К содержанию
РецензированоUZ2025

YANGI AVLOD UCHUN YANGI TAFAKKUR: OLIY TA’LIM TIZIMIDA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALAR

SCIENCE SHINE · IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALAR · Nаrbekovа Yulduz Fаrkhod qizi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Zamonaviy ijtimoiy taraqqiyot bosqichida ijodkorlik inson kapitalining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim tizimida talabalarda yangicha tafakkur, mustaqil fikrlash va innovatsion qarashlarni shakllantirish dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Ushbu maqolada oliy ta’limda ijodiy salohiyatni rivojlantirishning konseptual asoslari, xorijiy tajribalar va milliy ta’lim strategiyalari asosida tahlil qilinadi. Ijodkorlikni rag‘batlantiruvchi metodlar, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, kreativ muhit yaratish omillari hamda o‘qituvchilarning bu boradagi roli chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, talabalarda yangi avlod tafakkurini shakllantirishda ta’lim jarayonining erkin, interaktiv va faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarurligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, oliy ta’limda ijodkorlikni rivojlantirish uchun tizimli yondashuv, metodik ta’minot va ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi muhit zarur ekani xulosa qilinadi. Kalit so‘zlar: Ijodkorlik, yangi tafakkur, oliy ta’lim, kreativ yondashuv, innovatsion ta’lim, mustaqil fikrlash, zamonaviy metodika, interaktiv o‘qitish, talaba faolligi, pedagogik muhit. Kirish. XXI asr – bu raqamli tafakkur, innovatsion texnologiyalar va ijodiy yondashuvlar asridir. Globallashuv sharoitida har bir davlatning taraqqiyoti bilimli, tafakkuri o‘zgacha shakllangan, ijodkor avlodni tayyorlash darajasiga bog‘liq bo‘lib bormoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ta’lim jarayonini yangicha mazmun bilan boyitish, talabalarda yangi tafakkurni shakllantirish orqali ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Jahonda yetakchi oliy ta’lim muassasalari ta’lim sifati mezonlarini yangilash, kreativ yondashuvni asosiy tamoyilga aylantirish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham bu boradagi islohotlar bosqichma-bosqich izchil amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yangi O‘zbekiston – yangi tafakkur egalarini tarbiyalashdan boshlanadi” degan g‘oya mamlakatda ta’lim tizimini tubdan yangilash, uni zamon talablari darajasiga 77 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 olib chiqish g‘oyasining asosiy yo‘nalishiga aylangan. Oliy ta’lim muassasalarida ham ijodiy fikrlovchi, tashabbuskor, muammoga yangicha yondashadigan mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talabalarni faollikka undovchi interaktiv usullar, tanqidiy fikrlashga asoslangan topshiriqlar va loyiha asosidagi ta’lim texnologiyalarining tatbiqi ushbu jarayonning amaliy ko‘rinishidir. Shunga qaramay, oliy ta’lim tizimida ijodkorlikni rivojlantirishga to‘liq erishish uchun muayyan muammolar mavjud. Bular jumlasiga ayrim o‘qituvchilarning kreativ metodlarga tayyor emasligi, metodik qo‘llanmalar va ilmiy-amaliy yo‘riqnomalarning yetarli emasligi, hamda o‘quv rejalari va dasturlarining ijodkorlikni to‘liq rag‘batlantiruvchi darajada emasligi kiradi. Ana shu muammolarni ilmiy asosda tahlil qilish, mavjud holatni o‘rganish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ushbu maqolaning asosiy maqsadi etib belgilandi. Adabiyotlar tahlili. O‘zbek pedagog olimlari tomonidan ijodkorlik masalasiga oid qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lib, ular ta’lim jarayonida kreativ yondashuvni shakllantirish yo‘nalishida muhim nazariy va amaliy asoslar yaratgan. O.A. Qo‘ysinov o‘z tadqiqotlarida talabalarning kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishda mustaqil ta’lim imkoniyatlarini chuqur tahlil qilgan. Unga ko‘ra, mustaqil ta’lim ijodiy yondashuvni shakllantirishda asosiy omil bo‘lib, bu borada o‘qituvchi metodik jihatdan tayyor bo‘lishi zarur. Muallifning tadqiqotlarida xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan ijodiy topshiriqlar tizimi e’tiborga loyiq. Sh.T. Egamberdiyev ijodkorlikni ta’limga integratsiyalash masalasini tahlil qilib, kreativ pedagogika va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligini asoslab berdi. U talabalarda yangi tafakkurni shakllantirish uchun o‘qituvchilarda didaktik kreativlik bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Z.A. Xolmatova esa ijodiy fikrlashni rivojlantirishda interaktiv metodlarning samaradorligini empirik tajribalar asosida o‘rgangan. Uning tadqiqotida “muammoli vaziyatlar orqali o‘qitish” va “fikrlar almashinuvi” usullarining ijobiy natijalari ko‘rsatib o‘tilgan. U.R. Ahmedov tomonidan olib borilgan izlanishlarda esa STEAM yondashuvining kreativ fikrlashga ta’siri yoritilgan. Uning fikricha, talabalarda yangi avlod tafakkurini shakllantirish uchun fanlararo integratsiyaga asoslangan, faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini yaratish muhim. A.M. Begmatov esa dizayn fikrlash metodining o‘quv jarayoniga tatbiqi orqali talabalarni ijodiy fikrlashga undashni taklif etadi. U dizayn fikrlash orqali talabalarda muammolarni yechishda noan’anaviy yondashuvlar yuzaga kelishini asoslab bergan. 78 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTI

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy ijtimoiy taraqqiyot bosqichida ijodkorlik inson kapitalining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy ijtimoiy taraqqiyot bosqichida ijodkorlik inson kapitalining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oliy lim, talabalarda yangi, mustaqil fikrlash, lim tizimida, oliy limda, rag batlantiruvchi, yangi avlod
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники