Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Yashar Kamol asarlaridagi folklor unsurlari, ramzlar va ularning tarjimalarda berilishi
UZBEKISTAN” JURNALI · Shodmonova Dilfuza
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025
Аннотация
Творчество Яшара Кемаля занимает особое место в турецкой литературе, которая является составной частью мировой литературы. В его романах, повестях, рассказах и стихах реалистично изображены сцены национального быта и образы людей в турецких деревнях. Произведения писателя переведены на множество языков и стали духовным достоянием миллионов читателей по всему миру. 584 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Ключевые слова: Яшар Кемаль, фольклорные элементы, символы, символизм, литературный перевод, культурный контекст, турецкая литература, перевод на узбекский язык, национальная идентичность Adib xalq, og‘zaki ijodi namunalarini ixlos va e’tibor bilan to‘plagan, asarlarida folklor syujetidan samarali foydalangan. Uning ijodida qishloq hayotining betakror ko‘rinishlari, turk tilining rang-barangligi, boyligi, turklarning milliy xarakteri yorqin namoyon bo‘ladi. Yozuvchi gumanist ijodkor sifatida mavjud voqelikni butun murakkabliklari bilan ko‘rsatish orqali umumbashariy qadriyatlarni, ezgulik uchun kurash g‘oyalarini ulug‘laydi. Shu boisdan Yashar Kamol asarlari jahon badiiy tafakkurini boyituvchi adabiy-estetik hodisa sifatida turli millat ijodkorlari va kitobxonlari nazariga tushgan. Folklor san’atining turk nasridagi ko‘rinishi Yashar Kamol ijodida barqaror uslubiy tamoyil sifatida namoyon bo‘lgan. Yashar Kamol turk xalq og‘zaki ijodini, xalqning milliy yashash tarzini mohir tasvirlab bergan ijodkordir. Xalq og‘zaki ijodiga xos elementlarning muayyan adib yaratgan badiiy asar matndan o‘rin olishi o‘sha asarning badiiy-estetik qiymatini oshiradi. Folklor unsurlarining Yashar Kamol ijodida keng o‘rin egallaganligi adib dunyoqarashi, bilim darajasi, tafakkur va tasavvur olamining kengligidan, ko‘lamdorligidan dalolat beradi. “Sevgi afsonasi” romanida ko‘plab afsonalar bilan bog‘liq o‘rinlarga duch kelamiz. Yozma badiiy adabiyot har doim xalq og‘zaki ijodidan bahramand bo‘lgan, undan ta’sirlangan, o‘sha asos tufayli badiiy-estetik jihatdan boyigan. Dunyo adabiyoti durdonalari ichida bunda istagancha misol topiladi. Ma’lum bir yozuvchining alohida asarini shu ilmiy tamoyil negizida o‘rganish juda muhim ahamiyatga ega, albatta. Yashar Kamolning xalq og‘zaki ijodi sarchashmalari bilan sug‘orilgan “Sevgi afsonasi” romani ana shu jihatlari bilan e’tiborga loyiqdir. “Ot – murod”, – deydi dono xalqimiz. “Sevgi afsonasi” romanining muqaddimasida tog‘lik jasur yigit – Ahmadning eshigiga kelgan ot ham uning murodi, qismati ekanligi asar davomida anglashiladi. Qahramonlik tipidagi xalq dostonlarida jangovar ot obrazi bosh qahramon darajasiga ko‘tarilgan asosiy obrazlardandir. Inchunun, Alpomish, Go‘ro‘g‘li, Manas kabi qahramonlarni ularning doimiy hamrohi – otsiz tasavvur etish qiyin. “Sevgi afsonasi” romanida ham voqealar rivoji bevosita ana shu obraz zamirida 585 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 yuzaga kelgan. Yashar Kamol bu obrazga xalq dostonlarida bo‘lganidek katta “yuk” yuklaydi. Avvalo, ot tasviriga e’tibor beraylik: “Otning ustida kumush bezakli, naqshinkor, cherkes ustalar yasaganbir egari bo, uzangasi naqsh solingan kumushdan yasalgan. Otning oltin suvi yurgizilgan jilovi egarning oltin, sadaf qadalgan qoshiga ildirib qo‘yilgan” (SA.2021, 8). Ot anjomlarini tasvirlashda qo‘llanilgan bunday sifatlashlar dostonlarimizdagi ot anjomlari tasviriga har jihatdan yaqin. Bir misol: Uzangisi o‘yma oltin, Quyushqoni quyma oltin. Egarining qoshi oltin, Turmushining bari oltin1. Ot anjomlarining oltin, kumush, sadaf bilan bezatilgani, bir jihatdan bu otning oddiy emas balki og‘zaki ijodda bot-bot takrorlanuvchi “nazarkarda”, “yulduzni ko‘zlovchi” zotdor ot ekanligiga ishora qilsa, boshqa jihatdan turkiy xalqlarning otga bo‘lgan munosabati, hurmat – ehtiromi haqida ham tasavvur hosil qilishda yordamchi komponent vazifasini o‘taydi. Tarihiy manbalarning guvohlik berishicha, turkiylar otni shu qadar e’zozlashganki, unga oilaning bir a’zosi sifatida munosabatda bo‘lishgan2. Gerodot, Strabon kabi tarixchilarning asarlarida yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlovchi faktlar mavjud. Jumladan, O‘rta Osiyo yerlari qimmatbaho ma’danlarga boy bo‘lgani va O‘rta Osiyoliklar ot anjomlariga ana shular bilan bezak berganliklari qayd etiladi3. Binobarin, “Sevgi afsonasi”dagi ot anjomlari tasviri bilan bog‘liq, yuqoridagi lavha yozuvchi tomonidan shunchaki o‘ylab topilgan epitet, sifatlash emas, balki tarixiy haqiqatning asardagi badiiy ifodasi, deyishga asos bor. Ot anjomlaridagi quyosh, hayot daraxti tasvirlari ham turkiy ajdodlarning dunyoqarashidan darak beradi. Ma’lumki, turkiylarda quyosh daraxti tiriklik, oydinlik ramzi tarzida talqin etilgan. Shuning uchun ular qoyatoshlarga, terilarga, buyumlarga qabilalar o‘z tug‘lariga bularning rasmini solishgan. “Kigiz yoping‘ich ustidagi olovrang quyosh rasmining yonida baland,
Доказательный фрагмент
«Творчество Яшара Кемаля занимает особое место в турецкой литературе, которая является составной частью мировой литературы.»
Образец извлечения
Демо-превьюТворчество Яшара Кемаля занимает особое место в турецкой литературе, которая является составной частью мировой литературы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Yaşar Kemal, folklore elements, symbols, symbolism, literary, turk adabiyoti, folklor unsurlari, simvolizm, milliy identitet, adabiy tarjima, ramzlar, o‘zbek tiliga tarjima, madaniy kontekst
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026