Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUNOJAT YO‘LCHIYEVA IJODIY FAOLIYATI VA UNING O‘ZBEK MAQOM SAN’ATIDAGI O‘RNI
SCIENCE SHINE · MAQOM SAN’ATIDAGI O‘RNI · Toshboyeva Madina · O‘zbekiston Qahramoni (Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti)
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchiyevaning hayoti, ijodi, ustoz-shogirdlik an’anasi asosidagi san’at yo‘li, pedagogik faoliyati, bastakorlik asarlaridagi roli va xalqaro miqyosdagi faoliyati haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Munojat Yo‘lchiyeva, maqom, ustoz Shavkat Mirzayev, maqom ijrochiligi, an’anaviy musiqa, O‘zbek xonandaligi. Kirish: O‘zbek maqom san’ati Sharq musiqa madaniyatida yetakchi o‘rinni egallagan murakkab va yuksak san’at yo‘nalishidir. Bu sohaning davomchilari va targ‘ibotchilari orasida O‘zbekiston Qahramoni, xalq artisti, professor Munojat Yo‘lchiyeva alohida o‘rin egallaydi. Uning hayoti va ijodi nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda e’tirof etilgan. Ushbu maqolada Munojat Yo‘lchiyevaning san’at yo‘li, ijodiy merosi va uning o‘zbek musiqa madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasi tahlil etiladi. Asosiy qism: Munojat Yo‘lchiyeva 1960-yil 26-noyabrda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida tug‘ilgan. Otasi Abduvali Yo‘lchiyev hamda volidalari Muborakxon Yo‘lchiyeva oilasida ulg‘aygan 8 farzandning uchinchisi Munojatxon edi. Aynan oilaviy muhit Munojatxon va boshqa farzandlarda ham san’atga bo‘lgan cheksiz muhabbatni shakllantirgan edi. Onalari xirgoyi qiladigan xalq qo‘shiqlari, ashulalar ularning qulog‘iga singib ulg‘ayishdi. Munojatxon Shirmonbuloq qishlog‘idagi O‘rta maktabda o‘qigan. Yosh Munojatxonning iste’dodini ustozi Maxfirat aya (O‘sha vaqtlarda maktabda ayol O‘qituvchilarga “aya”, erkak O‘qituvchilarga “domla” deb murojaat qilinar edi) sezgan edi. Munojatxonning ashulachilik borasida iste’dodini nafaqat maktab jamoasi, balki butun Shirmonbuloq ahli bilishardi. U oilaviy muhit sabab bolaligidan san’atga qiziqdi. O‘quvchilik davrida maktabda o‘tkaziladigan turli tadbirlarda faol bo‘lishga intilib, ashula va raqs to‘garaklariga qatnadi. U ustoz xonanda, 1987-yili hind va urdu tillari bo‘yicha mutaxassis Hurmatillo Bo‘riyevga turmushga chiqqan. Ularning Muzaffar va Shuhrat ismli farzandlari bor. Hozirda Munojat Yo‘lchiyeva oilasida talabchan ona, mehribon qaynona hamda shirindan shakar nabiralarining mehribon buvijonisi hamdir. 111 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025 San’atga bo‘lgan muhabbat unga bolalikdanoq oilaviy muhitda singdirilgan. U maktabda O‘qib yurgan kezlaridayoq xalq qo‘shiqlariga qiziqib, maktab tadbirlarida faol qatnashgan. 1980-yilda “Nazm va navo” ko‘rsatuvida “Munojot” va “Ushshoq” ashulalarini ijro etib, el nazariga tushadi. Aynan shu chiqishi orqali u Toshkentdagi maqom ansambliga taklif etiladi. Munojat Yo‘lchiyevaning san’atdagi parvozi ustoz Shavkat Mirzayev bilan bog‘liq. Mirzayev uning ovoz salohiyatini to‘g֥‘ri baholab, uni maqom xonandaligiga tayyorlaydi. Ustoz-shogird munosabatlari an’anaviy og‘zaki ta’lim asosida rivojlanib, Munojat Yo‘lchiyeva maqom ijrochiligida yuksak cho‘qqilarga erishadi. Shavkat Mirzayev unga faqat ijro mahoratini emas, balki san’atda sabr, fidoyilik va estetikani ham o‘rgatgan. Munojat Yo‘lchiyeva ustozining yordami bilan butun dunyoga mashhur maqom xonandasiga aylandi. Munojat Yo‘lchiyevaning ijodi an’anaviy maqom san’atining eng nafis qirralarini o‘zida mujassam etadi. U O‘zbek xalq qo‘shiqlari, katta ashulalar, maqom yo‘llarini o‘zbekona noziklik bilan kuylaydi. Munojot Yo‘lchiyeva Fransiya, Germaniya, Angliya kabi davlatlarda konsertlar bergan va maqom san’atini xalqaro miqyosda targ‘ib etgan. 1997-yilda “Sharq taronalari” festivalining g‘olibi bo‘lgan. U o‘zining pedagogik faoliyatini ham 1989- yildan boshlab Toshkent davlat konservatoriyasida olib borgan. Bugungi kunda yuzlab shogirdlari turli san’at maktablarida faoliyat yuritmoqda. Munojat Yo‘lchiyeva ijodida bastakorlik asarlari ahamiyati Munojat Yo‘lchiyeva ijro etgan bastakorlik asarlari orasida “Ashraqat”, “Dashti navo”, “Aylading”, “Nihon etdi” kabi mashhur kuylar bor. “Ashraqat” asari Alisher Navoiy g‘azali asosida, “Dashti navo” esa Gadoiy g‘azali bilan Shavkat Mirzayev tomonidan yaratilgan. Xonanda ushbu asarlarni sol minor tonallikda, talqin uslubida mahorat bilan ijro etgan. Har bir asarda asarning ruhiyatini to‘liq yetkazish, musiqaning mohiyatini chuqur tushunish Munojat Yo‘lchiyeva ijrochiligining muhim jihatlaridandir. Uning ijrosidagi har bir kuy o‘zining ichki mazmuni, ohangdorligi bilan tinglovchini o‘ziga tortadi. Ashulalarning har birini o‘z yaralish tarixi bor. Bu borada ustozimiz shunday degan edi: “Qo‘shiqlarimning hammasini sevaman. Chunki o‘zim tanlab kuylaganman. Ayniqsa, Muhammadjon Mirzayev kuyi, Akmal Po‘lat she’ri bilan aytiladigan “Mehnat ahli” (Bu qo‘shiqni bir paytlar mashhur ustoz-xonanda Halima Nosirovadek kuylashni orzu qilganman), yana shu bastakor ustozimiz musiqalari, Uvaysiy g‘azali bilan ijro etiladigan “Nihon etdi”, Huvaydo g‘azali bilan aytiladigan “Aylading” hamda Xalq ashulalaridan “Talqini Ushshoq”, “Bayoti Sheroziy Talqinchasi” “Izlayman”, “Girya”larni kuylaganimda o‘zimni sahnada emas, goh 112 SCIENCE SHINE INTERNATION
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchiyevaning hayoti, ijodi, ustoz-shogirdlik an’anasi asosidagi san’at yo‘li, pedagogik faoliyati, bastakorlik asarlaridagi roli va xalqaro miq…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchiyevaning hayoti, ijodi, ustoz-shogirdlik an’anasi asosidagi san’at yo‘li, pedagogik faoliyati, bastakorlik asarlaridagi roli va xalqaro miq… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- munojat lchiyeva, munojat lchiyevaning, shavkat mirzayev, maqom san, san atga, xalq artisti, zbekiston qahramoni
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025