Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIMDA IJTIMOIY ARALASH YOSHLI GURUHLARNING TIZIMI VA MUAMMOLARI
SCIENCE SHINE · Yuldasheva Feruza
Свет науки · 1 · 136-142 · 2025
Аннотация
This article describes the role and importance of the preschool educationsystem in the life of the state and society, mixed age groups, age-specific characteristics of children. The problems, shortcomings and their solutions in the field of preschool education are highlighted in the recommendations and conclusions. Keywords: cognitive processes, motivation, intellectual ability, individuality, constructive games, leadership, innovation. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, har bir davlat istiqbolini qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘z taraqqiyoti va ilm fan ravnaqi yo‘lini belgilab olgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng yuksak ma’naviyat, buyuk qadriyat, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish va isloh qilish masalasini davlat siyosati darajasigacha ko‘tarilishi fikrimizning yaqqol dalilidir. Bu yo‘lda barcha o‘zbek xalqi birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib tarixiy tajribalar asosida to‘planib boyib borgan ezgu maqsadlarga yo‘g‘rilgan ma’naviyat, ma’rifat, ilm-fan yo‘lida 42 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025 sobitqadamlik bilan jasorat ko‘rsatgan buyuk xalqimizning mashaqqati, say harakatlari maxsuli desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Darhaqiqat, mamlakatimizda milliy genofondini mustahkamlash, yosh avlodni yetuk kadrlar qilib tarbiyalash masalalariga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi. Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida maktabgacha ta’lim tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanidan dalolat beradi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashda qator muammo va kamchiliklarga duch kelishimiz mumkin. Bu muammolar quyidagilar: bolalarni innovatsion fikrlash qobiliyati, intelektual rivojlanish yo‘nalishi bo‘yicha metodik qo‘llanmalarning kamligi, jismoniy chiniqtirish borasida suv muolajasi bo‘yicha gigienik talablarga javob beradigan moddiy texnik bazani yetarli emasligi, chet tillarini o‘rgatish imkoniyatlarini kamligi shular jumlasidandir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida aralash yoshdagi guruhlar tashkil qilingan. Bu guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 12 nafardan oshmagan bolalar qamrab olinadi. Bu guruhlarda bolalarning yoshi turlicha bo‘lganligi sababli tarbiyachiga birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi va mashg‘ulotlar umumiy tarzda olib boriladi. Ushbu guruhdagi bolalarni qiziqishlarini, ijtimoiy yo‘nalganligini hisobga olgan holda mashg‘ulotlar olib borish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga juda katta ahamiyat berilmoqda, masalan, xususiy bog‘chalar, sheriklikdagi bog‘chalar kabi bunga misoldir. Davlat va nodavlat shaklida, shu jumladan DXSh shartlarida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti quyidagi turlarda boʻlishi mumkin: ➢ umumiy turdagi guruhlar – ularda umumiy rivojlanish yoʻnalishidagi guruhlarda davlat ta’lim dasturlari amalga oshiriladi; 43 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025 ➢ koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan guruhlar – rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun; ➢ inklyuziv guruhlar, ularda sogʻlom muhitga uygʻunlashtirish orqali bolalarning ta’limga boʻlgan alohida ehtiyojlari va shaхsiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda teng darajadagi ta’lim va tarbiya ta’minlanadi; ➢ qoʻshma turdagi guruhlar – bitta tashkilotda rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan va bunday nuqsoni boʻlmagan bolalarni alohida guruhlarda, shuningdek inklyuziv guruhlarda qoʻshma turda ta’lim olib boriladi. Guruhlar yoshga doir toifalar boʻyicha o ilk rivojlanish (1 yoshdan 3 yoshgacha), o kichik (3 yoshdan 4 yoshgacha), o oʻrta (4 yoshdan 5 yoshgacha), o katta (5 yoshdan 6 yoshgacha) guruhlarga o maktabga tayyorlov guruhiga (6 yoshdan 7 yoshgacha) boʻlinadi. Guruhlarni toʻldirish va bolalarni bir guruhdan boshqasiga oʻtkazish har yili oʻquv yili boshlanguniga qadar amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga koʻra guruhlarni ularni toʻldirishning eng koʻp miqdori oshirilgan holda tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi. N
Доказательный фрагмент
«This article describes the role and importance of the preschool educationsystem in the life of the state and society, mixed age groups, age-specific characteristics of children.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the role and importance of the preschool educationsystem in the life of the state and society, mixed age groups, age-specific characteristics of children. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cognitive processes, motivation, intellectual ability, individuality
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026