Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KORRUPSIYA JINOYATINI SODIR QILGAN SHAXSNING KRIMINOLOGIK PORTRETINI O‘RGANISH MUAMMOLARI
SCIENCE SHINE · Majitov Alijon Vali o‘g‘li · СОВЕРШИВШЕГО КОРРУПЦИОННЫЙ ПРЕСТУПЛЕНИЙ
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
В данной статье анализируются проблемы личности преступника, совершившего коррупционные преступления, и вопросы изучения ее криминологического портрета, научные и практические рекомендации в этой области, а также разрабатываются рекомендации и предложения, направленные на совершенствование его изучения. Ключевые слова: коррупция, криминологическая характеристика, личность преступника, латентная преступность, коррупционер, кодекс поведения, бытовая коррупция, открытость. PROBLEMS OF STUDYING THE CRIMINAL PORTRAIT OF A PERSON WHO COMMITTED CORRUPTION CRIME Annotation: This article analyzes the problems of a criminal person who committed corruption crimes and the issues of studying his criminological portrait, scientific and practical recommendations in this area, and develops recommendations and proposals aimed at improving its study. 8 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025 Keywords: corruption, criminological description, criminal person, latent crime, corrupt person, code of conduct, domestic corruption, openness. Material va metodlar: Maqola tayyorlashda O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati, xalqaro huquqiy me’yorlar, davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, shuningdek, ilg‘or ilmiy va yuridik adabiyotlardan keng foydalanildi. Matnda bir qator xorijiy va milliy olimlarning izlanishlari, Daniya, Singapur, Ukraina, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarning qonunchilik tajribasi, Transparency International xalqaro reytinglari va O‘zbekistonning rasmiy statistik ma’lumotlari, tahliliy, mantiqiy, tizimli va qiyosiy-huquqiy metodlar asosida tahlil qilindi. Kirish. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurash Konvensiyasi” muqaddimasida “Korrupsiya jamiyat barqarorligi va xavfsizligiga tahdid soladigan, demokratik institutlar, axloqiy qadriyatlar va adolatga putur yetkazadigan hamda barqaror rivojlanish va qonun ustuvorligiga zarar yetkazuvchi muammolar va tahdidlarning jiddiyligi”1 deya qayd etilgan. Aytishimiz mumkinki, korrupsiya faqat mahalliy muammo emas, balki barcha mamlakatlar jamiyati va iqtisodiyotiga ta'sir qiluvchi transmilliy hodisaga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda O‘zbekiston jamiyatdagi korrupsiyaga qarshi faol kurash yo‘lidan bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Korrupsiyaning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investisiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”. Bugungi kunda mamlakatimiz uchun korrupsiya muammosi, uning turli ko‘rinishlarini yo‘q qilish va tarqalishiga qarshi kurashish, korrupsiyaga qarshi samarali siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish juda keskin va hayotiy ahamiyatga ega. Aynan shu maqsadda keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalari natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilingan bo‘lib, unda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish asosiy ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilab qo‘yilgan. 1 United Nations Convention against Corruption (Adopted by General Assembly resolution 58/4 of 31 October 2003). httрs://www.un.оrg/ru/dоcuments/decl_cоnv/cоnventiоns/cоrruрtiоn.shtml. 9 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 15(50), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.06.2025 Asosiy qism. Har qanday ijtimoiy-salbiy hodisani yoki jinoyatchilikni, shu jumladan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashda mazkur illatni vujudga keltiruvchi sabablar va unga imkon beruvchi shart-sharoitlarni o‘rganish, tahlil qilish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan ushbu ijtimoiy-salbiy hodisani vujudga keltiruvchi sabablar va unga imkon beuvchi shart-sharoitlarni o‘rganish va aniqlash orqaligina korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish imkoniyati vujudga keladi. Professor G.A.Avanesovning fikricha, har bir ijtimoiy voqelik, shuningdek jinoyatchilikni o‘rganish ham o‘z mohiyatiga ega. Zotan, kriminologiya jinoyatchilikni mavjud voqelik, “yaxlit bir organizm” sifatida o‘rganadi2. Kriminologiya nuqtayi nazaridan korrupsiya bu mansabdor shaxslar va davlat xizmatchilarining sotib olinishi va shu asosda ularning o‘z shaxsiy yoki jinoiy guruh, uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab rasmiy xizmat vakolatlaridan hamda ular bilan bog‘liq obro‘si va imkoniyatlaridan foydalanishi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy hodisadir3. Ushbu jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi shundan iboratki, ularning sodir etilishi natijasida davlat organlarining normal faoliyati jiddiy ravishda buziladi, umuman olganda jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkaziladi. Korrupsiya fenomenini tushunishga oid t
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются проблемы личности преступника, совершившего коррупционные преступления, и вопросы изучения ее криминологического портрета, научные и практические рекомендации в этой области, а также разр…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются проблемы личности преступника, совершившего коррупционные преступления, и вопросы изучения ее криминологического портрета, научные и практические рекомендации в этой области, а также разр… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- corruption, criminological description, criminal person, latent crime
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025