К содержанию
РецензированоUZ2025

DETALLARNI YEYILGAN YUZASINI QAYTA TIKLASHNING DOLZARB MASALALARI

SCIENCE SHINE · Rustamov Raxmatali Murodovich · Ruziyev Akbarali Yunusali o‘g‘li

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Bugungi kunda respublikamizda mashinasozlik sohasini jadal rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri bu texnik modernizatsiya qilish yoki boshqacha aytganda, ilmiy-texnik rivojlanishning yutuqlariga asoslangan yangi texnika va texnologiyalarni mashinasozlik ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish hisoblanadi. Respublikamizda yo‘l qurish, qurilish, konchilikda qazish ishlari hajmini orttirish, ishlab chiqarishning moddiy va energetik harajatlarini kamaytirish, ularda keng qo‘llaniladigan texnika vositalaridan samarali foydalanish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. Annotation. Today, one of the main conditions for the accelerated development of the machine-building industry in our republic is technical modernization, or in other words, the introduction of new equipment and technologies based on the achievements of scientific and technological development into machine-building production processes. In our republic, large-scale measures are being implemented to increase the volume of road construction, construction, and mining operations, reduce material and energy costs of production, and effectively use the widely used technical means, and certain results are being achieved. Kalit so‘zlar: tosh, tuproq, ekskavator, yeyilish, ishqalanish, resurs, mexanizm, qayta tiklash, qoplama. Keywords: stone, soil, excavator, wear, friction, resource, mechanism, restoration, coating. Asosiy qism. Yo‘l qurish, qurilish, konchilik va melioratsiya sohalaridagi tosh- tuproq qazish mashinalarini yeyiladigan detallarining, ayniqsa ularning asosiy qismini tashkil etadigan ekskavator cho‘mich tishlarining, resursini oshirish dolzarb 73 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025 masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun respublikamiz sharoitida mavjud tosh- tuproqlarning turlari va mexanik xossalarini hamda yo‘l qurish va tosh-tuproq qazish mashinalaridan foydalanishning hozirgi holati o‘rganildi va tahlil qilindi. Kovshining sig‘imi 0,15 dan 4 m3 gacha bo‘lgan universal qurilish Ekskavatorlari sanoat, uy-joy va melioratsiya qurilishida ishlatishga mo‘ljallangan. Kovshining sig‘imi 2 dan 8 m3 gacha bo‘lgan karerbop gusenitsali ekskavatorlar gruntni qazish va ochiq konlarda foydali qazilmalarni qazib olish uchun ishlatiladi. Kovshining sig‘imi 6 m3 dan oshadigan gusenitsali ochuvchi ekskavatorlar strelasining uzaytirilganligi bilan farq qilib, tog‘-kon sanoatida ochiq konlardagi foydali qazilmalarni berkitib turuvchi gruntni kavlab, uni belgilangan joyga chiqarib tashlashga mo‘ljallangan. Kovshining sig‘imi 6-10 m3 li odimlovchi maxsus ekskavatordraglaynlardan ham yuqorida aytilgan maqsadlarda foydalaniladi. Bir kovshli ekskavatorlarda mexanizmlarni harakatga keltirish uchun asosan dizel yoki elektr dvigatellar ishlatiladi. O‘rnatilgan dvigatellar soniga ko‘ra ekskavatorlar bitta dvigateldan va ko‘p dvigateldan yurgiziladigan harakat dvigateldan mexanizmlarga turli xil yuritma sistemalar vositasida uzatiladi. Gidravlik ekskavatorlar. Bir kovshli ekskavatorlarni takomillashtirishning eng ilg‘or yo‘nalishlaridan biri ularning ayrim mexanizmlari konstruksiyasida gidravlik yuritmani qo‘llashdan iboratdir. Ammo, ish jihozining yuritmasi gidravliklashtirilgan ekskavatorlargina gidravlik ekskavatorlar deb ataladi. Ish jixozining, ish yurishining, burilma platformasining boshqarmasi va qo‘shimcha tayanchlarining yuritmasi gidravliklashtirilgan ekskavatorlar eng takomillashgan bir kovshli gidravlik ekskavatorlar hisoblanadi. Mavjud mashinalarga davriy ravishda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash orqali ularning ishga yaroqliligi saqlab turiladi. Bunday tadbirning muhimligini quyidagi misollardan ko‘rish mumkin. Mavjud mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash harajatlari nisbatan yuqori bo‘lib, ular mashinalardan foydalanish samaradorligini pasayishiga olib kelmoqda. Bu esa mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini takomillashtirish va ularga sarflanadigan harajatlarini kamaytirish yo‘llarini izlab topish talabini qo‘ymoqda. Gidravlik yuritmali ekskavatorlar mexanik yuritmali ekskavatorlarga nisbatan qator afzalliklarga ega: Jonyang JY-623 O‘lchov birligi Qiymati To‘liq nomi Jonyang JY-623ELD Umumiy vazni kg 23900 Dvigatel madeli B5.9-C 74 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025 Dvigatel turi dizel Dvigatel quvvati kV 133 Aylanish tezligi Ayl/min 2000 Ishlab chiqaruvchi Cummins Maksimal tezlik Km-soat 4,6 Gabarit o‘lchamlari mm 11530x3000x3250 G‘ildiraklar, orqa-oldi mm 2400 Qazish chuqurligi mm 9600 Tushirish balandligi mm 8010 Cho‘mich sig‘imi m3 0,6 1) konstruksiyasi uncha murakkab emas, massasi va o‘lchamlari kichikroq (konstruksiyadan transmissiyaning ko‘pgina elementlari friksion muftalar, reduktorlar, kardanli uzatmalar, kanatlar va boshqalar chiqarib tashlangan); 2) ish jihozining harakatlari ravonroq (tezlikni poronasiz rostla

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda respublikamizda mashinasozlik sohasini jadal rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri bu texnik modernizatsiya qilish yoki boshqacha aytganda, ilmiy-texnik rivojlanishning yutuqlariga asoslangan yangi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda respublikamizda mashinasozlik sohasini jadal rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri bu texnik modernizatsiya qilish yoki boshqacha aytganda, ilmiy-texnik rivojlanishning yutuqlariga asoslangan yangi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
stone, soil, excavator, wear, friction, resource, mechanism
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти