Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FARG‘ONA VODIYSIDA ZIYORAT TURIZIMIDAN FOYDALANISH MASALALARI
UZBEKISTAN” JURNALI · Abdimo‘minov Tog‘oynazar Abdinaxat o‘g‘li · Xoliqov Xasanjon Imomnazar o‘g‘li (Termiz davlat pedagogika instituti)
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatida turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Shuningdek, viloyatda turizmni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: ekoturizm, ziyorat turizm, agroturizm, tarixiy turizm, madaniy turizm, turistik obyektlar, milliy hunarmandchilik maskanlari, turistik guvohnoma. Bugungi kunda turizm jahonda eng tez rivojlanayotgan soha hisoblanadi. O‘zbekistonda ham so‘ngi yillarda turizmni rivojlantirish uchun bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ziyorat turizmini rivojlantirish uchun mamlakatimizda yetarlicha qadimiy obidalar va ziyorat maskanlari mavjud. Ziyorat turizmi haqida o‘zbek islomshunos olimi B.M.Bobojonov, Markaziy Osiyoda ziyorat obyektlarining eng keng tarqalgan turi, bu – “Muqaddas qadamjolar” hisoblanishini aytib o‘tgan. Surxondaryo viloyatlari tarixiy obyektlarini meʼmorchilik, arxitektura nuqtai nazaridan o‘rganish olim I.Azimovning tadqiqotida ko‘zga tashlanadi. Jahon sayyohlik va turizm kengashi (WTTC) ning 2020 yil mart oyida e’lon qilingan hisobotiga ko‘ra turizm va sayohat sektori 2019-yilda 3,5 foizga o‘sib, ketma-ket to‘qqizinchi yil davomida jahon iqtisodiyotidan (2,5 foiz) o‘zib ketdi. So‘nggi besh yil ichida mazkur soha har to‘rtinchi yangi ish o‘rnini yaratdi va bu sohani bandlik muammolarini hal qilishda eng yaxshi hamkorga aylantirdi. Shuningdek: 590 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 - jahon yalpi ichki mahsulotiga qo‘shgan hissasi 8,9 trillion AQSH dollari; - jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 10,3%; - dunyo bo‘yicha 330 million ish o‘rni yoki dunyodagi har o‘ninchi ish o‘rni turizmga taalluqli; - 948 mlrd dollar kapital qo‘yilmalar (umumiy investitsiyalar hajmining 4,3%) aynan turizm va sayohatning ulushiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari ichida turistik salohiyati bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatorida turadi. So‘nggi yillarda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ushbu sohani rivojlantirishga qaratayotgan yuksak e’tibori tufayli O‘zbekistonda turizm taraqqiyotining yangi davri boshlandi. Jumladan, prezidentimiz tomonidan turzmni rivojlantirishga qaratilgan bir qator qaror va farmonlari ushbu sohada to‘planib qolgan muammo va kamchiliklarni, shuningdek turizm taraqqiyotiga to‘sqinlik qilayotgan holatlarni bartaraf etilishiga chinakam yechim bo‘lmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi [2]. Ushbu sohani jadallik bilan rivojlantirish maqsadida mamlakatmizda 90 dan ortiq normativ huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 2021 yilning 15 mart holatiga ko‘ra mamlakatimizda 90 ta xorijiy mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejim tatbiq etildi. 2018 yil 15 iyuldan elektron kirish vizalarini berish tizimi yo‘lga qo‘yildi va bu tizimdan 57 ta davlat fuqarolari foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 2016 yilda 1,3 million nafar xorijiy davlat fuqarolari mamlakatimizga sayyoh sifatida tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich 2019 yilda 6,7 million nafarga yetdi [3]. Tasavvuf namoyandalarining qadamjolar va ziyoratgohlar, ularning tarixi, ziyorat turizmi to‘g‘risida A.Mamanazarov, B.Sattorov, O.Poslavskaya, S.Jo‘rayeva tadqiqotlar olib borgan. O‘zbekiston hududida ziyoratgohlar masalasini o‘rganishda ziyoratgoh nomi bilan bog‘liq shaxsni personifikatsiya (avliyo, pir, said, xo‘ja) maqomi va darajasini tadqiq qilish ham muhim sanaladi. T.Dadabayev, E.Karimov tadqiqotlarida ham ziyorat masalasining turli jihatlari yuzasidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Jumladan, D.Abramson va E.Karimov hammuallifligida yozilgan maqolada, Markaziy Osiyo xalqlari hayotida ziyorat joylarning ahamiyati, turli davrlarda ularga bo‘lgan munosabat tahlil qilinadi. O‘zbekistonning har bir hududi o‘ziga xos turistik salohiyatga ega. Shu jumladan, Farg‘ona viloyati ham tirizmni rivojlantirish imkoniyati yuqori 591 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 bo‘lgan mamlakatning eng so‘lim go‘shalaridan biri xisoblanadi. Farg‘ona viloyatining xushmanzara tabiati, takrorlanmas iqlimi, o‘ziga xos bo‘lgan relyef shakllari, daryo va soylari turizmining barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratadi, shuningdek, turizmning barcha ko‘rinishlarini bo‘yicha sayyohlar uchun barcha xizmat turlarini taqdim etish imkoniyatiga ham ega hisoblanadi. Ammo, bu imkoniyatlardan foydalanish darajasi hamon pastligicha qolib kelmoqda. Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning qadimiy, madaniy va diniy markazlaridan biri bo‘lib, yuzlab muqaddas qadamjolarga ega. Bu joylar alohida ahamiyatga ega nafaqat diniy e'tiqod nuqtai nazaridan, balki nuqtai nazardan ham muhim ahamiyatga ega turizm salohiyati. Farg‘ona vodiysi ziyorat turizmi orqali tobora rivojlanib bormoqda nafaqat mahalliy sayyohlar, balki chet elliklar uchun ham qiziqarli va tarixiy manzil mehmonlar. Bugun O‘zbekistonda
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatida turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Farg‘ona viloyatida turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarixiy turizm, turistik guvohnoma., ziyorat turizm, agroturizm, turistik obyektlar, ekoturizm, milliy hunarmandchilik maskanlari, madaniy turizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014