К содержанию
РецензированоUZ2025

ASTANA OPERA TEATRI: MARKAZIY OSIYODAGI ZAMONAVIY SAN’AT MARKAZI

SCIENCE SHINE · SAN’AT MARKAZI · Tursunova Nargiza Rustamovna

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Mazkur maqola Qozog‘istonning poytaxti — Astana shahrida joylashgan opera teatri faoliyati va uning san’at sohasidagi o‘rniga bag‘ishlangan. Unda teatrning arxitekturaviy xususiyatlari, sahnalashtirilayotgan asarlar repertuari, Yevropa klassikasi namunalarining talqini, zamonaviy kompozitorlar ijodidan namunalar hamda xalqaro turnelardagi ishtiroki haqida ma’lumotlar beriladi. Xususan, milliy meros va qadriyatlarning zamonaviy san’at orqali ifodalanishi, ushbu jarayonning estetika va madaniy merosi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Maqola san’at sohasi bilan shug‘ullanuvchi talabalar, maktab o‘quvchilari hamda opera teatrlariga oid ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Kalit so‘zlar: arxitektura, repertuar, Yevropa klassikasi, kompozitorlar, turnelar, milliy meros. Annotation: This article is dedicated to the opera theatre located in the city of Astana, the capital of Kazakhstan, and explores its role in the field of art. It provides general information about the theatre's architectural features, its repertoire, interpretations of European classical works, modern composers’ contributions, and participation in international tours. Particular attention is given to how national heritage and values are expressed through contemporary art, analyzing this process from the perspectives of aesthetics and cultural identity. The article can serve as a valuable resource for students in the field of art, school pupils, and researchers conducting scientific studies on opera theatres. Keywords: architecture, repertoire, European classics, composers, tours, national heritage. Astana Opera – Qozog‘iston poytaxti Astanada joylashgan opera va balet teatridir. Teatr 2013-yil 21-iyunda birinchi Prezident Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan ochilgan. Ushbu maskan Markaziy Osiyodagi eng yirik san’at muassasalaridan biridir. Teatr Yevropa klassik uslubini O‘zbekiston bezaklari bilan 103 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 uyg‘unlashtirgan holda loyihalashtirilgan va zamonaviy sahna texnologiyalari bilan jihozlangan. Arxitektura va infratuzilma: Maydon: 64 163 m² dan ortiq, sahna maydoni 3 000 m². Zal quvvati: Asosiy zalda 1 250, kamera zalda 250 o‘rin. Me’moriy konsept: Klassik Yevropa me’morchiligi asosida, ichki bezaklarda Sharyn va Burabay kabi milliy manzaralar aks ettirilgan. Foyeda 13 metr balandlikda joylashgan, 1,6 tonna vazndagi qandil mavjud. Akustika va texnologiya: Italiyalik mutaxassislar – Enrico Moretti va Maria Cairoli tomonidan loyihalangan akustik tizim jahondagi eng yaxshi teatrlar qatoriga kiradi. Milliy kompozitorlar asarlari. Astana Opera teatri milliy repertuarni ham o‘z tarkibiga kiritgan: “Birzhan-Sara” (M. Tulebaev) – ochilishdagi ilk spektakl bo‘lgan. “Abai” (A. Zhubanov & L. Hamidi) – yuqori davlat mukofotini olgan. “Kyz-Zhibek” (E. Brusilovsky) va “Karagoz” baleti (G. Zhubanova) mashhur spektakllardir. Yevropa klassikasi. Teatr klassik repertuarlarga ham katta ahamiyat bergan: Operalar: Aida, La Traviata, Don Carlos (D.Verdi); La Bohème, Tosca, Madama Butterfly, Turandot (Puchchini); Carmen (J.Bize); Il barbiere di Siviglia, La scala di seta (D.Rossini); Eugene Onegin (P.Chaykovskiy). Baletlar: Sleeping Beauty, Swan Lake, The Nutcracker (P.Chaykovskiy); Romeo and Juliet (S.Prokofyev); Spartacus (A.Xachaturyan); The Fountain of Bakhchisarai (B.Asafyev); La Bayadère, Don Quixote (Minkus); Le Corsaire, Giselle (Adam); Coppélia (Delibes); zamonaviy asarlar sifatida Chopiniana, Scheherazade, Manon, Notre-Dame de Paris tilga olingan. Zamonaviy spektakllar va gala konsertlar: 2023-yilgi yangi mavsum “Abai” bilan boshlandi va 29–30 sentyabrda La Sylphide baleti namoyish etildi. Zamonaviy rejisyorlar Jiří Kylián, Boris Eifman va Roland Petit kabi ijodkorlar asarlari katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilgan. Bosh dirijyor va rahbarlar: Alan Buribayev – bosh dirijyor va direktor, teatr orkestrini xalqaro darajada yuqori cho`qqilarga olib chiqqan ijodkor sanaladi. 104 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 Altinay Asilmuratova – balet jamoasi badiiy direktori, Kirov/Mariinskiy sobiq prima balerinasi. U balet sahnalashtirish ko‘plab spektakllarga rejissyorlik qilgan. Yerjan Dautov – xoreograf va xor jamoasi dirijyori, balet va operalar sahnalashtirish faoliyatida ishtirok etgan ijodkorlardan sanaladi. Solistlar va yetakchi ijodkorlar Bibigul Tulegenova, Alibek Dinishev, Aiman Musakhadzhayeva, Nurzhamal Usenbayeva – opera teatrining yirik solistlaridir. Xalqaro yulduzlar: Placido Domingo, Zubin Mehta, Elena Obraztsova, Valeriy Gergiev, José Carreras, Anna Netrebko, Marcelo Alvarez, Svetlana Zakharova, Ildar Abdurazakov – ular teatr sahnasida mahobatli chiqishlar qilgan. Xalqaro hamkorlik va turnelar 2014-yilda teatr truppasi New York, Toronto, Paris, Antwerp, Rotterdam shaharlarida bo`lgan. Muscat (Oman), Graz (Avstriya), Mariinsky (Rossiy

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola Qozog‘istonning poytaxti — Astana shahrida joylashgan opera teatri faoliyati va uning san’at sohasidagi o‘rniga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola Qozog‘istonning poytaxti — Astana shahrida joylashgan opera teatri faoliyati va uning san’at sohasidagi o‘rniga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
architecture, repertoire, European classics, composers, tours
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники