К содержанию
РецензированоUZ2025

EMOTSIONAL INTELLEKTNING SHAXS FIKRLASH JARAYONIGA TA’SIRI

SCIENCE SHINE · Xudaynazarov Suhrob Ikrom o‘g‘li

Свет науки · 1 · 197- 215 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada emotsional intellekt (EI) va inson fikrlash jarayoni o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy asosda tahlil qilinadi. Zamonaviy psixologik nazariyalar, neyropsixologik tadqiqotlar va empirik ma’lumotlarga tayanilgan holda, EI ning tanqidiy fikrlash, qaror qabul qilish, muammolarni hal qilish va ijodiy tafakkurga ko‘rsatadigan ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari EI ni o‘rganish va rivojlantirishning ta’lim va kasbiy rivojlanishga bo‘lgan ahamiyatini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar. Emotsional intellekt, fikrlash jarayoni, tanqidiy fikrlash, qaror qabul qilish, empatiya, ijodiy tafakkur, hissiy barqarorlik, kognitiv faoliyat, emotsional ong, intellektual rivojlanish, psixologik tahlil. Annotation. This article scientifically analyzes the interrelationship between emotional intelligence (EI) and the human thought process. Drawing on modern psychological theories, neuropsychological research, and empirical data, the influence of EI on critical thinking, decision-making, problem-solving, and creative thinking is highlighted. The research results demonstrate the importance of studying and developing EI for education and professional development. Keywords. Emotional intelligence, thinking process, critical thinking, decision- making, empathy, creative thinking, emotional stability, cognitive activity, emotional awareness, intellectual development, psychological analysis. Kirish. Fikrlash insonning ongli kognitiv faoliyati bo‘lib, axborotni qayta ishlash, tahlil qilish, umumlashtirish va qaror qabul qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. So‘nggi yillarda emotsional intellekt atamasi psixologiya fanida alohida e’tibor markaziga aylandi. Shaxsning emotsional salohiyati nafaqat hissiy holatini belgilaydi, balki uning kognitiv faoliyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqola EI ning shaxs tafakkuriga qanday ta’sir qilishini ilmiy yondashuv asosida tahlil qiladi. Emotsional intellektning psixologik xususiyatlarini tadqiq etar ekanmiz, albatta avvalo uning asosi hisoblanuvchi emotsiya va intellekt psixologik hodisalarining 37 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025 talqiniga to‘xtalib o‘tish joiz. Emotsiya (lot. emovere – ajablanish, hayajonlanish, ta’sirlanish) – o‘rtacha davomiylikka ega psixik holat bo‘lib, mavjud yoki mumkin bo‘lgan vaziyatlarga va obyektiv dunyoga subyektiv baholovchi munosabatni aks ettiradi. Emotsiyalar real dunyoni ong orqali aks ettirish shakllaridan biri hisoblanib, bir tomondan ichki ehtiyoj va motivlar bilan, ikkinchi tomondan tashqi vaziyatning o‘ziga xos xususiyatlari bilan shartlanadi. Intellekt (lot. intellectus – tushunish, bilish) tadqiqotchilar tomonidan keng o‘rganilgan o‘ziga xos psixologik hodisa bo‘lib, ularning aksariyati umumiy intellekt muammosiga bag‘ishlangan. Intellektning an’anaviy koeffitsiyenti IQ insonning ma’lumotlar, raqamlar, mantiqiy qoidalar, chizmalar va boshqalarni tez idrok qilishi, yodlashi, mavhum fikrlashi, murakkab tushunchalarni tushunishi va amaliyotda qo‘llashi, yangi vaziyatlarga moslashishi, mantiqiy, ijodiy va oqilona yondashuvni talab qiladigan muammolarni hal qilishidan iborat bilish qobiliyatlari yig‘indisi hisoblanadi [1]. Emotsional intellekt mayishiy psixologiyada ham muhum ahamiyatga ega bo‘lib, shaxslararo munosabatlarda ham asosiy rol o‘ynaydi. EIning bir qancha komponentlari shaxsning ratsinal qarorlani qabul qilishiga va ijodiy fikrlashiga yordam berdi. Emotsional intellekt (yoki his-tuyg‘ular intellekti) — bu insonning o‘z his- tuyg‘ularini va boshqalar his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish, tushunish va ularga mos ravishda harakat qilish qobiliyatidir [2]. Emotsional intellektning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: O‘zini anglash (Self-awareness) ⎯ O‘z his-tuyg‘ularini aniqlay olish va ularni tushuna olish qobiliyati. ⎯ O‘z kuchli va zaif tomonlarini bilish. ⎯ O‘z-o‘zini baholay olish va ishonch darajasi. O‘zini boshqarish (Self-regulation) ⎯ His-tuyg‘ularni nazorat qilish va impulsiv harakatlarni boshqarish. ⎯ Salbiy his-tuyg‘ular (g‘azab, xavotir) ustidan nazorat o‘rnatish. ⎯ Moslashuvchanlik va stressga bardoshlilik. ⎯ Mas’uliyat bilan harakat qilish. Ichki motivatsiya (Internal motivation) ⎯ Ichki rag‘bat orqali harakat qilish (tashqi mukofot emas). ⎯ Maqsad sari qat’iyat bilan intilish. ⎯ Optimistik qarash va tashabbuskorlik. Empatiya (Empathy) ⎯ Boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunish va his eta olish. 38 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025 ⎯ Turli nuqtai nazarlarni qabul qilish va insonlar orasidagi farqlarni qadrlash. ⎯ Ijtimoiy signal va his-tuyg‘ularni to‘g‘ri talqin qilish. Ijtimoiy ko‘nikmalar (Social skills) ⎯ Boshqalar bilan samarali muloqot qilish. ⎯ Konfliktlarni hal qilish. ⎯ Rahbarlik qilish yoki jamoada ishlash. ⎯ Ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish va boshqarish. Bu komponentlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, emotsional intellektning samarador ishlashini ta’mi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada emotsional intellekt (EI) va inson fikrlash jarayoni o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy asosda tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada emotsional intellekt (EI) va inson fikrlash jarayoni o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy asosda tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Emotional intelligence, thinking process, critical thinking, decision-
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники