Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARGA AXBOROT XAVFSIZLIGI TEXNOLOGIYALARINI O‘QITISHNING IJTIMOIY-AXLOQIY JIHATLARI
SCIENCE SHINE · O‘QITISHNING IJTIMOIY-AXLOQIY JIHATLARI · Boymanov Jasur Isroil oʻg‘li
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
В статье рассматриваются социально-нравственные аспекты преподавания технологий информационной безопасности студентам. Особое внимание уделяется формированию информационной культуры, этических норм и осознанного отношения к вопросам кибербезопасности. Подчеркивается важность этичного использования информационных технологий в образовательном процессе. Ключевые слова: информационная безопасность, этика, образование, студенты, кибербезопасность, информационная культура. Annotation: This article explores the socio-ethical aspects of teaching information security technologies to university students. It analyzes the importance of developing information culture, ethical standards, and awareness of cybersecurity responsibilities. The study emphasizes the need for secure and ethical use of information technologies in the educational process. Keywords: information security, ethics, education, students, cybersecurity, information culture. Ta’limni fundamentallashtirish sharoitida axborot xavfsizligi texnologiyalarini o‘qitish tizimini qurishni insonparvarlashtirishning asosiy omillaridan biri bo‘lgan o‘qitishning ijtimoiy-axloqiy jihatlarini aniqlash asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Amaliyotda OTM talabalariga axborot xavfsizligi texnologiyalarini 96 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 o‘qitishni insonparvarlashtirish o‘qitishning quyidagi ijtimoiy-axloqiy jihatlarini aniqlash orqali ko‘rib chiqilishi mumkin: 1. o‘qitishning tarixiy yo‘lini amalga oshirish; 2. axborot madaniyatini rivojlantirish; 3. ilmiy dunyoqarashni kengaytirish; 4. fanlararo aloqalarni amalga oshirish; 5. o‘qitishning psixologik jihatlarini amalga oshirish; 6. mantiqiy tafakkurni rivojlantirish; 7. algoritmik tafakkurni rivojlantirish; 8. o‘qitishning amaliy yo‘naltirilganligini amalga oshirish. Axborot xavfsizligi texnologiyalarini o‘qitishning tarixiy yo‘lini amalga oshirish. Ma’lumki, talabalarning o‘qitish jarayonida ularning shaxsi shakllanishiga va rivojlanishiga nafaqat turli o‘quv fanlari, jumladan, axborot xavfsizligi va axborotni himoya qilish bilan bog‘liq fanlar bo‘yicha egallagan bilimlari, balki muayyan fanlarni o‘qitish mazmuni shakllantiriladigan ilmiy nazariyalarning yaratilish va rivojlanish tarixi; bu ilmiy nazariyalarning insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi haqidagi bilimlar ham ta’sir qiladi. Axborot xavfsizligi axborot texnologiyalarining nisbatan yosh, ammo jadal rivojlanayotgan sohasi bo‘lishiga qaramay, uning kelib chiqishi va rivojlanishi qadimgacha borib taqaladi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asr boshlariga qadar axborot xavfsizligining asosiy vazifasi shaxsning o‘zi uchun, yoki u mansub bo‘lgan jamiyat uchun muhim bo‘lgan voqealar, dalillar, mulk, joylashuv va boshqa ma’lumotlar to‘g‘risidagi axborotni himoya qilishdan iborat bo‘lgan. Insoniyat sivilizatsiyasi paydo bo‘lgandan beri har doim sir saqlanishi kerak bo‘lgan turli xil ma’lumotlar mavjud edi. Miloddan avvalgi IV asrda yashab o‘tgan xitoylik strateg, mutafakkir, harbiy strategiyaga oid “Urush san’ati” risolasining muallifi Sun Tszı oldindan ko‘ra olish deb ataladigan narsani ruhlardan, hisob- kitoblardan olish mumkin emasligini aytgan. U dushmanning pozitsiyasi bilan tanish bo‘lgan odamlardan olinishi kerak. Miloddan avvalgi I asrda yashagan Rim diktatori, harbiy boshliq va taniqli siyosiy arbob Gay Yuliy Sezar o‘z xabarlari matnlarida kriptografik o‘zgartirishlardan foydalangan (Sezar shifri) bo‘lib, bu lotin tilidagi har bir harfni alifboda ma’lum sondagi pozitsiyalarda joylashgan boshqa harfga almashtirishdan iborat edi. Uning mashhur “VENI, VIDI, VICI” (“Keldim, ko‘rdim, g‘alaba qozondim”) iborasi shifrlangan shaklda “XFOJ, XJEJ, XJDJ” ko‘rinishga ega bo‘lgan. O‘rta asrlarda maxfiy xabarlar ko‘rinmas kimyoviy vositalar yordamida yashirilgan. 97 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 XV asr oxirida rasmiylashtirilgan hamda qo‘lda kriptoanalizga nisbatan chidamli bo‘lgan shifrlar ishlab chiqila boshlandi. Mazkur davrda 1467 yilda ko‘p alifboli shifrini ishlab chiqqan Leon Batist Alberti ishi muhim rol o‘ynab, keyinchalik u “Vijine shifri” deb nomlandi. 1508 yilda Iogann Trisemus kriptologiya bo‘yicha “Poligrafiya” ilmiy ishini nashr etdi, unda u tasodifiy tartibda alifbo bilan to‘ldirilgan shifrlash jadvallarini ishlatish qoidalarini belgilab berdi. Mazkur olim bir qator muhim kashfiyotlar, jumladan Polibian kvadratini to‘ldirish usuli muallifidir, bunda birinchi pozitsiyalar eslab qolish oson bo‘lgan kalit so‘z bilan to‘ldiriladi, qolgan pozitsiyalar esa alifboning qolgan harflari bilan to‘ldiriladi va harflar juftlik (bigramlar) bilan shifrlanadi. XIX asr boshlarida elektr va radioaloqaning texnik vositalari ishlab chiqila va foydalanila boshlandi. Radioaloqa maxfiyligi va shovqindan himoya qilinishini ta’minlash uchun xabarlarni (signallarni) shovqinga chidamli kodlash, so‘ngra qabul qilingan xabarni (
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются социально-нравственные аспекты преподавания технологий информационной безопасности студентам.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются социально-нравственные аспекты преподавания технологий информационной безопасности студентам. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- information security, ethics, education, students, cybersecurity
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025