К содержанию
РецензированоRU2025

BUXORO XONLIGI DAVRIDA IQTISODIY MUNOSABATLARNING TARAQQIYOTI

SCIENCE SHINE · Reyimbayeva Onaxon Ergash qizi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

В данной статье расматривается экономическая система бухарского ханства, включая торговые связи, развитие ремесел и земледелия. Автор анализирует формирование экономических отношений в период ханства и их влияние на социально – экономическое развитие. Также приведены сведения о внутренней и внешней торговле, рыночной конкуренции и основах финансовой системы. Ключевые слова: Бухарское ханство, экономические отнешения, торговля, ремесло, земледелие, финансовая система, внутренняя торговля, внешняя торговля. Annotation: This article explores the economic system of the Bukhara Khanate, focusing on trade relations, the development of handicrafts, and agriculture. The author analyzes the formation of economic relations during the Khanate period and their impact on socio – economic progress. It aslo provides insights into internal and external trade, market competition, and the foundations of the financial system. Keywords: Bukhara Khanate, economic relations, trade, handicrafts, agriculture, financial system, internal trade, external trade. Buxoro xonligi davlat sifatida XVI asrda yuzaga kelgan siyosiy markazdir. Temuriylar davlati parokandalik va siyosiy inqirozga yuz tutgandan so‘ng uning o‘rnida yuzaga kelgan uchta xonlikdan biridir. Shayboniylar davrida aholi turmush tarzi temuriylar davridagidan deyarli farq qilmagan. Shayboniylar bilan birgalikda davlat hududidagi bir qator urug‘ va aymoqlar kelib o‘rnashgan bo‘lsada ular 124 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 mahalliy aholi madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatmagan. Xonlikda aholi turli ijtimoiy guruhlardan tashkil topgan bo‘lib, hukumdor sulola vakillari – xon, shahzodalar, amirlar, turli toifadagi amaldorlar, harbiylar, dindorlar, dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, shahar va qishloqlardagi kambag‘allar va qullardan iborat bo‘lgan. Aholining asosiy qismi sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanganligi uchun dehqonchilik qilishga qulay bo‘lgan vohalarda yashaganlar. Yarim ko‘chmanchi hayot tarzida yashagan qang‘li, qarluq, abdal, barlos, jaloyir va boshqa shu kabi urug‘lar, asosan, lalmi yerlarda yashaganlar va dehqonchilikdan tashqari chorvachilik bilan ham shug‘ullangan. Buxoro xonligi iqtisodiy hayotining asosini dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik, ichki va tashqi savdo tashkil etgan. Dehqonchilik iqtisodiy hayotning asosiy sohasi bo‘lgan. Sun’iy sug‘orish tizimlari dehqonchilik rivoji uchun juda muhim hisoblangan. Chunki O‘rta Osiyo dehqonchiligi asosan sun’iy sug‘orishga asoslangan. Mahalliy aholi dehqonchilikda Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Vaxsh, Murg‘ob daryolaridan keng foydalanilgan. Iqtisodiy hayot davlat siyosati bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi uchun ham shayboniy hukumdorlar dehqonchilikni rivojlantirishga katta e’tibor berganlar. Ya’ni yangi sug‘orish tarmoqlari qurilgan va eskilari ta’mirlangan. Bu islohotlar dehqonchilikning jonlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Misol uchun Shayboniy hukmdor Muhammad Shayboniyxon davrida Zarafshon daryosining Oqdaryo va Qoradaryoga ajralgan yerida suv taqsimlagich qurilgan. Abdullaxon II davrida yani XVI asrning ikkinchi yarmida Puli Karmina, Puli Mehtar, Puli Jondor va Oqjobda Abdullaxon bandi qurilgan. Abdullaxon II tomonidan Zarafshon daryosidan Jizzax vohasigacha, Amudaryodan Chorjoygacha, Murg‘ob daryosidan Marv atrofigacha ariqlar chiqarilgan, Sangzor daryosi bilan tutashuvchi Tuyatortar arig‘i, Afshona arig‘i va Murg‘ob vohasidagi Hovuzixon suv ombori bunyod etilgan. Bu davrda yurtimizning deyarli barcha hududlarida ariqlar qazilib, ko‘priklar qurilib, sug‘orish inshootlari ishga tushirilgan. Sug‘orish tizimining rivojlanishi g‘allachilik, paxtachilik, polizchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik kabi sohalarni rivojlanishi ta’minlar edi. Bu davrdagi dehqonchilik markazlari Zarafshon va Miyonqol vodiysi edi. Bu hududlarda asosan boshoqli ekinlar ekilgan. Asosiy oziq-ovqat mahsuloti sifatida sholi yetishtirilgan. Kunjut, zig‘ir asosan yog‘ olish maqsadida ekilgan. Paxtachilik markazlari esa Buxoro, Shahrisabz va Kattaqo‘rg‘on shaharlari hisoblangaan. Iqtisodiy hayotning muhim tarmoqlaridan yana biri bu – chorvachilik bo‘lib aholi asosan ot, qo‘y, sigir ho‘kiz, tuya kabi uy hayvonlarini yetishtirish bilan shug‘ullangan. Chorva yirik yer egalarining qo‘lida moddiy boylik sifatida 125 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 to‘plangan. Yer asosiy boylik manbai bo‘lib, uning bir qancha turlari mavjud edi. Bular davlat, vaqf va mulk yerlari edi. Yer tuzilmasi iqtisodiy munosabatlar va ijtimoiy tabaqlanishga kata ta’sir ko‘rsatgan. Shayboniylar davriga kelib davlat yerlari hajmi ortgan. Davlat yerlari va ulardan undirilgan soliqlar amaldorlarni taqdirlash uchun asosiy manbai bo‘lgan. Amaldorlarni taqdirlash uchun yerlar suyurg‘ol, iqto, tiyul va tanho shaklida tortiq etilgan. Biroq aholining katta qismi o‘z yerlariga ega emas edi. Aholining bu qismi yer ijaraga olib kun kec

Доказательный фрагмент

«В данной статье расматривается экономическая система бухарского ханства, включая торговые связи, развитие ремесел и земледелия.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье расматривается экономическая система бухарского ханства, включая торговые связи, развитие ремесел и земледелия. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bukhara Khanate, economic relations, trade, handicrafts
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники