Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DUAL TA’LIMNI JORIY ETISH METODLARI
UZBEKISTAN” JURNALI · Karimova Nozima Nurmuxamadovna (Ashurova Sanobar Yuldashevna, Professional ta’limni rivojlantirish instituti,) · Professional ta’limni rivojlantirish (Ashurova Sanobar Yuldashevna, Professional ta’limni rivojlantirish instituti,)
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
This article examines the theoretical foundations of dual education methods, various country models, and their applications. The dual education system is aimed at developing students' professional skills by combining theoretical knowledge with practical experience. The experiences of countries like Germany, Switzerland, and Uzbekistan are studied for the effectiveness and shortcomings of dual education. The advantages and problems of dual education, its impact on youth employment, and future development directions are also discussed. Keywords: dual education, theoretical foundations, practical experience, professional skills, employment, education model Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini amaliyotga keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jamiyat taraqqiyotini ilm-fan rivojisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki, ilm-fan ishlab chiqarish va uning moddiy asosini yaratish, texnologik rivojlantirish va eng asosiysi kadrlar bilan ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oladi. 79 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Professional ta’limda dual ta’lim dasturlarini joriy etilishidan asosiy maqsad mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilishdir. Mamlakatimizda ta’lim jarayoniga bo‘lgan bunday e’tibor ertamiz egalari bo‘lgan yosh avlodning o‘z salohiyatini to‘la namoyon etishi, o‘zi tanlagan kasb bo‘yicha o‘qishi, ishlashi, hayotda o‘z o‘rnini topishi va jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan mutaxassislar bo‘lib yetishishi uchun mustahkam poydevor yaratadi. Xususan, ta’lim muassasasi, ilmiy-tadqiqot tuzilmalari, shuningdek, dual ta’limni amalga oshiruvchi professional ta’lim muassasasi va ishlab chiqarish korxonalarini birlashtiruvchi o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlab chiqarish majmualarini tashkil qilishning ijobiy tajribasi katta ahamiyatga ega. Germaniya dual ta’lim modeli o‘zining yuqori samaradorligi bilan tanilgan. Bu modelda talabalar nazariy darslarni ta’lim muassasalarida o‘taydilar va qolgan vaqtni ishlab chiqarish korxonalarida amaliy tajriba orttirish bilan o‘tkazadilar. Korxonalar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik ushbu modelning asosiy afzalligidir. Renold va Wolter (2019) ta’kidlaganlaridek, dual ta’lim tizimi yoshlarni ishga joylashish imkoniyatlarini oshiradi va ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi .Shveysariyadagi dual ta’lim modeli Germaniya modelidan farqli o‘laroq, talabalarning shaxsiy rivojlanishiga ko‘proq e’tibor qaratadi. Bu modelda talabalarga individual ta’lim rejalari tuziladi va ularning kasbiy ko‘nikmalari shaxsiy ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantiriladi. O‘zbekistonda dual ta’lim modeli yangilik sifatida joriy etilmoqda. Bu modelda talabalarning amaliyot o‘tashlari uchun korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatilmoqda. O‘zbekistonda dual ta’limning joriy etilishi mehnat bozorida malakali kadrlarga bo‘lgan talabni qondirishga qaratilgan. Dual ta’limning afzalliklari va kamchiliklari. Dual ta’limning afzalliklari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish bilan aloqalar, amaliyotga asoslangan o‘qitish, ishga joylashish imkoniyatlari. Dual ta’lim talabalarga ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Bu esa ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Talabalar nazariy bilimlarni amaliyotda tatbiq etish orqali ularni yaxshiroq o‘zlashtiradilar. Bu ularning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi. Dual ta’lim orqali talabalar o‘zlarining kelajakdagi ish beruvchilari bilan aloqalar o‘rnatadilar, bu esa ularning ishga joylashish imkoniyatlarini oshiradi. Maurer va Gonon (2014) 80 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 ta’kidlaganlaridek, dual ta’lim modeli yoshlarni kasbiy malaka bilan ta’minlashda samarali usul hisoblanadi va bu tizim yoshlarning ish bilan ta’minlanish darajasini oshirishga yordam beradi. Dual ta’limni tashkil etishda ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasida muvofiqlashuv muammolari yuzaga kelishi mumkin. Bu esa ta’lim jarayonining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Dual ta’limni amalga oshirish uchun qo‘shimcha moddiy sarf-xarajatlar talab etiladi. Bu ta’lim muassasalari va ish beruvchilar uchun qo‘shimcha yuk bo‘lishi mumkin. Muammolar va yechimlar. Dual ta’limni amalga oshirishda uchraydigan asosiy muammolardan biri – ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasida muvofiqlashuvning yetishmasligi. Bu muammoni hal etish uchun ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasida yaqin hamkorlikni ta’minlash kerak. Bundan tashqari, dual ta’limni amalga oshirish uchun qo‘shimcha moddiy sarf- xarajatlar talab etiladi. Bu muammoni hal etish uchun davlat va jamoat tashkilotlari tomonida
Доказательный фрагмент
«This article examines the theoretical foundations of dual education methods, various country models, and their applications.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the theoretical foundations of dual education methods, various country models, and their applications. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dual education, theoretical foundations, practical experience, ta’lim modeli, dual ta’lim, nazariy asoslar, kasbiy ko‘nikmalar, ishga joylashish, amaliy tajriba
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026