Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AXBOROT XAVFSIZLIGI TEXNOLOGIYALARINI O‘RGATISHDA AXLOQIY QADRIYATLAR INTEGRATSIYASI
SCIENCE SHINE · AXLOQIY QADRIYATLAR INTEGRATSIYASI · Boymanov Jasur Isroil oʻg‘li
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
This article highlights the importance of integrating moral values into the teaching of information security technologies. It emphasizes the need to equip students not only with technical skills but also with a sense of ethical responsibility, digital literacy, and respect for information. Pedagogical approaches to teaching digital ethics, privacy awareness, and responsible information use are explored with examples. Keywords: information security, moral values, digital culture, information ethics, integration, teaching methodology. Axborot xavfsizligi texnologiyalarini o‘rganish jarayonida talabalar turli o‘quv amaliy masalalarni yechish algoritmlarini amalga oshirish imkonini beruvchi 196 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtiradilar; kompyuter vositalaridan foydalangan holda ularni dasturiy amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantiradilar; axborotni himoya qilishning insonparvarlik ahamiyatini, axborot texnologiyalarining insoniyat jamiyati taraqqiyotidagi o‘rnini anglaydilar va hok. Bu ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi. 1-vazifani ko‘rib chiqamiz. Jixoz konfiguratsiyasi misolida tarmoqqa noqonuniy DHCP serverlar ulanishidan himoya qilish usullarini tasvirlash. 1-vazifa yechimi. Ushbu vazifani yechish uchun biz DHCP protokoli yordamida hujumlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan DHCP snooping kommutator funksiyasidan foydalanamiz. Misol uchun, tarmoqdagi DHCP serverini almashtirish bilan qilingan hujumlar yoki DHCP starvation hujumlari DHCP-serverini tajovuzkorga serverdagi barcha mavjud manzillarni berishga majbur qiladi. DHCP snooping faqat DHCP xabarlarini tartibga soladi va foydalanuvchi trafikiga yoki boshqa protokollarga bevosita ta’sir qila olmaydi. Mazkur vazifani bajarish jarayonida talabalar nafaqat axborot xavfsizligi nazariyasining ilmiy-uslubiy asoslari, axborot xavfsizligini ta’minlashning umumiy sxemasi, balki informatika, axborot texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari va boshqa sohadagi bilimlardan ham foydalanishadi. Shu orqali bunday o‘qitish jarayonida fanlararo aloqalar amalga oshiriladi. Fanlararo aloqalarni amalga oshirish. Fanlararo aloqalarga o‘tgan asrlarning ko‘plab olimlari e’tibor qaratganlar, jumladan A. Disterveg, Ya.A. Komenskiy, D. Lokk, I.G. Pestalotsi, K.D. Ushinskiy va boshq. Ya.A. Komenskiy ta’kidlaganidek, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan hamma narsa xuddi shu aloqada o‘rgatilishi va hamma narsa uzluksiz ketma-ketlikda olib borilishi kerakki, bugungi hamma narsa kechagi kundagi narsalarni mustahkamlab, ertangi kunga yo‘l ochib bersin. Aksariyat olimlarning fikricha, o‘quv fanining predmetlari bilimlarning tartibsiz guruhini emas, balki har bir fanning o‘z mantiqiga ega bo‘lgan va barchasi birgalikda uzviy bog‘langan, uning ma’nosi pedagogga to‘liq tushunarli bo‘lishi kerak bo‘lgan bir butunlikni tashkil etuvchi tizimni ifodalaydi. O‘quv fanlarining fanlararo aloqadorligi strukturasi tahlil qilishga, ta’lim sifatini oshirishda fanlararo aloqalarning ahamiyatini aniqlashga, ta’lim mazmunini shakllantirishda fanlararo aloqadorlik rolini aniqlashga, o‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlik va funksiyalarni tasniflashga, turli fanlarni, jumladan, informatika fanlarini o‘qitishda fanlararo aloqalarni amalga oshirish muammosini yechishga bizning zamondoshlarimiz, jumladan A.V. Usova, A.V. Xutorskoy va boshqa olimlar hissa qo‘shgan. 197 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 O‘qitishda fanlararo aloqalar tarbiya va ta’limga kompleks yondashishni namoyon etadi, ta’lim mazmunining asosiy elementlarini va subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash imkonini beradi; talabalar aniq bilimlarni shakllantiradi, gnoseologik muammolarni ochib beradi; talabalar umumiy ilmiy xarakterdagi biluv usullardan foydalanishga yordam beradi. N.D. Kuchgurova fikricha, fanlararo aloqalar ta’lim va tarbiyaga kompleks yondashishning muhim sharti va natijasidir, chunki fanlararo aloqalar yordamida talabalarni o‘qitish, rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari hal etiladi, voqelikning murakkab muammolarini har tomonlama ko‘rish, yondashish va yechish uchun asos yaratiladi. Talabalarga axborot xavfsizligi texnologiyalarini o‘rgatish jarayonida fanlararo aloqalar bilimlar darajasida ochib beriladi. “Informatika fanining nazariy asoslari”, “Sun’iy intellekt asoslari”, “Dasturlash”, “EHM dasturiy ta’minoti”, “Axborot tizimlari”, “Kompyuter tarmoqlari, internet va multimedia texnologiyalari” va boshqa fanlar bo‘yicha bilimlar jalb qilinadi. Fanlararo aloqalarning uslubiy, ta’lim, rivojlantiruvchi, tarbiyaviy va hok. kabi vazifalari, ularning talabalar aqliy rivojlanishidagi o‘rni, amaliy informatika sohasidagi bilimlarning yaxlit tizimini shakllantirishga ijobiy ta’siri aniqlanadi. Ushbu vazifani bajarish jarayonida nafaqat axborot xavfsizligi nazariyasi va amaliyoti sohasidagi, balki dasturlash, algorit
Доказательный фрагмент
«This article highlights the importance of integrating moral values into the teaching of information security technologies.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the importance of integrating moral values into the teaching of information security technologies. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- information security, moral values, digital culture, information
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014