Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIMDA ART-TERAPIYA VOSITASIDA BOLALARDAGI EMOTSIONAL MUAMMOLARNI HAL QILISH
SCIENCE SHINE
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
This article highlights the importance of art therapy methods in identifying and eliminating emotional problems in children. Through art therapy methods, the child will have the opportunity to freely express themselves, express fear, anxiety, aggression, and other negative feelings through artistic activity. The study substantiates the therapeutic effectiveness of such practical exercises as drawing, working with clay, and expression with colors. Keywords. Art therapy, emotional problems, child psychology, fear, drawing, psychological state, inner world, therapeutic tool. So‘nggi yillarda bolalar psixologiyasi sohasida art-terapiyaga bo‗lgan qiziqish ortib bormoqda. Bu metod bolaning ichki holatini ifoda qilish, emotsiyalarni 192 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 boshqarish, stressdan chiqish va moslashuvchanlikni shakllantirishda samarali usul sifatida keng qo‗llanilmoqda. Artterapiya asrimizning 30-yillarida kelib chiqqan. Artterapiyaning 1-darslari 2- jahon urushi davrida Germaniyadan AQShga emigratsiya qilingan bolalarning shaxsiy emotsional muamolarini hal qilishdek urunishlarga bag`ishlangan. Artterapiyaning qo`llanishidagi 1-urunishlar asrimizning 30-yillardagi shaxsning shakllanishidagi qiyinchiliklarga to`g`ri kelgan. Artterapiya uslublari nemets fashist lagerlardagi bolalarning ruhiy siqilishdan kelib chiqqan muammolarni hal qilishdek ishlarda foyda bergan. Shundan buyon artterapiya mustaqil, boshqa uslublarni to`ldiruvchi uslub sifatida keng quloch yoydi, artterapiya (san`at bilan davolash) atamasi (1938) Adrian Xill tamonidan davolash maskanlarida sil kassallarini davolash deb nomlangan ishlarida yoritilgan va muomalaga kiritilgan. Bu so`z birikmasidan ruhiy sog`lomlashtirish markazlarida o`tkazilgan barcha san`at mashg`ulotlarida foydalanilgan. Bu psixoterapiyaning ihtisoslashtirilgan ko`rinishi bo`lib, san`atning tasviriy va ijodiy faoliyatiga asoslangan. Artterapiyaning birlamchi ko`rinishi Z.Freyd va K.G.Yungning nazariy qarashlarida, keyinchalik esa K.Rodjers(1951) va A.Maslou (1956) larning gumanitar qarashlarida namoyon bo`lgan. Artterapiyaning asosiy maqsadi ongli va ongsiz «men»ning orasida tenglikni keltirib chiqarishidir. Artterapiyaning ta`sir texnikasi - bu xayol faolligi, onglilik va ongsizlikning yuzma-yuz kelishi demakdir. Artterapiyaning o`zining rivojlangan boshida psixoanalitik qarashlarni aks ettiradi, bular mijozning ijodiy faoliyating mahsulidir, (bu rasm, surat va haykal bo`lishi mumkin). Artterapiya etarlicha keng tarqalgan: 1960 yilda Amerikada, Amerika artterapiya assotsiatsiyasi, Angliya, Yaponiya, Gollandiyada ham tashkil etilgan. Necha-necha yuzlab professional artterapevtlar ruhiy va oddiy kasalhonalar, klinikalar, maktab, turli universitetlarda ishlashadi. Art-terapiya — bu badiiy faoliyat vositasida insonning ruhiy holatini tahlil qilish va ijobiy o‗zgarishlarga erishish jarayonidir (E. Kramer, M. Naumburg). Bu usul ayniqsa verbal nutqi to‗liq rivojlanmagan yoki o‗z his-tuyg‗ularini so‗z bilan ifodalashda qiynalayotgan bolalar uchun juda foydalidir. Artterapiyadan asosiy va yordamchi uslublar sirasida ham foydalanish mumkin. Psixologik-korrektsion ta`sirchanlikning 2-ta asosiy mexanizmi bor, bu artterapiyaning bo`limlaridir: 1- mexanizm: San`at-ramziy ma`noda muammoli, shikastlantiruvchi holatni qayta tiklay oladigan sohadir. Bunda sub`ektning qobiliyati etakchi o`rin to`tadi. 2-mexanizm: Estetik reaktsiyaning tabiatiga bog`liq, bu harakat va jarayonlarni qiynoqga soluvchi holatidan bahram olishdek holatga o`zgartiradi (L.S.Vigotskiy, 1987). Bolalarda eng ko‗p uchraydigan emotsional muammolar quyidagilar bo‗lishi mumkin: 193 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 • qorquv (masalan, qorong‗ilikdan, yolg‗izlikdan); • xavotirlik (ajralishdan, bahodan, sinovlardan); • gazab yoki tajovuz; • oziga bo‗lgan past baho va ijtimoiy chekinish. Art-terapiya vositalari va uslublari. Rasm chizish — bola o‗z ichki holatini tasvirlar orqali ifoda etadi; ularni tahlil qilish psixologga muammoni anglashga yordam beradi. Rang terapiyasi — ranglar orqali his-tuyg‗ularni boshqarish va ijobiy muhit yaratish. Loy bilan ishlash — sensor motor faoliyat orqali stressni chiqarish. Kollaj tuzish, origami, haykalchalar yasash — bolaning dunyoqarashi va shaxsiy kechinmalarini ko‗rsatish imkonini beradi. Amaliy tadqiqot natijalari (misol). Nukus shahridagi 2-maktabgacha ta‘lim tashkilotida 20 nafar 5–6 yoshli bolalar ishtirokida art-terapiya mashg‗ulotlari o‗tkazildi. Dastlabki diagnostika natijalariga ko‗ra, 40% bolalarda tashvishli va qo‗rqoq xatti-harakatlar kuzatilgan. 10 haftalik art-terapiya kursidan so‗ng: • 80% ishtirokchi bolalarda emotsional barqarorlik kuchaydi; • 60% da o‗z fikrini erkin bildirishga tayyorlik ortdi; • bolalarning aksariyati ranglardan foydalanishda ijobiy ohanglarni tanladi. Art-terapiya mashg‗ulotlarining namunaviy shakllari: Usul turi Tavsi
Доказательный фрагмент
«This article highlights the importance of art therapy methods in identifying and eliminating emotional problems in children.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the importance of art therapy methods in identifying and eliminating emotional problems in children. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Art therapy, emotional problems, child psychology, fear, drawing
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025