Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MULOQOT XUSUSIDA BA’ZI NAZARIY MULOHAZALAR
SCIENCE SHINE · Boltayeva Nodira O‘tkir qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada muloqot masalasi ba’zi manbalar asosida nazariy izohlangan. Muloqot va uning o‘ziga xos xususiyatlari, muloqot madaniyati, muloqot vositalari va muloqot texnikasi xususida so‘z yuritilgan. Muloqotning nazariy tadqiqi masalalari ilmiy manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, muloqotning samarali kechishi uchun til vositalaridan unumli foydalanish kerakligi ta’kidlab o‘tilgan. Kalit so‘zlar: til, nutq, muloqot, muloqot madaniyati, muloqot texnikasi, muloqot vositalari. Annotation. In this article, the issue of communication is theoretically explained based on some sources. Communication and its specific features, communication culture, means of communication, and communication techniques are discussed. Issues of theoretical research of communication are highlighted on the basis of scientific sources. It is also emphasized that for effective communication, it is necessary to effectively use language tools. Keywords: language, speech, communication, communication culture, communication techniques, means of communication. Bilamizki, muloqot insonlarning jamiyat bilan bog‘liq holda kechadigan, yuksak ongli mavjudot sifatidagi kundalik ehtiyoji natijasida yuzaga keladi. Muloqot barcha jonli mavjudotlarga xos bo‘lsa-da, biroq inson darajasida u eng rivojlangan ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi, chunki nutq yordamida anglanadi. Har bir ishda me’yor bo‘lgani kabi, muloqot jarayonining ham o‘ziga xos me’yori mavjud. Muloqot chog‘idagi me’yoriylik nutq madaniyati qonun-qoidalariga amal qilish orqali namoyon bo‘ladi. Nutq faoliyatidagi me’yoriylik adabiy til va nutq vositalaridan belgilangan lisoniy qonun-qoidalar asosida o‘rinli foydalanishni taqozo etadi. Dunyo aslida go‘zallik qonuniyatlariga asoslanib qurilar ekan, demak, insonning xulqi va nutqi ham, ko‘rinishi va kiyinishi ham, muomalasi va muloqoti ham go‘zal bo‘lishi lozim. Darhaqiqat, dono xalqimiz tomonidan “O‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab kuzatarlar”, “Mazali so‘zga quloq charchamas”, “So‘zning boyligi 37 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 — odamning chiroyligi”, “Taom lazzati o‘zida, odam lazzati — so‘zida”, “Er boyligi — yo‘lda, so‘z boyligi — tilda”, “Yaxshi osh berguncha, yaxshi so‘z ber”, “O‘zi sovuqning — so‘zi sovuq”, “O‘ziga boqma, so‘ziga boq”[7], degan maqollarning yaratilishi ham bejizga emas, albatta. Muloqot jarayoni insonlar orasida kechadigan jarayonlarning eng asosiysi sanaladi. Uni bekam-u ko‘st ado etish ehtimoli juda kam, biroq bunda 5 ta muhim savol (nima?, qachon?, qayerda?, kimga?, qanday?)ga javob topa bilish juda muhim hisoblanadi. Ya’ni har bir inson “Nimani so‘zlash kerak?”, “Qachon so‘zlash kerak?”, “Qayerda so‘zlash kerak?”, “Kimga so‘zlash kerak?”, “Qanday so‘zlash kerak?” ligini bilsagina muloqotda aniq ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Suhbatdosh bilan bo‘ladigan kelajakdagi barcha munosabatlar – xoh u ijtimoy munosabat bo‘lsin, xoh hamkorlik faoliyati yuzasidagi munosabat, albatta, ijobiy rivoj topadi. Shu o‘rinda, mashhur fors-tojik shoiri Sa’diy Sheroziyning quyidagi ibratli so‘zlarini keltirib o‘tishni lozim topdik: “Aqling bormi yoki yo‘q, buyukmisan yo kichik, biz bilmaymiz, sen bir so‘z aytmaguningcha” [2]. Darhaqiqat, buyuk mutafakkir ta’kidlab o‘tganidek, insonning kim ekanligi, qanday xarakterga egaligi uning so‘zlagan nutqi orqali namoyon bo‘ladi. Suhbatdoshlar o‘zaro muloqotining sifati, ular foydalanadigan muloqot texnikasiga ham bog‘liq. Muloqot texnikasi deyilganda, subyekt obyekt bilan o‘zaro munosabatlarini tashkil qilishida, psixologik aloqa o‘rnatishda muloqotdoshiga ta’sir o‘tkazishning turli usul va vositalaridan foydalanishni, muloqotning qanday shakllarini tanlashni bilishi juda muhim ahamiyatga ega. Barchamizga tanish holat – oilada farzand dunyoga kelishi bilanoq oila a’zolari darhol u bilan suhbatlashishga intiladilar. Lekin yangi tug‘ilgan chaqaloq muloqotga hali tayyor bo‘lmaydi. Uning dastlabki asosiy harakatlari yig‘lash, ovqatlanish va uxlashdan iborat bo‘ladi, xolos. Keyinchalik asta-sekinlik bilan ona mehri orqali muloqot shakllana boshlaydi. Ijobiy natijaga erishish uchun kattalar bolaga ko‘proq tabassum bilan so‘zlashlari lozim. Shunda bola ham kattalarning jilmayishiga o‘zining shirin kulgusi bilan javob qaytaradi. Agar ota-ona farzandi bilan yetarlicha suhbatlashmasa, bolaning nutqi rivojlanishdan orqada qoladi. Rossiyalik psixolog R.S.Nemov o‘zining qator tadqiqotlarida [5] inson muloqoti taraqqiyoti va uning asosiy bosqichlarini ko‘rib chiqadi. Olimning ta’kidlashiga qaraganda, inson bolasi o‘zida odamlar bilan emotsional muloqotga kirishishga bo‘lgan layoqatni uch oyligida sezar ekan, bir yoshga yetgan vaqtda esa uning his qilish qobiliyati shunchalik boyib ketadiki, muloqotning verbal tilini tezda o‘zlashtirib olish hamda tovushli nutqdan foydalanish imkoniyati paydo bo‘lar ekan. 38 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 Shu o‘rinda aytib o
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada muloqot masalasi ba’zi manbalar asosida nazariy izohlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada muloqot masalasi ba’zi manbalar asosida nazariy izohlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- language, speech, communication, communication culture
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024