К содержанию
РецензированоRU2026

EKOLOGIK MUAMMOLARNI BARATAF ETISHDA DAVLAT SIYОSATINING AHAMIYАTI

SIYОSATINING AHAMIYАTI · Dadaboyeva Madina

Свет науки · 2026

Аннотация

Maqolada O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning natijalari va boshqa masalalarda fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: Ekologiya, “O‘zbekiston Qizil Kitobi”, Milliy strategiya, islom madaniyati, EKOSAN, ekologik baraqarorlik. Hozirgi kunga kelib yurtimizda xamda dunyoda ekologiyani asrab-avaylash, atrof-muhit ozodaligini asrash masalalariga katta e’tibor berib kelinmoqda. Dunyoda ko‘plab ekologik muammolar mavjud. O‘zbekistonning eng katta ekologik muammosi esa Orol dengizining qurib borishi hisoblanadi. Tan olish lozim Orol dengizining ekologik falokat hududi nafaqat O‘zbekiston balki, Qozog‘iston, Turkmanistonni ham qamrab oladi. Bu kabi muammolar xajmi va ko‘lami ortib borganidan Qizil Kitobga kiritiladigan o‘simlik va hayvon turlari ham ortib bormoqda. Ayni vaqtda O‘zbekistonda 301 o‘simlik va 184 ta hayvon turi “O‘zbekiston Qizil Kitobi”ga kiritilgan. Aynan ular mamlakatdagi ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘ringa ega. Bu borada fikrimizcha davlat siyosati muhim ahamiyatga ega. Ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun O‘zbekiston hukumati bir qator strategik dasturlarni ishlab chiqqan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhit gigienasi bo‘yicha milliy harakat dasturi, biologik rang-baranglikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va Harakat rejasi, Qurg‘oqchilik va cho‘lga aylanishga qarshi kurash bo‘yicha Milliy harakat dasturi, Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha Milliy harakat dasturi kabi bir qator rejalar qabul qilingan bo‘lib, ular asosida yurtimiz ekologiyasini asrab-avaylash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistoning bu kabi xayrli tashabbuslarini xalqaro tashkilotlar ham qo‘llab quvvatlab kelmoqda. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentliklari tizimi ham O‘zbekistonning tabiiy zahiralarini barqaror rivojlantirish maqsadida atrof-muhitdan foydalanishni samarali boshqarishga va uni muhofaza qilishga qaratilgan sa’y- harakatlarni bir qator loyihalar orqali qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. E’tirof etish joiz aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston hukumati ekologik muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan qator strategik hujjatlarni ishlab chiqqan. 2000-2010-yillarga mo‘ljallangan davrda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash davlat dasturi bu borada muhim amaliy ahamiyatga ega. ~ 13 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 7(65) Ushbu maqsadlar yo‘lida ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi agentliklari va boshqa xalqaro tashkilotlar suv zahiralaridan unumli foydalanishda O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu xamkorliklar doirasida ilmiy jamoatchilikning ishtiroki bor albatta. Xususan «EKOSAN» xalqaro tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va oliy ta’lim muassalari hamkorligida konferensiyalar tashkil etilib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda ekologik muammolarni tadqiq etishga qiziqish ortib bormoqda. Ekologiya ilmiy tadqiqot ishlarida bir qancha uslublardan foydalanadi. Ularning keng tarqalgani quyidagilar: 1. Tasviriy. 2. Taqqoslash. 3. Tajriba. 4. Modellashtirish. Tasviriy taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlarda foydalaniladi. Ammo modellashtirish yangi rivojlanayotgan uslublardan hisoblanadi. Fan texnika sohasida ro‘y bergan inqilobiy o‘zgarishlar va sanoat va transportning tez o‘sishi, aholining ko‘payib borishi, urbanizatsiya xodisasi, shaharlarning kengaya borishi, shaharlar ta’sirining orta borishi, qishloq xo‘jaligida kimyolashtirishning kuchli ta’siri va boshqa hollar, bir tomondan tabiiy resurslardan ko‘proq foydalanishga olib kelsa, ikkinchi tomondan atrof muhitga salbiy ta’sirlarini ortishiga olib keladi. Natijada tabiiy resurslarning miqdori va sifatiga putur eta boshladi. Bunday munosabatni bartaraf etish hozirgi kunda yekologiya oldiga qo‘yilgan birdan-bir dolzarb muammodir. Bu muhim masalani hal etishning amaliy va ilmiy asosiy-tabiatni muhofaza qilishdir. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ekologik baraqarorlikni ta’minlash, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish xamda ularning natijadorligini oshirishda davlat idoralari va siyosatining o‘rni kattadir. Zero davlat siyosati mamlakatdagi ekologik barqarorlikni saqlab qolish va aholiga munosib turmush tarzini yaratishda muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Rasulov D. Ekologik madaniyat istiqbollari // Tafakkur, 2000, 4- son, - B.86. 2. Saidova U.G. Ekologik madaniyat tarixi va uning rivojlanish bosqichlari, Diss. Falsafa fan. nom. Toshkent: 2008. 3. Usmonov E, Qo‘lyozma manbalar va ekologik tarbiya // Tafakkur, 2010, 3- son, -B.68-71. ~ 14 ~

Доказательный фрагмент

«Maqolada O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning natijalari va boshqa masalalarda fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning natijalari va boshqa masalalarda fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ekologik barqarorlikni, yicha milliy, ahamiyatga ega, milliy harakat, harakat dasturi, barqarorlikni minlash, zbekiston qizil
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники