Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXORO XONLIGI DIPLOMATIYASI VA TASHQI IQTISODIY ALOQALARI
SCIENCE SHINE · Bektoshev G‘iyos Saxriddin o‘g‘li
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
The article analyzes the formation, stages of development and their regional significance of the foreign diplomatic policy and economic relations of the Bukhara Khanate based on historical sources. In particular, the experience of negotiations with the Russian Empire, India and the Ottoman Empire, the exchange of ambassadors and the conclusion of international treaties is covered. Foreign trade 20 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 relations, caravan routes, trade centers and the composition of export-import products and their impact on the economic life of Bukhara are studied. As a result of the article, it is scientifically substantiated that the diplomacy of the Bukhara Khanate was an important factor in ensuring regional stability and developing international trade. Keywords: Bukhara Khanate, Abdullakhan II, Russia, India, Mirza Polat foreign policy, governance, trade relations. Kirish. Buxoro xonligi Markaziy Osiyoning yirik siyosiy va iqtisodiy markazlaridan biri sifatida o‘z davrida nafaqat ichki boshqaruv tizimi, balki tashqi siyosat va iqtisodiy aloqalari bilan ham alohida o‘rin egallagan. Xonlik o‘zining qulay geografik joylashuvi, ya’ni Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishlaridagi strategik mavqei tufayli uzoq o‘lkalar bilan diplomatik va savdo aloqalarini rivojlantirishga intilgan. Buxoro hukmdorlari tashqi siyosatda qo‘shni davlatlar - Eron, Hindiston, Xiva, Qo‘qon xonliklari, shuningdek, Rossiya imperiyasi bilan turli ko‘rinishdagi diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan va bu orqali xonlik iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga harakat qilgan. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Buxoro xonligi diplomatiyasi va tashqi iqtisodiy aloqalarini o‘rganishda bir qator tarixiy tadqiqotlar va hujjatli manbalar asos bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan, Йўлдошев М. Й. “XVI – XVII асрларда Бухоро билан Россия ўртасида элчилик муносабатлари” asarida Buxoro-Rossiya munosabatlari arxiv hujjatlari asosida tahlil etilgan. Shuningdek, Sh. Vohidov va A. Ziyo kabi mahalliy tarixchilarning asarlarida Buxoro xonligi tashqi siyosati, savdo yo‘llari va tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanish yo‘nalishlari ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda tarixiy-tahliliy, qiyosiy va tizimli yondashuvlardan foydalanildi. Tarixiy-tahliliy usul Buxoro xonligining diplomatik siyosati va savdo aloqalarini tarixiy jarayonlar bilan bog‘liq holda o‘rganishga xizmat qildi. Qiyosiy tahlil orqali xonlikning Rossiya, Hindiston, va Usmoniylar kabi davlatlar bilan aloqalaridagi o‘xshashlik va farqlar aniqlab chiqildi. Tizimli yondashuv esa tashqi siyosat va iqtisodiy aloqalarni ichki boshqaruv tizimi hamda xonlikning geosiyosiy mavqeidan kelib chiqib tahlil qilish imkonini berdi. Tadqiqot asosan hujjatli manbalar, tarixiy xronikalar va zamonaviy ilmiy ishlarga tayangan holda olib borildi. Muhokama va natijalar. Rossiya bilan diplomatik munosabatlar va savdo aloqalari. Abdullaxon II tomonidan 1585- yilda Muhammad Ali boshchiligida, 1589- yilda Do`stum boshchiligida Moskvaga yuborilgan. Elchilar Moskva hukmdori 21 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025 tomonidan iliq kutib olingan. Bu ikki elchilik oldiga o`rtadagi savdo-sotiq munosabatlarini tartibga solish vazifasi yuklatilgan edi. Elchilar Rossiya podshosi Fyodor Ivanovichga Abdullaxon II ning buxorolik savdogarlar uchun Moskva davlatidagi barcha shaharlarda erkin savdo qilish imkoniyatini yaratish, Qozon va Astraxanda doimiy bozorlar ajratish iltimos qilingan xatini keltirgan. Rus podshosi bu iltimoslarni to`liq bajarganligi o`sha davr hujjatlarida o`z aksini topgan.[1] Buxoro va Rossiya o`rtasidagi do`stona aloqalar XVI asr oxirida, xususan Sibir xonligining ruslar tomonidan bosib olinishi tufayli biroz buzilgan bo`lsada, amalda butunlay to`xtab qolmadi. 1589- yili Moskvada bo`lgan Buxoro elchisi Do`stum orqali Abdullaxon II ruslarning Sibir xonligidagi tajovuzini qoralagan va o`z noroziligini bildirgan edi. 1589- yildayoq Buxoroga tatar millatiga mansub Boybo`ri Toychiev boshchiligidagi Moskva elchilari keladi va buxorolik savdogarlarga Sibir shaharlarida katta imtiyozlar yaratishga rus hukumati tayyor ekanini bildirib, ikki o`rtadagi siyosiy kelishmovchiliklarni biroz yumshatishga erishdi. XVII asrda Buxoro va Moskva davlati o`rtasidagi elchilik aloqalari yanada rivojlandi. Mazkur davrda Buxoro va Xiva elchilari 26 marta Moskvaga tashrif buyurgan bo`lsalar, rus elchilari 9 marta Buxoro va Xivaga kelganlar. Masalan, 1619- yilda Imomqulixonning Odambiy boshchiligidagi elchilari Moskvada, Rossiya podshosi, Romanovlar sulolasining birinchi vakili Mixail Fyodorovich huzurida bo`ldi. Bu elchilik missiyasiga javoban podsho Mixail Fyodorovich tomonidan Ivan Danilovich Xoxlov boshchiligida elchilar Buxoroga jo`natiladi. Lekin bu elchi Buxoroda ushlanib qolganligi va quruq qo`l bilan qaytarilganligi uchun Sibir (Tyumen shahri) orqali 1622- yilda Tobolskka kelgan va Moskvaga borishn
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the formation, stages of development and their regional significance of the foreign diplomatic policy and economic relations of the Bukhara Khanate based on historical sources.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the formation, stages of development and their regional significance of the foreign diplomatic policy and economic relations of the Bukhara Khanate based on historical sources. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Bukhara Khanate, Abdullakhan II, Russia, India, Mirza Polat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024