S. 6 Суханов Е.А. «Гражданское право. Том I. Общая часть». учебник. Москва: Статут, 2023, 130с. 7 Веберс Я.Р. Правосубъектность граждан в советском гражданском и семейном правею Рига, 1976. С.76 33 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025 Vagatsuma8 muomala layoqatini faqat qonuniy harakatlar – bitimlarni tuzish qobiliyati bilangina bog‘lagan. L.G. Kuznetsova esa muomala layoqatini chuqur tahlil etib, uning to‘rtta elementini ajratib ko‘rsatgan: huquqni egallash – bu shaxsning o‘z harakatlari bilan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish qobiliyatini nazarda tutadi; huquqni amalga oshirish – fuqarolik huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirish qobiliyati; huquqni ijro etish – o‘z harakatlari bilan fuqarolik majburiyatlarini bajarish qobiliyati; va delikt layoqati – o‘z harakatlari uchun javobgar bo‘lish qobiliyati hisoblanadi.9 N. F. Imomov ham Bratus va Suxanovlar fikrini qo‘llab-quvvatlab, muomala layoqatini bitim tuzish layoqati va delikt layoqatidan iboratligini ta’kidlaydi.10 N. Ashurova esa muomala layoqatiga ega bo‘lishni turli xil yuridik harakatlarni shaxsan amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lish: shartnomalar tuzish, ishonchnomalar berish, shuningdek, keltirilgan mulkiy zararlar, shartnoma va boshqa majburiyatlar yuzasidan javobgar bo‘lishlik bilan izohlaydi.11 Bular ham bitim tuzish va delikt layoqati hisoblanadi. T. A. Umarov muomala layoqati shaxsning o‘z xatti-harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini qo‘lga kiritishi va o‘zi uchun fuqarolik majburiyatlarini vujudga keltira olishi,12 deb ta’riflagan bo‘lsa, I. B. Zokirov muomala layoqati yuridik harakatlar qilish, ya’ni qonun bo‘yicha, ma’lum huquqiy oqibatlar qilish (masalan, shartnomalar tuzish, yetkazilgan zararni to‘lash va hokazolar) layoqatidir, deydi.13 Huquqshunos olimlarning mazkur fikrlarini inobatga olib, quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin: Muomala layoqati – fuqarolarning qonunda belgilangan huquqlarini o‘z harakatlari bilan mustaqil amalga oshirish, shuningdek, boshqa shaxslar bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishib, o‘ziga yangi huquq va majburiyatlar vujudga keltirish, bajarish hamda ular uchun javobgar bo‘lish layoqatidir. Fuqaroning yoshi va muomala layoqati — uning mulkiy huquqlarini to‘liq yoki qisman amalga oshirish imkoniyatini belgilovchi asosiy mezonlardan hisoblanadi. 8 Вагацума С. Гражданское право Японии. - М.: 1983. - Б. 47. 9 Мусабаева Т.Ж. (2020). ГРАЖДАНСКАЯ ДЕЕСПОСОБНОСТЬ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ. Вестник магистратуры, (1-1 (100)), 77-79. 10 Фуқаролик ҳуқуқи. 2-қисм. Тошкент.Адолат,2007 Б.579 11 Ашурова Н.А. Вояга етмаганларнинг фуқаролик-ҳуқуқий муносабатлардаги иштироки. Юрид. фан. номз. Дисс... Тошкент: 2008. - Б. 46 12 R.J. Ro’ziyev, V.R. Topildiyev, M.Sh. Choriyev. Fuqarolik va oila huquqi. Darslik. - Toshkent. O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti. 2022. – 78-bet. 13 Зокиров И.Б. Ўзбекистон Республикаси фуқаролик ҳуқуқи. – Тошкент: ТДЮИ, 2006. -262 б. 34 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 16(51), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.06.2025 Muom
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning muomala layoqati tushunchasi, uning toifalari va emansipatsiya holatlari o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada voyaga yetmaganlarning muomala layoqati tushunchasi, uning toifalari va emansipatsiya holatlari o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- muomala layoqati, amalga oshirish, layoqatiga ega, muomala layoqatiga, ega lish, delikt layoqati, muomala layoqatini
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025