К содержанию
РецензированоUZ2025

XUDOYORXON O‘RDASI: SAROYDAN MUZEYGACHA BO‘LGAN YO‘L

SCIENCE SHINE · G‘aniyev Hojiakbar · Ilmiy rahbar: Abdullayev Ravshanjon

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining eng yirik me’moriy inshooti, sayyohlar orasida vodiyning tashrif qog‘ozi deya e’tirof etiladigan Xudoyorxon saroyining davlatning bosh boshqaruv qarorgohidan muzeyga aylantirilguncha bo‘lgan tarixi haqida qisqacha mulohazalar bayon etilgan. Qo‘qon xonligi davrida qurilgan ushbu saroy, o‘zining me’moriy go‘zalligi va tarixiy ahamiyati bilan diqqatga sazovordir. Kalit so‘zlar: Xudoyorxon, Qo‘qon, Mir Ubaydulloh, o‘rda, muzey, rus bosqini, Qo‘qon shahar o‘lkashunoslik muzeyi. XIX asr O‘rta Osiyo me’morchiligining eng yirik namunalaridan biri shubhasiz Xudoyorxon saroyi hisoblanadi. Qo‘qonning so‘nggi xonlaridan biri bo‘lgan Xudoyorxon (1845–1858, 1862–1863, 1865–1875 yillar) nomi bilan atalgan ushbu muhtasham saroy qurilishi 1865–1873 yillar oralig‘ida amalga oshirilgan. Mazkur saroy qurilishi va uning tuzilishiga oid ma’lumotlar o‘sha davr tarixchilari hamda Qo‘qonga tashrif buyurgan elchi va sayyohlarning esdaliklarida uchraydi. Saroyni ko‘rgan mualliflar ushbu obida haqida o‘z esdaliklarida katta tasurotlar bilan yozadilar. Jumladan XIX asrning 70-yillarida Qo‘qonda bo‘lgan amerikalik sayohatchi va tadqiqotchi Yujin Skayler Xudoyorxon o‘rdasini shunday tariflaydi: O‘rta Osiyodagi boshqalariga qaraganda eng katta va muhtasham – burchaklaridan tashqari markazida ikkita minorasi mavjud, old yuzasi butkul oq, moviy va yashil koshinlar bilan qoplangan va araqilari bo‘ylab “Sayyid Muhammad Xudoyorxon tomonidan 1287-yilda qurilgan” deb bitilgan katta yozuvli, ajoyib ikki yoki uch qavatli bino bor”5. Saroy qurilishiga Qo‘qon va Buxoro xonligining eng yaxshi ustalari jalb qilingan. Me’morboshi – Mir Ubaydulloh loyihasi asosida tepalikka, baland g‘ishtli poydevorga qurilgan. Devor va gumbazlarni Mulla Suyarqul, usta Solihxo‘ja, 5 Скайлер Ю. Туркистон: Россия Туркистони, Қўқон, Бухоро ва Ғулжага саёҳат қайдлари / Кириш, инглиз тилидан қисқартирилган таржима, изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифи З.Саидбобоев – Тошкент: O‘zbekiston, 2019. – Б. 253 14 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025 buxorolik usta Fozilxo‘ja, Isaboy Maxdum va usta Mulla Azamatlar qurganlar. Usta So‘fi Yo‘ldosh, usta Fozilxo‘ja, usta Mamarasul (Muhammad Rasul), usta Maxzum hoji Marg‘iloniy va usta Hakimboy Marg‘iloniylar naqsh va yog‘och o‘ymakorligi bezaklarini amalga oshirganlar. Xattot – Muhammad Turdiali, Mirza Bobokalon bin Muhammadrizo, Mirzo Mir Muhammad Xo‘qandiy bin Mirzo Muhammad Buxoriy, bosh koshinkor – rishtonlik kulol, usta Abdulloh, sirkorlikni Muhammad Olim Sirchi bajargan6. 100 dan ortiq xonadan iborat bo‘lgan saroy bir nechta yirik qismlardan iborat edi: qal’a, davlatxona, haram, shahnishin, xo‘jalik va ma’naviy bo‘limlar. Mazkur saroy ayni vaqtda poytaxti Qo‘qon shahri bo‘lgan yirik bir davlatning bosh boshqaruv qarorgohi edi. Afsuski, ushbu yirik inshoot Qo‘qon xonlari uchun uzoq xizmat qilmadi. 1876- yilda Rossiya imperiyasi qo‘shinlari tomonidan Qo‘qon xonligi butunlay egallanib, davlat sifatida tugatilganidan so‘ng mazkur saroy ham mustamlakachilar tasarrufiga o‘tdi va saroyning bosh ma’muriy maskan sifatidagi roli yo‘qotildi. Saroy rus ma’muriyati qo‘liga o‘tgach, uning ikkinchi hayoti boshlandi desak bo‘ladi. Dastlab, u garnizonga aylantirildi va uning ko‘p qismi buzib tashlandi. Shu bilan birga, saroyda mustamlakachilar uchun maktab, zobitlarning oilalari yashashi uchun xonadonlar hamda cherkov tashkil etildi. Sovet hokimiyati yillariga kelib, o‘rda binosida Qashshoqlar qo‘mitasi hamda Qo‘shchi sayuzi idorasi ochildi. 1925-yilda Xudoyorxon saroyi hududida muzey tashkil etildi. Turli yillarda bir necha bor nomi o‘zgargan mazkur muzeyga 1959- yilda Qo‘qon Shahar o‘lkashunoslik muzeyi nomi berildi7. Aytish joizki, saroyning muzeyga aylantirilishi uni keyingi talofatlardan asrab qoldi, deyish mumkin. Mustamlakachilik yillaridagi turli talofatlardan omon qolgan Xudoyorxon saroyi tarixida O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi bilan yangi davr boshlandi. Hukumat tomonidan ushbu muhtasham inshootni asrab-avaylash va uni uzoq yillar davomida saqlab qolish maqsadida saroy hududida bir necha marotaba ta’mirlash ishlari olib borildi. Bugungi kunda Xudoyorxon saroyi Farg‘ona vodiysining eng diqqatga sazovor joylaridan biri sifatida tanilgan bo‘lib, nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlar orasida ham katta mashhurlikka ega. Qo‘qon shahrining markazida joylashgan ushbu me’moriy yodgorlik, o‘zining betakror arxitekturasi, boy tarixi va madaniy ahamiyati bilan sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. 6 O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar Farg‘ona. – Toshkent: Uzbekistan today, 2016. – B. 120. 7 Қўқон давлат музей-қўриқхонаси тўплами. – Тошкент: Silk Road Media, 2022. – B. 36. 15

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining eng yirik me’moriy inshooti, sayyohlar orasida vodiyning tashrif qog‘ozi deya e’tirof etiladigan Xudoyorxon saroyining davlatning bosh boshqaruv qarorgohidan muzeyga aylantirilgunch…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining eng yirik me’moriy inshooti, sayyohlar orasida vodiyning tashrif qog‘ozi deya e’tirof etiladigan Xudoyorxon saroyining davlatning bosh boshqaruv qarorgohidan muzeyga aylantirilgunch… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xudoyorxon saroyi, farg ona, mazkur saroy, ona vodiysining, vodiysining eng, eng yirik, sayyohlar orasida
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники