Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA VATANNI SEVISH TUYG‘USINI O‘STIRUVCHI SHE’RLARDAN FOYDALANISHNING ILMIY NAZARIY AHAMIYATI
SCIENCE SHINE · NAZARIY AHAMIYATI · Xudoyqulova Gulshan Xudoyor qizi · Abdulla Avloniy, bolalar ijodkorlari · Munavvar qori Abdurashidxonov · Hamid Olimjon · Miraziz A’zam.
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
This article highlights the importance of children’s poems in developing a sense of patriotism in students. It is revealed what results can be achieved by using poems in lessons that foster a sense of love for the Motherland among elementary school students. The main idea of poems by children’s writers is highlighted. Keywords: Homeland, patriotism, folk oral art, education, Abdulla Avloni, children's artist, Munavvar qori Abdurashidkhanov, Mirkarim Osim, Hamid Olimjon, Miraziz A'zam. Vatanparvarlik – insonning o‘z Vatani, yurti, xalqi, millati, ona tili, dini, milliy merosi va madaniyatiga sadoqatli bo‘lishi, uni asrab-avaylash, tinch va farovonligi uchun xizmat qilishi kabi ezgu fazilatlarni o‘z ichiga oluvchi yuksak axloqiy tuyg‘udir. Bu tuyg‘u inson qalbida ona diyoriga bo‘lgan cheksiz muhabbati, g‘ururi va fidoiylik ruhida shakllanadi. Vatanparvarlik qadimdan o‘zbek xalqining tarbiya tizimida muhim o‘rin tutib kelgan. Xalq og‘zaki ijodidagi maqollar, matallar, aytishuv va dostonlar, ertaklar hamda afsonalarda yurtni sadoqat bilan himoya qilish, dushmanga qarshi mardlik bilan kurashish, xalqni ximoya qilish g‘oyalari badiiy ifodasini topgan. U yosh avlodni ezgulikka, insoniylik, mehnatsevarlikka, vatanparvarlikka o‘rgatishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.“Uch og‘a-ini botirlar”, “Ziyod botir”, “ Hunarli yigit”, “ 90 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025 Dono podsho” kabi ertaklar, “Alpomish ”, “Rustamxon”, “Kuntug‘mish” dostonlarini so‘zimizning isboti sifatida ko‘rsatishimiz mumkin. Qadimdan ota-bobolarimiz farzand tarbiyasiga kata e’tibor berganlar. Farzandlarining ezgu xulq sohibi bo‘lishi uchun turli ertak, rivoyatlar aytib berib, estetik ta’sir ko‘rsatganlar. Shu sababli bola tarbiyasida xalq og‘zaki ijodi muhim o‘rin egallaydi. U boy madaniy merosimizdan hisoblanib, xalqimizning turmush tarsi, milliy urf-odatlari, sabr va bardoshi bilan amalga oshiradigan mehnati, g‘am –tashvishlari, orzu-maqsadlari o‘z aksini topgan bo‘lib, har bir davrga moslashib, sayqallanib, og‘izdan-og‘izga o‘tib, bizgacha yetib kelgan. Vatani borning – baxti bor. Tug‘ilgan yering- Vataning Vatansiz inson – kuysiz bulbul. Baliq suv bilan tirik, odam – el bilan.20 Xalq og‘zaki ijodining yorqin durdonalaridan hisoblangan maqollarda ham vatanparvarlik, insonlarni vatanga, o‘z eliga muhabbatli bo‘lishga undash kabi g‘oyalar mujassamlashgan. Insonning o‘zi, uyi, oilasi, Vatani tinch bo‘lishi eng kata baxt ekanligini yosh avlodga singdirib borish foydadan xoli bo‘lmaydi. Buyuk ajdodlarimizdan biri Abdulla Avloniy: “Tarbiya biz uchun: yo hayot- yo mamot, yo najot- yo halokat, yo sadoqat- yo falokat masalasidir”, -deb aytganlaridek, biz tarbiyani bolalarga yoshligidanoq berishimiz kerak. Bolalarga ertaklar aytib berib, vatanga sadoqatni yoshlikdanoq qalbi va aqliga singdirib boriladi. Ta’lim va tarbiya inson hayotida hal qiluvchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ikki asosiy omildir. Ular orqali inson shakllanadi, yetuklashadi va jamiyatda o‘z o‘rnini topadi.Har bir taraqqiy etgan jamiyat ta’lim va tarbiyaga kata ahamiya bergan. Ta’lim va tarbiyali inson kuchli jamiyatni shakllantiradi, ijtimoiy muammolar kamayadi.Bunday insonlarning fikrlash doirasi keng, dunyoqarashi o‘zgacha, kreativ g‘oyalariga, o‘zining shaxsiy fikriga ega insonlar bo‘ladi. “Yaxshi inson-yaxshi fuqarodir, yaxshi fuqaro- yaxshi jamiyat poydevori”- degan mashhur ibora ham bejizga aytilmagan. Ta’lim insonni zamonaviy bilimlar bilan qurollantiradi, raqobatbardosh qiladi, tarbiya esa uning mas’uliyatli, sabrli, halol,ezgu fazilatlarga ega inson sifatida shakllantiradi va muvaffaqiyat sari yetaklaydi. Ta’lim orqali inson hayotda o`zining yo‘lini topadi, kasb- hunar egallaydi. Tarbiya unga to‘g‘ri yo‘lni tanlashda mezon bo‘lib xizmat qiladi. 20 “O`zbek xalq maqollari”. / kitob – Adabiyot uchqunlari , 2014 – 152b 91 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025 Vatanimiz taraqqiyoti, ertangi kunimizning qanday bo‘lishi bugungi kun yoshlariga bog‘liq. Yosh avlodni har tamonlama komil inson qilib tarbiyalash jamiyatdagi har bir insonning Vatan oldidagi burchidir. Bolalarning yaxshi inson bo`lishida oila, atrof-muhit, maktabning o`rni beqiyosdir. Bolalar maktabda faqat bilim olmaydi, ularga tarbiya ham beriladi. Maktabda o`quvchilarga zamonaviy bilimlar beriladi, tafakkuri va mantiqiy fikrlashi rivojlantiriladi, bilim,ko`nikma va malakalar shakllantiriladi, kasb tanlashga yo`naltiriladi. Shu bilan birga, axloqiy, ma’naviy, estetik va vatanparvarlik tarbiyasi beriladi. Maktabda tashkil etiladigan ma’naviyat soati darslari, tadbirlar, sinfdan tashqari ishlarning barchasi tarbiyaning bir qismidir. Bu kabi mashg‘ulotlar o‘quvchilarni jamoada o‘zini tutishga, jamoat joylarida amal qilinishi lozim bo‘lgan odob-axloq qoidalarini amalda o‘rganishga, Vatanni sevishga, ajdodlarga munosib avlod bo‘lishga o‘rgatadi.Bolalar ijodkorlari o‘z ijodlari, yozgan she’rlari orqal
Доказательный фрагмент
«This article highlights the importance of children’s poems in developing a sense of patriotism in students.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the importance of children’s poems in developing a sense of patriotism in students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Homeland, patriotism, folk oral art, education, Abdulla Avloni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025