Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QORAQALPOQ TILIDAGI PEDAGOGIK TERMINLARNING YASALISH USULLARI
SCIENCE SHINE · Berdimuratova Oygul Joldasbayevna
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada qoraqalpoq tilidagi pedagogik terminlarning rivojlanish jarayoni haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdik. O‘qitish va tarbiyalash muammolarini o‘rganadigan pedagogik fanlar tizimi paydo bo‘lganligi, shunga muvofiq ravishda ona tilimizda ham maxsus pedagogik terminologiya shakllanganligi aytib o‘tildi. Ta’lim va tarbiya maxsus joylarda, muayyan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bu ishlarning barchasi bilan pedagogikaning maktabshunoslik sohasi shug‘ullanadi, u ham o‘ziga xos terminlarga ega ekanligi aytib o‘tildi. Kalt so'zlar: termin, terminologiya, pedagogika, ta'lim, texnologiyalar, ta'lim - tarbiya, maxsus pedagogika, nahv, morfologiya, component. Annotation: In this article, we briefly touched upon the process of development of pedagogical terms in the Karakalpak language. It was noted that a system of pedagogical sciences has emerged that studies the problems of education and upbringing, and accordingly, special pedagogical terminology has also been formed in our native language. Education and upbringing are carried out in special places, by specific individuals. It was noted that all this work is carried out by the field of school studies of pedagogy, which also has its own specific terminology. Keywords: term, terminology, pedagogy, education, technology, education- upbringing, special pedagogy, dialect, morphology, component. Hozirgi bosqichda terminologiya muammolarini tadqiq qilishga qiziqish tobora ortib bormokda. Buning sababi hozirgi barcha tillarda terminologik leksikaning bevosita kun sayin ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, terminologik tizimlarning shakllanish va taraqqiyot yullarini aniqlamasdan va o‘rganmasdan turib tilning rivojlanish qonuniyatlarini to‘g‘ri tushunib olish qiyin. Ma’lumki, qoraqalpoq tilshunosligining, jumladan, uning terminologiyasining nazariy masalalari o‘lkamizda asrimizning boshlaridan o‘rganila boshlandi. O‘tgan asrning 20-30-yillarida qator ilmiy anjumanlarning bo‘lib o‘tganligi va ularda yangi terminlar yaratish masalalari ko‘tarib chiqilganligi terminshunosligimizning ilk qadamlari edi. 173 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 Har qanday fanning taraqqiyot darajasi haqidagi gap ketar ekan, uning obyektlarining guruhlanish darajasiga qarab fikr yuritiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraladigan bo‘lsa pedagogika fanlari tizimiga quyidagilar kiradi: umimiy pedagogika, yosh pedagogikasi, maxsus pedagogika, surdopedagogika, tiflopedagogika, metodika, pedagogika tarixi. Ta’lim va tarbiya maxsus joylarda, muayyan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bu ishlarning barchasi bilan pedagogikaning maktabshunoslik sohasi shug‘ullanadi, u ham o‘ziga xos terminlarga ega. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, maktabshunoslik terminlarini ikkita guruhga bo‘lib o‘rgandik: a) ta’lim- tarbiya maskanlarining nomlari, b) faoliyati ta’lim-tarbiya bilan bog‘lik bo‘lgan shaxs nomlari. Mana shu asosda bu tematik guruhlar nimalardan tashkil topganligini va qanday terminlardan iborat ekanini tanishib chiqamiz. Ta’lim tizimiga aloqador terminlar. Pedagogika darsligida ta’lim terminiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Eng muhim va eng umumiy pedagogik tushunchalar qatoriga ta’lim va o‘qitish tushunchalari ham kiradi. Ta’lim deganda biz tarbiyaning insoniyat tomonidan yaratilgan ilmiy va madaniy boyliklarni egallash tomonini tushunamiz. Ta’lim o‘z darajasi va vazifasiga qarab o‘rta, oliy hamda umumiy va professional ta’limga bo‘linadi. Kelajagi ixtisosidan qat’i nazar, har bir kishi uchun zaro‘r bulgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni umumiy ta’lim maktablari beradi ma’lum kasbdagi xodim o‘zi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni maxsus o‘quv yurtlarida oladi». Shunisi ham borki, ta’lim maxsus tayyorlangan shaxs o‘qituvchi, tarbiyachi, rahbar, yo‘riqchi/ rahbarligida muayyan tashkilotda amalga oshiriladigan bilim berish jarayonidir. Ta’lim pedagoglarning faoliyati dars berishidan va o‘quvchilar o‘qishning faoliyatidan iborat qo‘shaloq jarayondir. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, ta’limning bir necha prinsipi borki, ular quyidagicha nomlangan: ta’limning tarbiyalovchi xarakteri, ta’limning ilmiyligi, ta’limning sistemaliligi, ta’limning ko‘rgazmaliligi: ta’limda onglilik va faollik: o‘rganiladigan bilimlar va hosil qilinadigan malaka hamda ko‘nikmalarning mustahkamligi: ta’limni individuallashtirish. Ta’limning mazmuni rubrikasida quyidagi terminlar asosiy hisoblanadi: o‘quv predmeti o‘quvchilarga fanning asosiy boshlang‘ich qoidalari yoki madaniyat, mehnat, ishlab chiqarishning muayyan tomonlarini o‘z yoshlariga va savodlariga yarasha ma’lum darajada chuqur o‘rganish va o‘zlashtirish imkonini beradigan ilmiy bilimlar, amaliy malaka va ko‘nikmalar tizimidir. Chunki pedagogikada o‘quv 174 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 predmeti fanning asosi deb ta’riflanadi; o‘quv dasturi, o‘quv plani, o‘quv soati, programmalarni
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada qoraqalpoq tilidagi pedagogik terminlarning rivojlanish jarayoni haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdik.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada qoraqalpoq tilidagi pedagogik terminlarning rivojlanish jarayoni haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdik. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- term, terminology, pedagogy, education, technology, education-
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026