К содержанию
РецензированоRU2025

YADRO ITQITUVCHILARDA SPORT NATIJALARINING JISMONIY SIFATLARGA BOG‘LIQLIGINI TADQIQ ETISH

UZBEKISTAN” JURNALI

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025

Аннотация

По уровню развития скоростно-силовых качеств стоит отметить, что результаты толкателей ядра в прыжковых упражнениях существенно возросли. Так, например, прирост результатов испытуемых в прыжке в длину с места составил от 9 до 12 см. Yadro itqituvchilarda, tadqiqotchilar fikricha, tezlik-kuch sifatlarining rivojlanishi sport natijasining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi, chunki itqitishda uloqtirish harakatlarini kuchi snaryadlarning uzoqqa uchishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi, shunga ko‘ra jismoniy sifatlarni sport natijasiga ko‘rsatiladigan ta’sirini o‘rganish dolzarb sanaladi. Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra tezlik-kuch, kuch yo‘nalishidagi testlarning hamda tanlangan tur bo‘yicha sport ko‘rsatkichlari keltirilgan (o‘rtacha) tahlili quyidagi xulosaga keltiradi. Tezkorlikni o‘rganish asosida yadro itqituvchilar jismoniy tayyorgarligining dinamikasini tadqiq etsak: yugurib kelib 30 m yugurish natijalariga ko‘ra bu ko‘rsatkich ancha o‘sganligini isbotladi. Masalan, o‘smirlarda o‘rtacha 4,7 sek.dan 4,5 sek.gacha yaxshilandi (pasaydi). Mazkur fakt boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham qayd etilgan (V.P.Filin). Faqat shug‘ullantiruvchi omillar emas, balki sportchilarning yoshi (12-16 yosh) bilan ham izohlanadiki, bu davrda tezkorlik sifati o‘z rivojining cho‘qqisiga yetadi. 685 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Bizga ma’lumki, chidamlilik sifati yadro itqituvchilarning sport natijasi bilan o‘zaro aloqador emas, biroq BO‘SM dasturi talab etadigan har tomonlama tayyorgarlik uchun bu sifat zaruriy sanaladi. Olgan ma’lumotlarga ko‘ra, sinaluvchilar – qizlar ham, yigitlar ham – 12 daq. (K.Kuper – chidamlikni aniqlovchi test) davomida a’loga baholanadigan masofani yugurib o‘tdilar. Yigitlarning ko‘rsatkichlari 3400 m dan 4000 m gacha, qizlarda esa 2900 m dan 3200 m gacha. Biz guruhda shug‘ullanuvchilarni antropometrik, ya’ni bo‘y, vazn o‘lchovlarini va jismoniy tayyorgarlik holatini o‘rganish uchun nazorat-sinov mashqlaridan o‘tkazdik va olingan natijalarni 1-chi jadvalda ko‘rishingiz mumkin. Ikki yil o‘quv- trenirovka jarayonida qanchalik o‘zgarganligini bilish uchun 2024 y. natijalarini 2025 y. ko‘rsatkichlari bilan tahlil qildik. Bo‘y-vazn ko‘rsatkichlariga qarab ishonch hosil qilish mumkinki, tajriba guruhiga mansub tarbiyalanuvchilarini yaxshi saralab olgan. Bunga ahamiyat berilishi bejiz emas, biz bilamizki, snaryadning gorizontga nisbatan uchib chiqish nuqtasi ham sport natijasiga katta ta’sir ko‘rsatadi, demak, balandroq bo‘yli sportchilar ustunroq hisoblanadilar. Negaki, itqitish texnikasi to‘g‘ri ijro etilsa, snaryadning qo‘ldan uchib chiqish nuqtasi balandroq bo‘ladi, demak, uchish trayektoriyasi ham uzoqroq bo‘ladi. Bizning tekshiriluvchilarimizdan yigitlarning bo‘yi o‘rtacha hisobda 180 sm dan 2024 y. 188 sm gacha, qizlarda esa 170-171 sm atrofida, bu kishini xursand qiladi, chunki bunday bo‘yga egalar kelajagi bor hisoblanadi, chunki yadroni chiqish nuqtasi yuqori bo‘ladi, vaznlari esa – yigitlarda 73-90 kg oralig‘ida, qizlarda 72-90 kg oralig‘ida. Tezlik-kuch sifatlarining rivojlanish darajasi ko‘rsatkichlariga qaraganda, ta’kidlash joizki, yadro itqituvchilarda sakrash mashqlarida natijalar ancha o‘sgan. Masalan, joyidan turib uzunlikka sakrash bo‘yicha tekshiriluvchilarning natijalaridagi o‘sish 9 dan 12 sm gacha bo‘lgan. Yadroni (5 kg) ikki qo‘llab pastdan oldinga va bosh ustidan orqaga tashlashda ham shunga o‘xshash siljishlar yuz bergan. Ular muvofiq ravishda o‘smirlarda yadroni oldinga tashlashda 13 m 96 sm dan 14 m 26 sm ga o‘sgan, bosh ustidan orqaga tashlashda 15 m 91 sm dan 16 m 15 sm ga va qizlarda oldinga 9 m 96 sm dan 10 m 03 sm ga, orqaga esa 13 m 00 sm dan 13 m 20 sm ga ortgan. O‘zgarishlarni 3-chi va 4-chi jadvalda ko‘rishingiz mumkin. Shunday qilib, o‘tkazilgan tadqiqotlar yadro itqituvchilarning, bizning nazarimizda, nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan yetakchi jismoniy sifatlari dinamikasini aniqlashgagina imkon berib qolmay, mashg‘ulotning vosita va 686 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 usullarini takomillashtirish yo‘llarini belgilab olish uchun sharoit yaratdi, chunki tekshiriluvchilarning musobaqa natijalarida ham ijobiy siljishlar yuz berdi. Demak, tajriba guruhining mashg‘ulot darslarida qo‘llanadigan usul hamda vositalar to‘g‘ri, bu esa amaliyotda jiddiy ahamiyatga ega. Izlanishda ishtirok etgan yadro itqituvchilar o‘z yoshida yetuk ilg‘or yadro itqituvchilar deb hisoblanadi. Ularning erishgan yutuqlarini respublika miqyosida o‘tkazilgan musobaqa natijalari va ularga taqdim etilgan diplomlar orqali bilib olish mumkin (ilova qilinadi). Yuqorida aytilganlarni tasdiqlash uchun respublika miqyosidagi musobaqalarning g‘olib va sovrindorlariga berilgan tegishli darajadagi diplomlarni qo‘lga kiritganligi tasdiql

Доказательный фрагмент

«По уровню развития скоростно-силовых качеств стоит отметить, что результаты толкателей ядра в прыжковых упражнениях существенно возросли.»

Образец извлечения

Демо-превью

По уровню развития скоростно-силовых качеств стоит отметить, что результаты толкателей ядра в прыжковых упражнениях существенно возросли. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ядро, скоростно-силовые качества, бег на длинные, tahlil, texnikasi, yugurish, sifatlari., yetakchi, Yadro, shug‘ullantiruvchi, jismoniy, sport, tezlik-kuch, itqitish, uzoqqa uchishini
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники