Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Yengil atletika uloqtirsh turlarida sport mashg‘uloti nazariyasi va metodikasining rivojlanishini tahlil qilish
UZBEKISTAN” JURNALI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
В настоящее время спортивная подготовка в метаниях в легкой атлетике ограничивается формированием определенного стандартизированного двигательного действия, то есть формированием автоматизированных навыков. Поэтому при решении проблемы повышения эффективности этого процесса необходимо в первую очередь освещать вопросы совершенствования двигательной подготовленности метателей. Она, в свою очередь, раскрывается через их развитие по закономерностям, присущим процессу формирования двигательных способностей и спортивных навыков, а также морфофункциональной специализации. Hozida zamonaviy sportda zamonaviy sportchilar tayyorlash tizimi murakkab, ko‘p omilli hodisa bo‘lib, maqsad, vazifalar, vositalar, metodlar tashkiliy shakllar, moddiy texnik shart sharoitlarni va hakozolarni o‘z ichiga oladi. Sportchilar tayyorlashning tashkiliy – pedagogik jarayonini hamda eng yuqori sport natijalariga erishishni ta’minlaydi. 690 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Sport mashg‘ulotlarining eng muhim vazifasi va ajralib turuvchi xususiyati – bu insonning harakat qobiliyatlarini oshirish va takomillashtirishdan iborat. Jismoniy mashqlar sportda takomillashning asosiy vositasi hisoblanadi. Sport mashg’ulotlarida jismoniy mashqning bajarilishi mushak faoliyati bilan bog‘liq va shu tariqa fiziologik funksiyalarning qayta tuzilishiga, ishchi organda neorfologik va biokimyoviy o‘zgarishlarga olib keladi. Bu o‘zgarishlar turli xil va ko‘p qamrovli bo‘lib, biroq ularning ichida umumiy moslashish tamoyillari yotadi. Sportchining maxsus harakat faoliyati jismoniy sifatlarining mos darajada rivojlanganligini, yaxshi harakat texnikasini va bu faoliyatni ta’minlovchi organizm tizimlarining zarur holatini munosib psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Bu komponentlar yig‘indisi sportchining integral tayyorgarligini hamda uloqtirishlardagi real natijani aniqlab beradi [56; 25 b]. Shunga qaramay sport amaliyotning ko‘rsatishicha tayyorgarlikning turli tomonlari umuman xilma – xil uyg‘unlashtirilganda rekord natijaga erishish mumkin. Bitta maqsadning o‘ziga har xil yo‘llar bilan va turli xil vositalar yordamida erishish mumkin. Boshqacha aytganda sportchi individual xususiyatlari bilan aniqlanadi. Shu bilan birga tayyorgarlikning individual o‘zgaruvchanligi sport takomillashuvi jarayonini tuzishning umumiy qonuniyatlari chegarasidan chiqishi mumkin emas. Sportchilar tayyorlashning hamma vositalari jismoniy texnik, taktik funksional va psixologik tayyorgarlikni takomillashtirish vazifalariga muvofiq guruhlarga bo‘linadi. Tabiiyki u yoki bu vositaning ma’lum bir guruhga tataluqliligini aniq chegaralab qo‘yish har doim ham mumkin emas, biroq bunday tizimlashtirishni amalga oshirish mumkin. Hozirgi paytda yengil atletikaning uloqtirish turlarida sport mashg‘uloti ma’lum bir standartlashtirilgan harakat amalining shakllantirilishi, ya’ni avtomatlashtirilgan malakalarini hosil qilish bilan chegaralanadi. Shu sababli bu jarayon samaradorligini oshirish muammosini hal qilishda birinchi navbatda uloqtiruvchilarning harakat tayyorgarligini takomillashtirish masalalarini qamrab olishi zarur. U o‘z navbatida harakat qobiliyatlari va sport mahoratini hamda morfofunksional ixtisoslashuvining shakllanishi jarayoniga xos bo‘lgan qonuniyatlar bo‘yicha ularni rivojlantirish orqali ochib beriladi. Bosqon uloqtiruvchilarni tayyorlashning shakllangan tizimi mashg‘ulot ta’siri va nazorat ob’yekti sifatida bir qator psixofiziologik tizimlar va funksiyalarni 691 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 aniqlab beradi. Jismoniy tayyorgarlik jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi bilan aniqlanadi, ular orasida kuch, tezkorlik, chaqqonlik ustuvor ahamiyatga ega. Bu sifatlarning maxsus harakat malakasida ro’yobga chiqarilishi texnik tayyorgarlik bilan ta’minlanadi. So‘nggi yillarda e’lon qilingan ishlarda sport mashg‘uloti natijasida jismoniy mashqlanganlik rivojlanishini fiziologik mohiyatini ochib berishga ko‘p e’tibor qaratilmoqda. Bunda jismoniy yuklamalarga moslashish mexanizmlariga alohida urg‘u berilmoqda. Zero sport mashg‘uloti bu boshqariluvchi jarayondir, uni bilish uchun avtomatik boshqaruv nazariyasi qoidalari jalb qilinadi. Mashg‘ulot jarayonini tuzish metodologiyasi asosida sport mashg‘ulot tamoyillari va qonuniyatlari yotadi. Organizm hayotiy faoliyatining ob’yektiv umumbiologik qonuniyatlari va har xil bo‘lgan bir qator vazifalarni oldiga qo‘yish va hal etishni nazarda tutuvchi boshqaruv nazariyasining asosiy qoidalari yotadi. So‘nggi yillarda sport fanida sport mashg‘ulotlari asoslarini o‘rganish asosiy nazariy qoidalarini paydo bo‘lishiga olib keldi. Ularning aniq bayoni A.P.Matveev va Yu.V.Verxoshanskiy ishlarida aks etgan. Sport mashg‘ulotining boshlang‘ich qoidasi yoki tamoyillari sifatida uning asosiy ob’yektiv qonuniyatlarini umu
Доказательный фрагмент
«В настоящее время спортивная подготовка в метаниях в легкой атлетике ограничивается формированием определенного стандартизированного двигательного действия, то есть формированием автоматизированных навыков.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ настоящее время спортивная подготовка в метаниях в легкой атлетике ограничивается формированием определенного стандартизированного двигательного действия, то есть формированием автоматизированных навыков. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- современный, цель, задачи, средства, методы, fiziologik, pedagogik, rivojlantirish., psixologik, integral, mushak, vazifalar, maqsad, metodlar, standartlashtirilgan, vositalar, zamonaviy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025