Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AVTOBIOGRAFIK ROMANLARDA REPRESSIYA MAVZUSI (“KAFANSIZ KO‘MILGANLAR” ASARI ASOSIDA)
SCIENCE SHINE · KO‘MILGANLAR” ASARI ASOSIDA) · Robiyaxon Sobitova Salohiddin qizi · Qo‘qon DU talaba
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada avtobiografik asarlar doirasida, xususan Shukrullo Yusupovning “Kafansiz ko‘milganlar” nomli romani misolida, XX asrning o‘rtalarida yuz bergan qatag‘on voqealari, bu fojialarning ziyolilar hayoti va jamiyat ongidagi o‘rni tahlil etiladi. Muallif tomonidan qalamga olingan asar, o‘z boshidan o‘tgan og‘ir sinovlar va jamiyatdagi ko‘plab begunoh insonlarning taqdirini yoritishga bag‘ishlangan. Annotation: this article analyzes the events of repression in the middle of the 20th century, the role of these tragedies in the lives of intellectuals and the minds of society in the framework of autobiographical works, in particular on the example of Shukrullo Yusupov's novel “buried without shrouds”. The work, penciled by the author, is dedicated to highlighting the hard trials that have gone through and the fate of many innocent people in society. Kalit so‘zlar: Shukrullo Yusupov, qatag‘on, surgun, millatchilik, “Kafansiz ko‘milganlar”, avtobiografik roman, mustabid tuzum. Keywords: Shukrullo Yusupov, repression, exile, nationalism, “buriyed without shrouds”, autobiographical novel. Avtobiografik roman janri, adib hayoti va tarixiy haqiqatlar orasidagi ziddiyat va uyg‘unlikni yoritish imkonini beradi. Ayniqsa, XX asrning 30–50-yillarida Sovet tuzumining totalitar siyosati, xalq dushmani tamg‘asi, surgunlar, qiynoqlar va jazolar milliy adabiyotda og‘riqli bir mavzu sifatida qayta-qayta ko‘tarilgan. Shu nuqtai nazardan, Shukrullo Yusupovning “Kafansiz ko‘milganlar” romani avtobiografik romanlar orasida alohida o‘rin egallaydi. Asarda muallif o‘z boshidan kechirgan kechinmalar, siyosiy zulm davrida xalqning va ziyolilarning boshiga tushgan musibatlarni tasvirlash orqali nafaqat o‘z biografiyasini ochib beradi, balki butun bir davrning ma’naviy-ruhiy fojeasini ochadi. Repressiya mavzusi faqat tarixiy faktlarni emas, balki inson ruhiyatidagi sindirish, bardoshlik va e’tiqod singari murakkab psixologik holatlarni ham yoritish orqali badiiy chuqurlik kasb etadi. Shukrullo Yusupov o‘zining shaxsiy taqdiri misolida totalitar tuzumning ayovsiz mexanizmini 29 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025 fosh etadi, ijtimoiy adolat va inson qadr-qimmati haqida o‘ylashga chorlaydi. Asar uslubiy jihatdan ham yuksak darajada – lirik-publitsistik ohang, ichki monolog, ramziy tasvirlar vositasida yozilgan bo‘lib, o‘quvchini hissiy jihatdan larzaga soladi. Natijada, “Kafansiz ko‘milganlar” nafaqat avtobiografik roman sifatida, balki adabiyotimizda repressiya mavzusini teran yoritgan muhim asar sifatida baholanadi Shukrullo Yusupov 1951-yilda “millatchilik” va “sovet tuzumiga qarshi targ‘ibot” qilganlik aybi bilan qamoqqa olinadi. Tergov davomida unga asossiz ayblovlar qo‘yilib, ularni tan olishga majbur qilinadi. “Bordiyu kimdir menga bu ko‘rgiliklar biron payt ota-onangning dilini ranjitganing, ozor berganing uchun desa, ularning oyoqlariga yiqilib tavba-tazarru qilishga, hatto har qanday jazoga ham rozi bo‘lardim. Ammo o‘z vatanim, xalqimga aslo xiyonat qilgan emasman! Agar shundoq bo‘lganda o‘limimga rozi edim”8, – deya yozadi adib. Bu haqsizliklar haqida yozuvchi keyinchalik “Kafansiz ko‘milganlar” romanida atroflicha so‘z yuritadi. Roman asosan muallifning o‘zi va uning atrofi – yaqinlari, qamoqdoshlari, tergovchilar va boshqa tarixiy shaxslarning hayoti asosida yaratilgan. Adib qamoq va surgun yillarida kechgan og‘ir sharoit, azob-uqubat, ruhiy iztirobga qaramay, ijoddan to‘xtamaydi. U qatag‘on siyosatining asl mohiyatini ochib berishni o‘zining burchi deb biladi. Roman 1951-yilda yozila boshlangan bo‘lsa-da, mustaqillik davrigacha nashr etilmaydi va 1991-yilda chop etiladi. Unda muallif faqat o‘z hayotini emas, balki xalq taqdirini, ularning boshiga tushgan zulm va og‘riqni butun borlig‘i bilan tasvirlaydi. Roman Turkiston ziyolilari va xalqining eng og‘ir, qora davrlarini yoritadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Cho‘lpon, Qodiriy, Usmon Nosir kabi fidoiylar, begunoh o‘lim topgan minglab insonlarning ruhi, bu asarda “tirik ruhlar” deb atalib, ularga ramziy tarzda hurmat bajo keltiriladi. Asarda yozuvchi nafaqat qatag‘on davrining ruhan va jismonan iztirobini ochib beradi, balki o‘sha tuzumning butunlay zo‘ravonlik, adolatsizlik va shafqatsizlik asosida mavjud bo‘lganligini fosh etadi. Jazoni Sibirdagi lagerlarda o‘tagan Shukrullo Stalin o‘limidan so‘ng ozod etiladi va oqlanadi. Yillab ma’naviy va ruhiy, jismoniy qiynoqlarda ezilgan, dunyoda adolat bir kuni, albatta, qaror topishiga ishonib, turli qamoq va lagerlarda surgunlik va tutqunlikka sabr qilib kelgan shoir o‘z ona vataniga qaytganidan so‘ng, ruhiy tushkunliklar ta’siriga qaramasdan o‘zining ijodkorlik faoliyatini to‘xtatib qo‘ymaydi, aksincha, lirika bilan bir qatorda nasriy va dramatik janrlarga ham qo‘l 8 Shukrullo. Kafansiz ko’milganlar. Toshkent:Yangi asr avlodi,2020.11-b. 30 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025 uradi. Turkiston ziyolilarining
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada avtobiografik asarlar doirasida, xususan Shukrullo Yusupovning “Kafansiz ko‘milganlar” nomli romani misolida, XX asrning o‘rtalarida yuz bergan qatag‘on voqealari, bu fojialarning ziyolilar hayoti va ja…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada avtobiografik asarlar doirasida, xususan Shukrullo Yusupovning “Kafansiz ko‘milganlar” nomli romani misolida, XX asrning o‘rtalarida yuz bergan qatag‘on voqealari, bu fojialarning ziyolilar hayoti va ja… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Shukrullo Yusupov, repression, exile, nationalism, “buriyed without
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025