Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MODULLI TAʼLIM TEXNOLOGIYASI KELIB CHIQISHI VA TAMOYILLARI
UZBEKISTAN” JURNALI · Dilshodbekova Mashrabxon Dilshodbek qizi
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada Modulli o‘qitish terminiga, uning kelib chiqishi, keyingi rivoji hamda modulli o‘qitishning o‘ziga xos yutuqlari, modulli o‘qitish tamoyillariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: modul, inruitsiya, gipoteza, faraz, Kognitiv vizuallik, uzviylik tamoyili, modullik tamoyili. “Modulli o‘qitish” termini xalqaro tushuncha - modul bilan bog‘liq bo‘lib (“modul”, lot. modulus), uning bitta ma’nosi faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro chambarchas bog‘liq elementlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi. Bu ma’noda u modulli o‘qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan axborot bloki sifatida tushuniladi. Modul - bu fanning fundamental tushunchasini takdim etadi: muayyan jarayoni yoki qonuni, bo‘limi, muayyan katta mavzusi, o‘zaro bog‘liq tushunchalar guruhidir. Modul - bu fanning bir yoki bir necha tushunchalami o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, ishlab chiqilgan tamoyillar asosida shakllangan mantiqan tugallangan o‘quv materialidir. 1982-yilgi YUNESKOning anjumandagi ma’ruzasida modulga “Mashqlarni xususiy tezlikda diqqat bilan tanishish va ketma-ket o‘rganish orqali individual yoki guruh mashg‘ulotlarida bir yoki bir necha malakaga ega bo‘lish uchun mo‘ljallangan alohida o‘rgatuvi paket (to‘plam)” deb ta’rif berilgan edi. Modulli o‘qitish - o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u odam bosh miyasining o‘zlashtirish tizimga eng yaxshi moslashgandir. Quyidagi tamoyillar modulli o‘qitish texnologiyasining asosini tashkil etadi: 1. Faoliyatlik tamoyili: Bu tamoyil, modullar mutaxassisning faoliyat mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi. 615 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Bu tamoyilga ko‘ra modullar fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi yoki tizimli faoliyat yondashuvi asosida tuzilishi mumkin. Modulli o‘qitish texnologiyasida fan bo‘yicha faoliyat yondashuvida, modullarni o‘quv rejasi va dasturlar tahlili natijasida, tuzishni taqozo etadi. Tizimli faoliyat yondashuvida, modullar bloki, mutaxassisning kasbiy faoliyat tahlili asosida, shakllantiriladi. 2. Tenglik, teng huquqlik tamoyili. Bu tamoyil, pedagog va o‘quvchining o‘zaro munosabati subyekt - subyekt xarakterligini belgilaydi. Bu esa, modulli o‘qitish texnologiyasini, shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar toifasiga taalluqliligini ko‘rsatadi. Ya’ni modulli o‘qitish texnologiyasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlariga moslashgan bo‘ladi. 3. Tizimli kvantlash tamovili. Bu tamoyil axborotni siqib berish nazariyasi, muhandislik bilimlar konsepsiyasi, didaktik biriiklarni yiriklash nazariyalarining talablariga asoslanadi. Shular bilan bir qatorda, bu tamoyil quyidagi psixologik-pedagogik qonuniyatlarni hisobga olishni taqozo etadi: - katta hajmdagi o‘quv materiali, qiyinchilik bilan va xohishsiz (istalmasdan) eslanadi; - ma'lum tizimda qisqartirilgan holda berilgan o‘quv materiali, osonroq o‘zlashtiriladi; - o‘quv materialidagi, tayanch qismlarning ajratilib ko‘rsatilishi, eslab qolish faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda o‘quv materialining asosini ilmiylik va fundamentallik tashkil etish lozim. Tizimli kvantlash tamoyili, o‘quv axborotning tegishli strukturasini modulda tuzish yo‘li bilan erishiladi. Modul umumiy ko‘rinishda quyidagi elementlardan iborat bo‘lishi mumkin: - tarixiy - bu muammo, teorema, masala, tushunchalarni tarixiga qisqacha sharx berish; - muammoli - bu muammoni shakllantirish; - izimli - bu modul tarkibining tizimli namoyon etish; - faollashtirish - bu yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan tayanch iboralar va harakat usullarini ajratib ko‘rsatish; - nazariy - bu asosiy o‘quv material! bo‘lib, unda - didaktik maqsadlar, muammoni ifodalash, gipoteza (faraz)ni asoslash, muammoni yechish yo‘llari oehib ko‘rsatiladi; - tajribaviy - bu tajribaviy materialni (o‘quv tajribasi, ishni va boshqalarni) 616 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 bayon etish; - umumlashtirish - bu muammo yechimining tasviri va modul mazmunini umumlashtirish; - qo‘llanish - bu harakatlarning yangi usullarini va o‘rganilgan materialni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha masalalar tizimini ishlab chiqish; - xatoliklar - o‘quvchining modul mazmunini o‘rganishdagi o‘zlashtirishda kuzatiladigan bir turdagi xatoliklarini ochib tashlash, ularning sababini aniqlash va tuzatish yo‘llarini ko‘rsatish; - ulanish - o‘tilgan modulni boshqa modullar bilan shu jumladan yondosh fanlar bilan bog‘liqligini namoyon etish; - chuqurlashtirish - iqtidorli o‘quvchilar uchun yuqori murakkabli o‘quv materialini taqdim etish; - test-sinovlash - modul mazmunini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish darajasini testlar yordamida nazorat qilish va baholash. O‘quv materialining o‘zlashtirilishiga mashg‘ulotlar paytida modulning amaliy ahamiyati qay darajada ochib ko‘rsatiiganligi, modul mazmunini bos
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Modulli o‘qitish terminiga, uning kelib chiqishi, keyingi rivoji hamda modulli o‘qitishning o‘ziga xos yutuqlari, modulli o‘qitish tamoyillariga alohida to‘xtalib o‘tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Modulli o‘qitish terminiga, uning kelib chiqishi, keyingi rivoji hamda modulli o‘qitishning o‘ziga xos yutuqlari, modulli o‘qitish tamoyillariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kognitiv vizuallik, modullik tamoyili., inruitsiya, uzviylik tamoyili, gipoteza, faraz, modul
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025