К содержанию
РецензированоUZ2025

“YUSUFBEK” DOSTONDAGI ZOONIMLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

SCIENCE SHINE · LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI · O‘ngboyev Ramazon Mahmadali o‘g‘li

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Qashqadaryo dostonlarida ishlatilgan zoonimlar, xususan afsonaviy ot nomi — G‘irot, kabi timsollar lingvistik va madaniy (lingvomadaniy) jihatdan tahlil qilinadi. G‘irot obrazining dostonlardagi talqini orqali o‘zbek xalqining hayvonga bo‘lgan qadimiy e’tiqodi, otni do‘st va hamrohi sifatida ko‘rish an’analari ochib beriladi. Zoonimlar faqat hayvon nomi bo‘lib qolmay, xalq ruhiyati va tafakkurining ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Kalit so‘zlar: zoonim, mifozoonim, G‘irot, lingvokulturologiya, ot Annotation: In this article the zoonyms used in the Kashkadarya sagas, especially the symbols, such as the legendary horse name - Girot, are analyzed linguistically and culturally. Through the interpretation of the Girot image in the epics, the ancient belief of the Uzbek people in the animal, the traditions of seeing the horse as a friend and companion are revealed. Zoonyms are not just the name of an animal, but also manifest themselves as an expression of the psyche and thinking of the people. Keywords: zoonym, mifozoonym, giroth, lingvoculturology, horse. Qashqadaryo dostonlari matnida bir qator zoonimlar ham qo‘llangan. Izohlilug‘atda zoonim zoo… + yun. onuma – nom, ism ma’nolarini anglatishi qayd etilgan. “Hayvon nomlariga aloqador so‘zlar” tilshunoslikda shu termin bilan nomlanadi. Hayvon va boshqa xil mavjudotlarga qo‘yilgan maxsus laqab-nomlar zoonimlar hisoblanadi[2.159-bet]. It, mushuk, ba’zi hollarda qushlarga nisbatan ham maxsus nom berish o‘zbek tilida keng tarqalgan. O‘zbek tilida qush va hayvonlar uchun maxsus qo‘yilgan laqab-nomlar azaldan mavjud. O‘zbek tilida hayvon va qushlarga nisbatan maxsus nom berish qadimdan mavjud bo‘lib, bu holat xalq og‘zaki ijodining boy qatlamida — dostonlarda ham keng uchraydi. Ayniqsa, ot zoonimlari dostonlarda markaziy semantik yukni tashiydi. Otlar nafaqat hayvon, balki qahramonning do‘sti, yo‘ldoshi, hamrohi, jangdagi quroli, va murod sari yo‘l ochuvchi vosita sifatida talqin etiladi. 158 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 Masalan, “Yusufbek” dostoni matnida quyidagi misralarda G‘irot nomli tulpor quyidagicha tasvirlanadi: Yulduz ko‘zlar dol G‘irot, Jo‘nasa, yozar qanot, Bu tulporni kim minsa, Doimo topgan murod [1.5-bet]. G‘irot tulpori afsonaviy, kuchli, aqlli va orzularni ro‘yobga chiqaruvchi vosita sifatida tasvirlangan. Unga ega bo‘lgan kishi — ya’ni uni minib olgan — faqat kuch emas, balki irodali, aql-zakovatli inson sifatida tasvirlanadi va bu inson hayotda maqsadiga albatta yetadi. G‘IR // G‘IROT [o‘z.] – juda tez harakat qiladigan afsonaviy ot nomi. Bu nom Qashqadaryo xalq dostonlari matnida Go‘ro‘g‘lini faqat g‘alabalar sari olib boradigan, uning dushmanlarining boshiga qiyomat kunini soladigan uchqur ot sifatida ta’riflangan va bu ot Go‘ro‘g‘li davlatida erk va qudrat ramzi sifatida e’tirof etilgan. Ko‘ring Go‘ro‘g‘li marddi, G‘irning qoshiga yetdi, qo‘l uzatdi otning yetim yoliga, terakday irg‘ilib mindi beliga, Soqi jugandi berdi qo‘liga, G‘irot olchi-chikka bo‘lib tushdi Charmgarning yo‘liga, bek Soqi ham qora tulporni minib, yigitlar bilan teng bo‘lib keta berdi [3.101-bet]. Goh guldirab kishnaydi, Kishnasa cho‘l yashnaydi, Sekin erkalab kelib Bek qulog‘in tishlaydi, Shunday o‘ynar dol G‘irot, Qanday o‘ynar dol G‘irot [1.7-bet]. G‘irot nafaqat kuchli va tez, balki sezgir, quvnoq, sadoqatli va tiriklikni ifodalovchi hayvon sifatida tasvirlangan. U qahramon — "bek" — bilan chuqur ruhiy bog‘liqqa ega. Cho‘lni yashnatadigan darajadagi kuchi bilan, ayni paytda o‘ynoqi va mehribon tusda bo‘lishi G‘irotni nafaqat afsonaviy, balki ideal tulpor sifatida tasvirlaydi. Tuyoqdan sochar olov, Hilpirab qolar jalov, Ot piri tilar tilov, Nazari tulpor bulov Dol G‘irotning hovriga Chopsa ko‘ksi o‘sadi, Ko‘rsa devlar pisadi, 159 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 Qaddi tovni to‘sadi, Quvsa dev qon qusadi, G‘irotning to‘rt tuyog‘i Toshni suvday kesadi [1.24-25-bet]. Afsonaviy tulpor G‘irotning haybatli, g‘ayritabiiy va deyarli ilohiy darajadagi kuchi tasvirlanmoqda. Har bir misrada G‘irotning qahramonlik, tezlik, qudrat, hatto dushmanni larzaga soluvchi ta’siri badiiy til orqali ifoda etilgan. Keling, endi Go‘ro‘g‘li turkumidagi boshqa dostonlarda qo‘llangan G‘irot mifozoonimining lingvomadaniy xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz. “Nurali va Semurg‘” dostonidagi asosiy qahramon hisoblangan Go‘ro‘g‘li bor nasihatlarini aytib, Nuralidan borar joyini so‘radi. Nurali: “Bilmayman”, – deb javob berdi. Shunda Go‘ro‘g‘li bilan Soqibek qo‘l ko‘tarib: “Ovmin! Ollo yoring bo‘lsin, Xidir jilovdoring, qirq Chilton madadkoring bo‘lsin”, – deb yuziga fotiha tortishdi. “Nurali quvdoniga quv olib, suvdoniga suv olib, bobosidan duo olib, dumog‘i choq bo‘lib, nasiyasi naq bo‘lib, otini burib yo‘lida davom etayotgan yeri: Gul ochildi bahordan, Bulbul sayraydi sahardan, Ot do‘g‘inadi nahordan, Sahar-sahar chiqib ketdi, Chambilday katta shahardan.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Qashqadaryo dostonlarida ishlatilgan zoonimlar, xususan afsonaviy ot nomi — G‘irot, kabi timsollar lingvistik va madaniy (lingvomadaniy) jihatdan tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Qashqadaryo dostonlarida ishlatilgan zoonimlar, xususan afsonaviy ot nomi — G‘irot, kabi timsollar lingvistik va madaniy (lingvomadaniy) jihatdan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zoonym, mifozoonym, giroth, lingvoculturology, horse
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники